99
boshqa turdagi inshootlar bilan kesishganda barcha turdagi muhandislik
kommunikatsiyalarini yaxshi ishlashini ta’minlaydigan
maxsus konstruksiyalar
ishlatiladi.
Issiqlik quvurini er ostidan maxsus g‘ilofda o‘tkaziladi. Avtomobil, temir yo‘l,
tramvay yo‘llaridan kesib o‘ttanda, er osti o‘tib bo‘lmas kanallaridan foydalaniladi
(agar ishni ochiq usulda amalga oshirish mumkin bo‘lsa ).
Kesishish masofasi 5,0 m kam bo‘lganda ochiq
usulda ishlash iqtisodiy
jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaganda, po‘latdan yasalgan quvurlar g‘iloflaridan
foydalaniladi. Qolgan hamma xolatlarda kanallar ishlatiladi.
Daryolar, jarliklar, ochiq suv xavzalaridan kesib o‘tganda
esa iloji boricha
mavjud bo‘lgan avtomobil yoki temir yo‘l ko‘priklari orqali olib o‘tish maqsadga
muvofiqdir. Agar ko‘priklar bo‘lmasa, er ustidan osilib
turuvchi konstruksiyalarda
olib o‘tiladi. Elektrli temir yo‘llardan o‘tganda quvurlar elektr osilib turgan
tayanchlardan yuqoridan o‘tib, elektrdan ximoyalovchi
maxsus qoplama bilan
qoplanadi. Quvurlarni daryolar,
ochiq suv xavzalaridan, suv osti tunellari va
dyukerlar orqali olib o‘tiladi.
Suv osti tuneli po‘lat listlardan
aylana shaklida tayyorlanadi, hamda
payvandlab ulanadi, va maxsus qabariq qattiqliklar bilan jihozlanadi. Bunday tunellar
ko‘p turdagi muhandislik jihozlarida qo‘llaniladi. Dyukerlar
esa quvurlar soni bir
ikkita bo‘lganda va uzun bo‘lmagan suv osti o‘tishida ishlatiladi. Tunel va
dyukerlarni suv ostida ushlab turish uchun ularga cho‘yandan
yoki temir betondan
tayyorlangan yarim aylana konstruksiyalar bilan o‘rab qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: