M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/74
Sana16.11.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1781691
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74
Bog'liq
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.

etnografik inetod” tamoyillariga suyangan holda, o ‘zining bu 
kitobida bashariyat madaniyatining ibtidoiy davrdan sivilizatsi- 
yagacha bo‘lgan rivojlanish bosqichini o‘taganligi; ayrim xalqlar 
madaniyati va turmush tarzidagi farqli jihatlar ulaming irqiy man- 
subiyatiga emas, balki erishilgan taraqqiyot darajasining bir xilda 
emasligi bilan bog‘liqligi; har bir etnosning madaniy boyliklari 
bevosita o ‘sha xalqning o‘zi tomonidan yaratilishi, ajdodlaridan 
meros qilib olinishi yoki yonma-yon, qo‘shni bo‘lib yashovchi mil- 
latlarning madaniy qadriyatlaridan o‘zlashtirilishi mumkin, degan 
g‘oyat muhim xulosalami bayon qilgan.
66


E.Taylor o‘z salaflaridan farqli ravishda “homo sapiens” (“aqlli 
odam”) biologik individ sifatida emas, balki ruhiy nuqtayi nazardan 
baholanishi kerak, degan qarashni ilgari surdi va antropologik tad­
qiqotlar doirasiga madaniy-ijtimoiy faktlami ham jalb qilish lozim, 
deb hisobladi. Shu yo‘nalishda o‘z ilmiy tadqiqotlarini davom et­
tirgan olimning 1871-yilda “Ibtidoiy madaniyat” nomli mashhur 
kitobi, 1881-yilda esa “Antropologiya” nomli fundamental asari 
bosilib chiqdi.
Ma’lumki, “antropologiya” atamasi Aristotel tomonidan “inson 
haqidagi fan” ma’nosida qo‘llanilgan. XIX asrning o‘rtalarida esa 
Yevropada etnografiya va folklorshunoslik fanlari yagona fanniy 
atama - “antropologiya” doirasida umumlashtirilgan edi. E.Taylor 
opining “Ibtidoiy madaniyat” asarini yozishga kirishar ekan, nemis 
antropologi T. Vays (1821-1864)ning keng ko‘lamdagi etnografik ma- 
teriallami sistemalashtirish natijasida yaratilgan “Xalqlaming tabiiy 
antropologiyasi” (1959) va etnografiya fanida “elementar tafakkur” 
yoki «insoniyat tafakkuri taraqqiyotining muayyan bir davrida turli 
xalqlar orasida bir xil ijtimoiy va ma’naviy tushunchalaming kelib 
chiqishi nazariyasi»ga asos solgan nemis etnolog olimi A.Bastian 
(1826-1905)ning “Odamning tarixi” (1959) nomli asarlarini qunt bi­
lan o‘rganib chiqqan. Bu kitoblar ma’lum ma’noda, folklor va etno­
grafik materiallarni “antropologik nazariya” asosida qiyosiy tadqiq 
etish metodikasini ishlab chiqishga asos bo'lgan.
Dunyo xalqlarining madaniyati, urf-odatlari, turmush tarzi, 
an’analari, diniy, axloqiy-etik, badiiy-estetik qarashlari va poetik 
tafakkurida juda ko‘plab o‘xshashliklar mavjudligini aniqlagan 
E.Taylor, bunday umumiy jihatlarlaming kelib chiqishini insoniyat- 
ning o ‘ziga xos tabiati, uning ruhiyati va tafakkurining mushtarakligi 
hamda bashariyat madaniyati taraqqiyoti bosib o‘tgan yoining bir 
xilligi bilan bog‘lab izohlaydi. Bu - turli xalqlar folkloridagi mushta- 
rak syujet elementlari va motivlarning mavjudligini bir xalq og‘zaki 
badiiy ijodiyotida yaratilgan epik syujetlarning boshqa xalqlar to­
monidan o‘zlashtirilishi natijasida yuzaga kelgan holat, deb bahola-
67


gan “migratsion maktab” ta’limotiga qaraganda ancha i!g‘or va yangi 
nazariya edi. Chunki E.Tayloming “qiyosiy-etnografik metod”i folk­
lor taraqqiyotida tarixiy-folklor jarayon dinamikasining roli va o‘rni 
muhim ahamiyat kasb etadi, degan muhim qarashni o‘zida mujas- 
samlashtirgan edi.
E.Taylor taraqqiyotning yuqori bosqichlariga erishgan xalqlar 
madaniyati, folklori va etnografiyasida saqlanib qolgan ko‘plab qa­
dimgi tasavvurlar izlarini topib, ularni ibtidoiy davr kishilarining 
ko‘hna mifologik qarashlari, ritual va marosimlari bilan qiyoslab, 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling