M kariyev, R. Alimov


Kalla suyagi darz ketishi va sinishi


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

Kalla suyagi darz ketishi va sinishi 
Kalla suyagi darz ketishi, sinishi va ayniqsa kalla chanog'i asosi- 
ning sinishlari nafaqat miyaning chayqalishi va lat yeyishi bilan, balki 
burun, quloq yo‘llariga qon yoki likvor ketishi bilan kuzatiladi. Ko‘z 
atrofida qon quyilishi «ko'zoynak simptomi» kuzatiladi. Kalla chanog'i 
asosining sinishida ko‘pincha kalla - miya nervlari (eshituv, yuz, 
olib ketuvchi, ko‘zni harakatga keltiruvchi) jarohatlanadi. Singanlik 
to'g'risida yakuniy tashxis faqat rentgenologik tekshiruvda qo‘yiladi. 
Kalla suyagi asosining sinishi bolgan jarohatlar nafaqat miya yopiq 
jarohatlarida ko‘rsatiladi, umumiy davolash muolajalariga (tinchlik, se- 
dativ vositalar: analeptiklar, yurak-qon tomir, nafas olish faoliyatini yax- 
shilovchi, degidratatsiya qiluvchi preparatlar), shuningdek infeksion asor- 
atlari oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar o'tkazilishini talab etadi. 
Kalla suyagi va miyaning o‘q tekkan jarohatlari. Kalla suyagining 
o“q tekkan jarohatlari uch guruhga bo'Iinadi: yumshoq to‘qimalarning 
yaralanishi (suyakning jarohatisiz), suyak sinishi, lekin miya qattiq parda- 
sining jarohatisiz kalla suyagini teshib kirmagan yaralanish (ekstradual) 
va suyak, miya pardalari va moddasining jarohatlanishi kuzatilgan, bosh 
suyagi va miyani teshib kiruvchi (intradural) yaralanishi. 
Kalla suyagi va miya o‘q tekkan jarohatlari ularni jarohat kana- 
lining xususiyatiga (kirib qolgan, tegib o‘tgan, teshib o‘tgan, tashqi 
va kalla suyagi ichiga rekashetli), yarador qiluvchi snaryad turiga 
(o‘q tekkan, zarrachali-sharikli, strelkalar), yaralanish soniga (bitta, 
ko‘p sonli), lokalizatsiyasiga (peshona, tepa, chakka, ensa, parabazil- 
8 4


yar-peshona-orbital, 
chakka-so‘rg‘ichsimon 
va boshqa), jarohatlanish 
tomoni (o‘ng, chap, parasaggital, ikki yarim sharli) va bosh suyagi 
sinishining ko'rinishiga (to'liqmas, chiziqli darz ketish, botib kirgan, 
parchalangan, teshikli, zarrachali) qarab tashxis qo‘yilishini taqozo 
etadi. Barcha ko‘rsatilgan elementni o‘zida jam qilgan keng koMamli 
tashxis faqat maxsus gospitalda qo'yilishi mumkin. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling