M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/64
Sana17.11.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1783044
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
Issiqlik taminoti

Gidravlik sinovlarning asosiy maqsadi yangi tarmoqlarning amaldagi gidravlik 
tafsilotini aniqlash bo‘lganligi uchun, tarmoqning belgilangan nuqtalarida issiqlik 
tashuvchisining bosimi, sarfi va harorati o‘lchanadi. 
Uzatish va qaytish quvurlaridagi o‘lchangan bosimlar bo‘yicha haqiqiy 
pezometrik grafigi, o‘lchangan suv sarflari bo‘yicha esa hisobiy bosim grafigi 
quriladi. Hisobiy va haqiqiy pezometrik grafiklarni solishtirish yo‘li bilan tarmoq 
qismlaridagi ishqalanish koeffitsientini o‘zgarishi va tarmoqning ifloslangan joylari 
aniqlanadi. 
Issiqlik sinovlarini o‘tkazishdan asosiy maqsad tarmoqlardagi haqiqiy issiqlik 
yo‘qolishini aniqlash va uni hisobiy hamda me’yorlangan qiymatlar bilan 
solishtirishdir. 
Sinovlar vaqtida sinalayotgan uzatish yoki qaytish quvurining boshidagi va 
oxiridagi suv sarfi va haroratlar o‘lchanadi. Buning uchun barqaror rejim o‘rnatilib, 
10 minut oralig‘ida bir nechta ko‘rsatkichlar olinadi. 
Olingan ko‘rsatkichlar bo‘yicha uzatish va qaytish quvurlarining issiqlik 
yo‘qotishi aniqlanadi. Haqiqiy va hisobiy issiqlik yo‘qolishlarni solishtirish natijasida 
izolyasiya sifati aniqlanadi. 


122 
Issiqlik va gidravlik sinovlar har 3-4 yilda bajariladi. Issiqlik tashuvchisining 
maksimal haroratiga sinovlari 2 yilda bir marta o‘tkaziladi. Ularning maqsadi 
tarmoqning kompensatorlarini, tayanchlarini va boshqa qurilmalarini issiqlik 
uzayishini qabul qilishini tekshirishdir. Sinovlar jarayonida issiqlik tashuvchisining 
harorati soatiga 30
0
S tezligidan oshmagan holda ko‘tariladi. Bunda maksimal harorat 
120
0
S va o‘xshash vaqti 2 soat bo‘ladi. 


123 
FOYDALANILGAN ASOSIY ADABIYOTLAR 
1. Rashidov YU.K., Saidova D.Z. “Issiqlik, gaz ta’minoti va ventilyasiya 
tizimlari” o‘quv qo‘llanma. Toshkent, TAQI 2002 y. 146 b. 
2. Ionin A.A. i dr. Teplosnabjenie. M. Stroyzdat, 1982, -336 str. 
3.Kozin V.E., Levina T.A., Markov A.P. i dr. Teplosnabjenie, M. Vыsshaya 
shkola, 1980g. 
4.Rashidov YU.K., Tursunova U.X., Mamajonov T.M., «Issiqlik ta’minoti», 
O‘quv qo‘llanma. Toshkent TAQI 2000 y. 

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling