Tasdiqlayman” Kechki bo’lim dekani Alimqulov N


Download 216.5 Kb.
bet1/6
Sana20.06.2023
Hajmi216.5 Kb.
#1632233
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Diana






O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI

Tasdiqlayman”


Kechki bo’lim dekani
_____ Alimqulov N
«____»___________2023y.


KURS ISHI
Mavzu: Tovushlar talaffuzidagi buzulishlarning savodxonlikni o’zlashtirish jarayoniga ta’siri

Himoyaga tavsiya etilsin


Logopediya kafedrasi mudiri
Ph.D., dots N.Z.Abidova

«____» __________ 2022y.






Ilmiy rahbar:


Turdaliyeva Sh

«____» __________ 2023y.



Abdumanapova Diana
Toshkent – 2023-yil
MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………………………….3-5
I BOB.Tovushlar talaffuzidagi buzulishlarning savodxonlikni o’zlashrirish jarayoniga tasirining ilmiy nazariy asoslari …………………..……………….6-12
1.1.Tovushlar talaffuzidagi buzulishlarning savodxonliknki o’zlashtirishning o’rganish tarixi…………………………………………………………………… 6-12
1.2.Tovushlar talaffuzidagi buzulishlarni erta aniqlash va tashxislash.……….…12-20


II BOB.Tovushlar talaffuzidagi buzulishlarning savodxonlikni o’zlashtirishda korreksion logopedik ishlar………………………………………
2.1.Tovushlar talaffuzidagi buzulishlarning savodxonliknki o’zlashtirishni tekshirish metodikasi
2.2.Tovushlar talaffuzidagi buzulishlarning savodxonliknki o’zlashtirish jarayonidagi kamchiliklarni bartaraf etish yo’llari……………
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim tizimining eng muhim sohasi bo’lib barkamol avlod asosan ana shu bo’g’inda shakllanadi. Shunga ko’ra maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda bog’lanishli nutqni rivojlantirish ham ta’limning eng muhim tarkibiy qismlaridan bo’lib hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim sohasida bolalarning nutqini rivojlantirish borasida muhim tadqiqotlar olib borilgani xolda bog’lanishli nutqni rivojlantirish, ayniqsa, bu muammoning bolalarda eng samarali davr sanalgan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda tevarak-atrofni o’rganish jarayonida nutqini rivojlantirish muhim ahamiyatga egadir. Nutq kamchiliklarining kelib chiqishi sabablarini oilada har bir ota-ona, maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyachilar, maktabda esa o’qituvchilar bilishlari zarur. Chunki nutq kishilarning til vositasi orqali aloqa jarayonining tarixan tarkib topgan formasidir. Shuningdek, nutq rang-barang ifodali tovushlarning majmuasidan iborat. Bu tovushlar oliy nerv sistemasining signallari vositasida nutq organlarining turlicha shakllanishi yoki harakati natijasida paydo bo’ladi. Shuning uchun nutq tovushlarini vujudga keltiruvchi manbalarini organlar fiziologiyasini, ularning faoliyatini o’rganish talaffuzdagi nuqsonlarning kelib chiqish sababini aniqlash, to’g’ri va ravon talaffuzni ta’minlovchi omillardan biridir.
Maktabgacha tarbiya muassasalari xodimlari oldiga muhim vazifani-bolalarni maktabda o`qishga psixologik jihatdan tayyorlash, ya’ni boshlang’ich sinflarda muvaffaqiyatli o`qish, boshlang’ich maktabning dasturni to`la o`zlashtirib olish uchun zarur bo`lgan ruhiy sifatlar, bilim, ko`nikma va malakalari tarkib toptirish vazifasini qo`yadi. Bolaning aqliy rivojlanishida og’zaki nutqning vujudga kelishi katta ahamiyatga ega. Tarbiyachi bolaning so`z boyligini aniqlaydi, boyitib boradi va faollashtiradi, bolalarni tovushlarni to`g’ri talaffuz etishga o`rgatadi, og’zaki nutqning turli shakllarigi – monolog (aytib berish, qayta hikoya qilib berish) va dialogga (so`zlashuv yoki savol – javob nutqiga), so`zlarni grammatik jihatdan to`g’ri o`zlashtirish va to`g’ri tuzishga o`rgatadi. Bolalar bog’chasida ham, maktabda ham olib boriladigan tillar ta’lim standartlari, dasturida ko`rsatilgan bilim va malakalarni hosil qilish, shaxsning ba’zi bir xususiyatlarini, hulq-atvorini tarbiyalashga qaratilgan.Dastur talablarini to`laqonli bajarish uchun tarbiyachi va o`qituvchilar o`z tarbiyalanuvchilarining barcha xususiyatlarini, ayniqsa, nutqiy rivojlanishini har tomonlama tekshirib, kamchiliklarini aniqlashlari, bularni bartaraf etish yoki bolani tegishli mutaxassislarga, ular esa tegishli muassasalarga yuborishlari talab etiladi.
Shu maqsadni amalga oshirish uchun biz tadqiqotimizning maqsadini va ustivor vazifalarini belgilab oldik.

Download 216.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling