M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/64
Sana17.11.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1783044
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
Issiqlik taminoti

 
 
 
 
 


119 
XI.3. Issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish 
Suvli issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish ularning qaytish magistral quvurini 
vodoprovod suvi bilan ta’minot nasosining siquvi ostida to‘ldirishdan boshlanadi. 
Yilning issiq davrida tarmoq sovuq suv bilan to‘ldiriladi. Tashqi havoning harorati 
+1
0
Sdan kam bo‘lgan hollarda suv muzlashining oldini olish uchun uni 50
0
S gacha 
qizdirish tavsiya etiladi. 
To‘ldirish vaqtida qaytish quvuridagi hamma suvni to‘kish va tarmoqlanish 
zulfinlari berkitiladi, faqat havo chiqarish moslamalari ochiq qoldiriladi. Havo 
chiqarish moslamalarida havo pufakchalarisiz suv paydo bo‘lishi bilan jumraklar 
berkitiladi, so‘ngra davriy ravishda (har 2-3 minutda) to‘plangan havo chiqarib 
turiladi. Qaytish quvuri to‘ldirilganidan so‘ng xuddi shu tartibda uzatish quvurlari 
suvga to‘ldiriladi, buning uchun ularni o‘zaro bog‘laydigan qisqa quvurlarda 
(peremichka) zulfinlar ochiladi.
Suv to‘ldirilgandan so‘ng havoni to‘liq chiqib ketishi uchun yana ikki-uch soat 
kutiladi. Magistral quvurlar suvga to‘ldirilgandan keyin tarmoqlanish va kvartal 
quvurlari, so‘ngra binolargacha bo‘lgan quvurlar suvga to‘ldiriladi. Ish tushirishning 
keyingi bosqichlari: zichlika va mustahkamlikka sinovlardir. 
Kanallarda va kanalsiz tarzda er ostida yotqizilgan suv quvurlarini sinash 2 
marta o‘tkaziladi. YA’ni u dastlabki va yakuniy sinovdan iborat bo‘ladi. 
Dastlabki 
sinov-salnikli 
kompensatorlarni 
o‘rnatgunga qadar ayrim 
uchastkalarda o‘tkaziladi. 
YAkuniy sinov-montaj yakunlanlanidan keyin o‘tkaziladi. Bosim –1,25

R
ishchi

Ammo 16kg/sm
2
dan kam bo‘lmasligi kerak. Agar 10 daqiqa mobaynida bosim 
kamaymasa quvur sinovdan o‘tgan hisoblanadi.
Qishki paytlarda sinov ayrim uchastkalarda bo‘lingan tarzda 5

S haroradan 
past bo‘lmagan holda o‘tkazish zarur. 
Tarmoqlarni yuvish ikki bosqichda bajariladi: qora va toza. Qora yuvishda 
engil iflosliklar yuvib chiqariladi, buning uchun quvurlar 0,4 MPa bosimli 
vodoprovodga ulanadi. Ushbu bosim ostida mustaxkamlik sinovlaridan so‘ng qolgan 


120 
iflosliklar loyqalanadi va suvni to‘kish zulfinlaridan siqib chiqariladi. Toza yuvish 
shahar vodoprovodidan tarmoq nasoslari yordamida quvurlarga 3-7m/s tezligi bilan 
bosim ostida suvni berish orqali bajariladi. Bunda suvning yakuniy tozaligi 
laboratoriya tahlili bilan nazorat qilinadi. 
Toza yuvishdan so‘ng tarmoqlar kimyoviy tozalangan suv bilan to‘ldiriladi. 
Ochiq tizimli tarmoqlarga tarmoq suvi bilan to‘ldirishdan oldin bakterial ifloslanishga 
qarshi qo‘shimcha sanitar ishlov beriladi. Tarmoqning dezinfeksiyasi suvga 20-
40mg/l miqdorda faol xlor qo‘shish va 24 soat davomida ushlab turish yo‘li bilan 
bajariladi. So‘ngra suv to‘kilib, tarmoq 70
0
S gacha isitilgan ichimlik suvi bilan 
qo‘shimcha yuviladi. 

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling