M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari
Download 4.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Issiqlik taminoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Issiqlik sinovlarini
Gidravlik sinovlarning asosiy maqsadi yangi tarmoqlarning amaldagi gidravlik
tafsilotini aniqlash bo‘lganligi uchun, tarmoqning belgilangan nuqtalarida issiqlik tashuvchisining bosimi, sarfi va harorati o‘lchanadi. Uzatish va qaytish quvurlaridagi o‘lchangan bosimlar bo‘yicha haqiqiy pezometrik grafigi, o‘lchangan suv sarflari bo‘yicha esa hisobiy bosim grafigi quriladi. Hisobiy va haqiqiy pezometrik grafiklarni solishtirish yo‘li bilan tarmoq qismlaridagi ishqalanish koeffitsientini o‘zgarishi va tarmoqning ifloslangan joylari aniqlanadi. Issiqlik sinovlarini o‘tkazishdan asosiy maqsad tarmoqlardagi haqiqiy issiqlik yo‘qolishini aniqlash va uni hisobiy hamda me’yorlangan qiymatlar bilan solishtirishdir. Sinovlar vaqtida sinalayotgan uzatish yoki qaytish quvurining boshidagi va oxiridagi suv sarfi va haroratlar o‘lchanadi. Buning uchun barqaror rejim o‘rnatilib, 10 minut oralig‘ida bir nechta ko‘rsatkichlar olinadi. Olingan ko‘rsatkichlar bo‘yicha uzatish va qaytish quvurlarining issiqlik yo‘qotishi aniqlanadi. Haqiqiy va hisobiy issiqlik yo‘qolishlarni solishtirish natijasida izolyasiya sifati aniqlanadi. 122 Issiqlik va gidravlik sinovlar har 3-4 yilda bajariladi. Issiqlik tashuvchisining maksimal haroratiga sinovlari 2 yilda bir marta o‘tkaziladi. Ularning maqsadi tarmoqning kompensatorlarini, tayanchlarini va boshqa qurilmalarini issiqlik uzayishini qabul qilishini tekshirishdir. Sinovlar jarayonida issiqlik tashuvchisining harorati soatiga 30 0 S tezligidan oshmagan holda ko‘tariladi. Bunda maksimal harorat 120 0 S va o‘xshash vaqti 2 soat bo‘ladi. 123 FOYDALANILGAN ASOSIY ADABIYOTLAR 1. Rashidov YU.K., Saidova D.Z. “Issiqlik, gaz ta’minoti va ventilyasiya tizimlari” o‘quv qo‘llanma. Toshkent, TAQI 2002 y. 146 b. 2. Ionin A.A. i dr. Teplosnabjenie. M. Stroyzdat, 1982, -336 str. 3.Kozin V.E., Levina T.A., Markov A.P. i dr. Teplosnabjenie, M. Vыsshaya shkola, 1980g. 4.Rashidov YU.K., Tursunova U.X., Mamajonov T.M., «Issiqlik ta’minoti», O‘quv qo‘llanma. Toshkent TAQI 2000 y. Download 4.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling