M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari


XI.4. Issiqlik ta’minoti tizimlarini sozlash


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/64
Sana17.11.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1783044
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
Issiqlik taminoti

 
XI.4. Issiqlik ta’minoti tizimlarini sozlash 
Issiqlik ta’minoti tizimlarini sozlashdan maqsad uning barcha bo‘g‘inlarini bir 
maromda yuklanishi ishlab chiqilgan va iste’mol qilingan issiqlik sarflarini bir-biriga 
mos kelishi va tizimning barcha ishlash rejimlarini me’yorda ushlab turilishini 
ta’minlashdan iboratdir. 
Issiqlik berish rejimi sutkalik va yillik yuklanish grafiklari asosida 
rejalashtiriladi. Sutkalik grafiklarini issiqlik tarmog‘ining dispetcherlik xizmati ob-
havo sharoitiga ko‘ra bajarishdan bir sutka oldin issiqlik manbaiga beradi. Sutkalik 
grafik buyurtmali xujjat bo‘lib, unda tuman bo‘yicha issiqlik tashuvchisini sarfi va 
harorati, shuningdek issiqlik jihozlarning yuklanish me’yorlari ko‘rsatiladi. Ob-havo 
sharoitlari o‘zgarishi bilan bu ko‘rsatkichlar tezkor ravishda o‘zgartiriladi. 
 
XI.5. Issiqlik tarmoqlarini sinash 
Issiqlik tarmoqlarining sinovlari ishga tushirish va foydalanish (ishlatish) 
turlariga bo‘linadi. Hamma sinovlar mahsus tuzilgan sinov dasturlari bo‘yicha 
bajariladi. Sinovlar quyidagilarga bo‘linadi
a) katta bosim berib sinash (opressovka)-quvurlar va armaturalar zichligi va mexaniq 
mustahkamligini aniqlash uchun; 
b) gidravlik sinovlar - quvurlarning gidravlik tafsilotini aniqlash uchun; 


121 
c) issiqlik sinovlar - issiqlik tarmog‘ining amaldagi issiqlik yo‘qotishini aniqlash 
uchun; 
d) hisobiy haroratga sinash-tarmoqning kompensatsiyalovchi qurilmalarini tekshirish 
va ularning normal holatini aniqlash uchun. 
Katta bosim berib sinash dastlabki va yakuniy sinovlardan iborat bo‘ladi. 
Dastlabki sinov-salnikli kompensatorlarni o‘rnatgunga qadar ayrim uchastkalarda 
o‘tkaziladi. 
YAkuniy sinov-montaj yakunlanganidan keyin o‘tkaziladi. Bosim –1,25

R
ishchi

Ammo 16kd/sm
2
dan kam bo‘lmasligi kerak. Agar 10 daqiqa mobaynida bosim 
kamaymasa quvur sinovdan o‘tgan hisoblanadi. Sinovlar mumkin qadar yilning issiq 
davrida o‘tqazilishi lozim, ya’ni tashqi havoning harorati +1
0
S dan past bo‘lmaganda, 
bunda suvning harorati +40
0
S gacha qabul qilinadi. 

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling