M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari


XI. Issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish, sozlash, sinash va ulardan foydalanish


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/64
Sana17.11.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1783044
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
Issiqlik taminoti

XIIssiqlik tarmoqlarini ishga tushirish, sozlash, sinash va ulardan foydalanish 
Tizim yoki qurulmaning ishonchliligi tushunchasi tizimga yoki qurulmaga ikki 
bosh yo‘nalish bo‘yicha qarashni taqazo etadi. Birinchisi, tizimning ehtimoliy ishga 
yaroqliligi. 
Ehtimoliy ishga layoqatlilikka bir qancha faktorlar ta’sir etadi. SHuning uchun 
ehtimoliy yaroqlilikni oldindan aytib bo‘lmaydi. Tizimning ishlash qobiliyatini 
ko‘rsatuvchi ikkinchi kattalik uning ishlash vaqti davomiyligi hisoblanadi. 
Ishonchlilik bu vaqt birligi ichida tizim elementlarining sifatini saqlashdan 
iboratdir. Ishonchlilikning asosiy kriteriyasi, berilgan vaqt ichida tizim 
elementlarining bexato ishlashidir. 
Davlat standarti tomonidan qo‘yilgan ishlash bo‘yicha ishonchlilik, berilgan 
vaqt ichida, tizimning birlamchi ishlash ko‘rsatkichlar bilan ishlashi demakdir. 
Issiqlik ta’minoti tizimlari uchun berilgan ko‘rsatgichlar bug‘ va suvning berilgan 
qiymatda, berilgan harorat va bosimda va ma’lum tozalikda saqlanishidir. 
 


117 
XI.2. Ishonchli tizim yaratishning yo‘llari 
Birinchisi, tizimni tashkil etgan elementlar sifatini oshirish bo‘lsa, ikkinchisi,
elementlarni zaxiralashdir. Ikkinchi yo‘lga element sifatini oshirishning texnik
jihatdan imkoni bo‘lmay qolganda yoki keyingi sifat oshirish iqtisodiy o‘zini 
oqlamaganda o‘tiladi.
Ishonchlilikning ikkinchi yo‘li tizimni ishonchliligi uning elementlari 
ishonchliligidan zarur bo‘lganda ko‘laniladi. Tizimning ishonchliligi zaxiralash bilan
amalga oshiriladi. Issiqlik bilan ta’mynlash tizimlari uchun dublyor qo‘llaniladi.
Issiqlik tarmog‘ida esa dublyor, xalqalash yoki seksiyalash yo‘li bilan ishonchlilik 
oshiriladi. Issiqlik bilan ta’minlash tizimlari uzoq muddat ishlaydigan tizimga 
kiradi. 
Issiqlik bilan ta’minlash tizimlari ta’mirlanadigan tizimlardir. SHuning uchun 
bu tizim ta’mirlashga yaroqli hisoblanadi. Tizimga texnik hizmat ko‘rsatib va 
ta’mirlab tizimdagi ishlamay qolgan elementlarni ishlatib, tizim ishonchliligini 
oshirish mumkin. Tizimni ta’mirlashga yaroqliligining asosiy ko‘rsatkichi, ishdan 
chiqqan elementini tiklashga ketgan vaqt - t hisoblanadi. Qayta tiklashga ketgan 
vaqt tizimni zaxiralashda muxim rol o‘ynaydi. Zaxiralash asosan tarmoqning 
jihozlari, quvurning diametriga bog‘liq bo‘ladi. 
Tizimda kichik diametrlardagi quvurlar qo‘lanilganda ta’mirlash uchun 
sarflangan vaqt ruxsat etilgan tanaffus vaqtidan kichik bo‘lishi mumkin, bo‘nday 
xolarda tizimni zaxiralash shart emas. Tizimning ishonchliligini aniq baholash 
imkoniga ega bo‘lish uchun avval tizim elementi yoki tizimning ishlamay qolishi 
tushunchasini yaxshi tushunib olish kerak. Tizim elementi ishlamasligini aniqlashda 
ist’molchilarga issiqlik berilmasligi davomiyligi va bexosdanligini bilib olish 
kerak. Elementning birdan ishlamay qolishi shundan iboratki, bu vaqtda shu 
elementni, shu zaxoti o‘chirib qo‘yish kerak. Asta sekinlik bilan ishlamay qolishda 
esa avval ta’mirlash ishlarini olib borish va elementni tuzatib uni yana ishlatib yuborish 
mumkin bo‘ladi. 
Tizimni ishonchlilikka hisob qilinayotganda va zaxira qilish darajasini 
aniqlayotganda faqat birdan yuz beradigan ishdan chiqishni hisobga olinadi. 


118 
Element mustaxkamligiga zarar etqazuvchi ishdan chiqarishlarga, elementlarning 
unchalik mustaxkam bo‘lmagan bo‘laklariga ortiqcha kuchlanishlarning to‘g‘ri 
kelib qolishlari kiradi. Ishdan chiqishlar tabiati tekshirilganda ular xaqiqatdan ham 
bexosdan bo‘lishi kuzatiladi. Masalan: quvurlar emirilishi natijasida yuz beradigan 
tizim elementlarining birdan ishdan chiqishi va x. k. Issiqlik bilan ta’minlash 
tizimlarining vazifasi iste’molchilarga berilayotgan issiqlikni kerakli parametrlarda 
ushlab turishdan iboratdir. Tizimning ishlamay qolishi esa ana shu talabni bajara 
olmaydi. Bu esa o‘z o‘rnida kishilarning mehnat ko‘rsatish va yaxshi yashashi 
uchun xalaqit beradi. Bundan ko‘rinib turibdiki tizimni ishlamay qolishi yo‘l qo‘yib 
bo‘lmaydigan xatodir. SHuning uchun iloji boricha tizimni ishonchli ishlashiga 
erishilishi kerak. 
Yuqorida ko‘rib chiqqanimizdek quvurlar bo‘limlarida yoki tizim jihozlarida yuz 
beradigan emirilish va boshqa ta’sirlar shu elementlarni o‘chirilishiga olib keladi 
va elementning ishlamay qolishiga olib keladi. 
Elementning ishdan chiqishga qo‘yidagi sabablar olib keladi: 
1) quvurlarda: quvurlarning emirilishdan teshilishi va payvandlangan 
choklarning buzilishi; 
2) zadvijkalarda: zadvijka korpusining emirilishi; flanetsli biriktirishlarning 
bo‘shligidan 
bo‘limlarning 
jips 
berkitilishiga 
ta’- 
sir qiluvchi tiqilib qolishlar va x.k.; 
3) salnikli kompensatorlar stakanining emirilishi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan barcha sabablar tizimni ishlatish davomida yuz beradi. 
Ba’zan esa qurilish defektlari ham bo‘lishi mumkin. Elementlardagi buzulishlarning 
yig‘indisiga ishdan chiqishlar yig‘indisi deb qarash mumkin. 

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling