M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari
Download 4.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Issiqlik taminoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- VIII. Issiqlik tarmog‘i quvurlarini yotqizilishi
- Issiqlik quvurlarining yer ostiga yotqizilishi
VII.6-rasm. Salnikli kompensator
a-bir tomonlama; b-ikki tomonlama; 1-stakan; 2-grund-buksa; 3-salnikli qistirma; 4- tayanch halqasi; 5-korpus; 6-tortish boltlari. 90 VIII. Issiqlik tarmog‘i quvurlarini yotqizilishi YAngi tumanlarni issiqlik bilan ta’minlash tizimlarini loyixalanayotganda birinchi bo‘lib uning yotqizilish yo‘llarini tanlab olish kerak. Bu esa tumanning issiqlik xaritasiga asosan ishlab chiqariladi. Tumaning issiqlik xaritasini ishlatish bilan birga, shu tumanning geodezik xisoblangan suratidan, oldin ishlatilayotgan yoki yangi loyixalanayotgan er osti va er usti muhandislik kommunikatsiyalari rejasidan, tuproq qatlamining xarakteristikalaridan va er osti suvlarining sathlari qiymatlaridan foydalaniladi. Issiqlik tarmog‘i quvurlarini yotqizilish yo‘llarini tanlashda quyidagi asosiy shartlarga asoslaniladi: 91 Issiqlik quvurlarining yer ostiga yotqizilishi -Bo‘lishi mumkin bo‘lgan falokatlar oldini olish imkoniyati tezligini minlanganligiga. -Issiqlik tarmog‘ini eng kam uzunlikda yotqizishga erishilishi. -Issiqlik tarmog‘ini qurishda eng kam ish sarflangan bo‘lishga erishish. Loyixalashda issiqlik tarmog‘i quvurlarini boshqa turdagi muhandislik inshoatlari bilan ham qo‘yish mumkinligini hisobga olish kerak. Agar bu ularning ishonchli ishlashlari mumkunligiga putur etkazmaganligiga ishonch xosil qilinsa. Muhandislik inshoatlari bilan birgalikda quyish mumkin bo‘lsa ularni er ostida, er osti kanallarida yoki er usti ko‘p yarusli machta va estokadalarida qo‘yilishi mumkin. Bunday echim ularning umumiy qiymatini arzonlashtiradi. VIII.1. Issiqlik quvurlarini yotqizish usullari SHahar yashash tumanlarida issiqlik quvurlari odatda ko‘chaning qizil chizig‘iga parallel bo‘lgan muhandislik tarmoqlari uchun ajratilgan texnik yo‘llarga yotqiziladi. Diametri 300 mm kichik bo‘lgan quvurlarni uylar, binolar pol osti kanallarida, texnik kanallarda va tonnellarda yotqizishga ruxsat beriladi. 92 Er osti issiqlik quvurlarida emirilishni kamaytirish uchun ularni turli er osti daydi toklari bilan kesishidan qochish, botqoq erlardan olib o‘tishdan qochish, suv tez-tez bosib turadigan erlarga yotqizilishidan qochish va ifloslangan erlarga yotqizilishdan qochish kerak. Qurilish qilinmaydigan erlarda issiqlik quvurlari past turuvchi tayanchlarda yotqiziladi. Issiqlik tarmoqlarining narxi va ishlatilishi qimmat bo‘lmaslini ta’minlash uchun ularni daryolardan kesib o‘tishidan qochish kerak. Ishlab chiqarish tashkilotlari maydonlarida issiqlik tarmog‘i quvurlari maydonining qatnalmaydigan qismida ajratilgan maxsus texnik yo‘llarda, boshqa turdagi ishlab chiqarish quvurlari bilan birgalikda yotqiziladi. Quvurlarni er ostidan yotqizilganda ularning qiymati ortib ketmasligi uchun ularda ishlatiladigan issiqlik kameralari soni iloji boricha kamroq ishlatalishi kerak. Download 4.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling