M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari


VIII.6. Er usti issiqlik quvurlari


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/64
Sana17.11.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1783044
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   64
Bog'liq
Issiqlik taminoti

VIII.6. Er usti issiqlik quvurlari 
Issiqlik ma'muriyatining vaqtincha qurilishiga yoki er osti isitish tarmog'ini 
o'rnatishning iloji bo'lmagan joylarga tashqaridan yotqizilgan issiqlik tarmoqlari yoki 


98 
ular havoda yoki tepada joylashgan deb nomlanadi. Masalan, zilzilaga chalingan 
hududlarda. Bunday issiqlik tarmoqlari tezkor tarzda qurilib, boshqa turdagi termal 
tarmoqlardan past narxlarda farqlanadi. 
Er usti issiqlik quvurlari alohida turuvchi tayanchlar (past va baland) 
machtalar, estakadalarda yotqiziladi. Tayanch va machtalar odatda temir betondan 
yoki temirdan "T" va "P" shaklida tayyorlanadi. 
Agar quvurlar past tayanchlarda o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda quvur eng pastki 
yuzasi bilan er yuzasi orasidagi masofa 0,35 m, agar quvurlar kengligi 1,5 m gacha 
bo‘lsa, 0,5 m dan kam bo‘lmasligi, agar quvurlar kengligi 1,5 m dan yuqori bo‘lsa, 1 
m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Quvurlarni estakadada yotqizish ancha qimmatta tushadi. SHuning uchun bu 
tizimni quvuvlar soni 5—6 tadan kam bo‘magan xolatlarda ishlatish maqsadga 
muvofiqdir. 
Quvurlarni osilib turuvchi konstruksiyalarda yotqizish maqsadga muvofiq. 
CHunki bunda machta orasidagi masafani ancha uzaytirish mumkin bo‘lishi iqtisodiy 
tejash imkonini beradi. SHu bilan birga temir sarfini iqtisod qilish imkonini beradi. 
Issiqlik tarmog‘i jihozlariga xizmat qilish uchun (zadvijka, salnikli 
kompensator va x. k.) narvoni bor maxsus maydon hosil qilinib maydon to‘siq bilan 
o‘raladi. Bu jihozlar quvur izolyasiyasi bilan er yuzasi orasidagi masofa 2,5 m va 
undan ortiq bo‘lganda statsionar (qimirlamaydigan), undan kichik bo‘lganda esa 
jildiriladigan qilib yasaladi. 
Past tayanchda yotqizilgan quvurlarning jihozlari o‘rnatilgan erlarda esa er 
betonlangan bo‘lib, jihoz esa metall qurilma bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak. Bunday 
qurilma jihozlari qor va yomg‘irlar ta’siridan saqlanishi kerak. 

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling