M kariyev, R. Alimov


Kalla suyagi yumshoq to‘qimalarining jarohatlanishi


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

Kalla suyagi yumshoq to‘qimalarining jarohatlanishi. Bu turdagi 
jarohat bosh sohasi terisi, apanevrozi, mushaklari yoki suyak parda- 
sining 
jarohatlanishi 
bilan 
ifodalanadi. Bu 
guruh 
yaralanganlarda 
yoMdosh miyaning yopiq jarohati kuzatilmanganda jarohatlanish yengil 
hisoblanadi. 
Kalla suyagi yumshoq to‘qimaIarining jarohatlari ko‘pincha miya 
chayqalishi va lat yeyishi bilan birga subaroxnoidal qon quyilishi ham 
kuzatiladi, bu esa qo‘shma radiatsion shikastlanishlarga xosdir. 
Teshib kirmagan jarohatlar. Miya qattiq pardasi butunligi saqlan- 
gan holda yumshoq to‘qima va suyakning shikastlanishidir. Bu tur- 
dagi jarohat og'ir hisoblanib, ko‘pincha siljigan suyak bo'laklari bilan 
miyaning kontuziyaga uchrashi, ba’zi hollarda bosh suyagi ichida qon 
quyilishlar kuzatiladi. Ammo singan holat va yaraning mikrobli iflos- 
lanishiga qaramasdan shikastlanmagan miya qattiq pardasi infeksiya- 
ni chuqurda yotgan to‘qimalarga tarqalishining oldini oladi. 
Kalla suyagi va miyaning teshib kiruvchi jarohatlari 
Bunda yumshoq to‘qimalar, suyaklar, miya pardalari va miya ja- 
rohatlanishi kuzatiladi. Jarohat kanalining yo'nalishi turlicha bo‘lishi 
mumkin, bunda bosh miya po‘stlog‘i, po‘stloq osti sohasi, qorinchalar, 
bazal gangliyalar, o‘q (stvol) jarohatlangan bo'lishi mumkin. Ayniqsa 
miyaning chuqur qismi va o'qi (stvol) jarohatlanishi xavflidir. 
Klinikasi. 
Teshib 
kiruvchi 
jarohatlanish 
yaralarda, 
avvalam- 
bor, 
nerv 
hujayralarining 
tormozlanishi 
natijasida 
hushning 
yo‘qolishi bilan ifodalanadi. Hushni yo'qotish muddati bir necha 
daqiqadan bir necha kungacha, chuqurligi esa sezilarsiz ganglik 
holatidan yoki uyquga moyilligidan, to sopor yoki koma holati- 
gacha boMishi mumkin. 
0‘ta og‘ir hushning buzilishi va rivojlangan o‘q (stvol) simptomlari 
miyaning zamonaviy o'qlar bilan jarohatlanishida kuzatiladi. Qachonki 
miyada vaqtincha tebranuvchi bo'shliqlar hosil bo‘lib, nafaqat miya 
moddasida keng birlamchi nekroz zonasi hosil bo‘ladi, balki miya 
funksiyalarining ikkilamchi buzilishi, keng ikkilamchi nekrozlar ham 
qon va likvor aylanishining buzilishi hisobiga kuzatiladi. 
8 5


Yaradorlarda hushni yo'qotish bilan birga qayt qilish, shuningdek, 
psixomator qo'zg'alish, o‘sib boruvchi bradikardiya bolishi mumkin. 
Jarohatdan keyingi birinchi soat va kunlar (boshlang‘ich davr) umurn- 
miya simptomlari o'choqlilardan ustun yuradi. Shifokorlarning diqqati 
hush, nafas olish, yurak faoliyati va yutinish holatlariga qaratilishi 
lozim. Yarador bilan muloqotga kirishga harakat qilish, uning tashqi 
muhitdagi, qanday sharoitda jarohat yuz berganini aniqlash, hushni 
yo‘qotish bo'lganligini qayt qilish, tutqanoq, falajlar yuz bergan-ber- 
maganligini bilish lozim. 
Yaradorning hushsiz holatida asosiy diqqat-e’tibor jarohatning ho- 
latiga, undagi ajratma (qon, orqa miya suyuqligi), miya detritining 
yallig‘lanish reaksiyasi mavjudligiga qaratiladi. Ko‘z qorachig'ining kat- 
taligi, shakli, yorug'ga reaksiyasini tekshirib ko'rish lozim. Kornial 
reflekslarning yo‘qligi, ko‘z olmalarining chayqalishi, «suzib yurishi» 
miyaning stvol qismida yuz bergan o'zgarishlardan dalolat beradi. 
Yaradorda og'riqni sezish reaksiyasining borligi, yutinish refleksi- 
ning saqlanganligi, patologik reflekslar mavjudligini aniqlash aha- 
miyatlidir. 
Jarohatlanishning boshlang‘ich davrida o‘choqli simptomlami aniq- 
lash yaradorning hushsiz holatida qiyinchilik tug‘diradi. Ba’zida 
og‘riqqa sezuvchanlik tekshirilganda falaj bo'lmagan qo‘l-oyoqlaming 
aktiv (himoya kabi) harakatlari kuzatiladi. 
Yarador hushsizlik holatidan chiqayotganda (2-3-kunlar), birinchi 
oTinga o^choqli va qobiqli simptomlar chiqadi. Ana shu erta reak- 
siyalar va asoratlar deb ataladigan ikkinchi bosqichda (uning davo- 
miyligi 3 kundan so‘ng 3-4 haftagacha) harakatlar chegaralanganli- 
gi, sezuvchanlik, so‘zlash, eshitish, ko‘rishning buzilishi, reflekslar 
o‘zgarishini aniq ko‘rsatish mumkin. 
Meningit yoki subaraxnoidal qon quyilishini ko'rsatuvchi miya 
pardasining qo‘zg‘aluvchanligi simptomlarini (ensa mushaklari qisqa- 
rishi, Kernig, Bruzdinskiy, Gilen simptomlari) mavjudligini tekshirish 
lozim. Meningit ayniqsa jarohatdan keyingi 7—14-kunlarda yuzaga 
keiadi. U miyada travmatik shishning kamayishi, subaroxnoidal tir- 
qishlarning ochilishi va infeksiyaning miya pardalari bo‘ylab tarqali- 
shi natijasida ro‘y beradi. Bu davrda yaralanganlarni evakuatsiya qi- 
lish xavflidir. 
Jarohatlangandan keyingi 3—4 haftalarda erta asoratlar yo'qolishi 
va infeksion o'choqning chegaralanishi bosqichida (3 haftadan 3 
oygacha) miyadagi jarohat kanali atrofida biologik himoya to‘sig‘i 
hosil boMishi va jarohatning chandiq bilan qoplanishi kuzatiladi. 
Jarohat 
jarayoniningg 
ijobiy 
kechishida 
bu 
bosqich 
yaradorning 
sog‘ayishi bilan tugaydi. 
86 


Kalla suyagi va bosh miya jarohati olganlarda 
bosqichli davolash prinsiplari 
Kalla suyagi, bosh miya ochiq va yopiq jarohatlari bo'lgan shi- 
kastlanishlarni davolash doimo chayqalish va bosh miyaning lat ye- 
yishi kuzatilganligi sababli ularda umumiylik bo‘lib, himoyaviy davo- 
lash, tinchlik, sedativ vositalami qo'llash, ko'chirishning birinchi bos- 
qichlaridan yaradorni sinchiklab kuzatishni taqozo etadi. 
Birinchi yordam ko'rsatish awalambor qon, orqa miya suyuqligi, 
qusuq qoldiqlarini nafas yo'llariga ketishining oldini olishga qaratil- 
gan bo‘lib, buning uchun yaradorning boshini yonboshga qaratiladi, 
jarohatga esa bog‘lov qo'yladi. Mushak ichiga antibiotik, stolbnyakka 
qarshi anatoksin yuboriladi. 
Ko'rsatma bo‘yicha yurak-qon tomir, nafas olish faoliyatini stimu- 
lyatsiya qiluvchi vositalar (kamfora, kofein, efedrin, sititon) qo‘llaniladi. 
Birlamchi tibbiy varaqada yaradorning hushi saqanganligi yoki 
yo‘qligi, ko'rish, so'zlash, yutinish funksiyalaridagi o'zgarishlami 
ko'rsatish maqsadga muvoFiq. Evakuatsiya davrida yaradorning boshi 
yostiqchaga yoki yig'ilgan shinelga qo'yiladi, boshning qo'shma va 
bo'yin umurtqasining jarohatlarida shinalar bilan mahkamlanadi. 
Malakali jarrohlik yordami ko'rsatish bosqichida kalla suyagi yopiq 
jarohatida awalambor kalla suyagi ichida qon ketishi davom etayot- 
gan (gematomali) yaradorlar ajratiladi. 
Bu bosqichda miya kompressiyasi bo'lgan y'aradorlarni zudlik bi- 
Ian hayotiy ko'rsatma bo'yicha operatsiya qilinadi. Kalla suyagi ichid- 
agi o'sib borayotgan miya siqilishi zudlik bilan operativ muolaja 
o'tkazishga ko'rsatma bo'la oladi. 
Miyaning o'tkir travmatik shishida kalla suyagi ichidagi ge- 
matomaga o'xshash simptomlar kompleksi kuzatiladi. Ammo bu ho- 
latlarda 
gipertenzion 
sindromlar 
rivoji 
yumshoqroq 
ro'y 
beradi, 
o'choqli 
simptomlar 
kuchayishi 
kuzatilmaydi, 
shunisi 
muhimki, 
degidratatsion davolash (vena ichiga 50-60 ml 40%Ii glukoza erit- 
masi, 10%li 10 ml natriy xlorid eritmasi, 15%li mannitol, 2 ml 
furasemid yoki 0,04 ml merkuzal va boshqa diuretiklar) o'tkazish 
sezilarli samara beradi. 
Tekshiruv tashxisiy muolajalarning o'tkazilishini, birinchi navbat- 
da, ko'rsatilishi kerak bo'lgan davolash choralarini kechiktirish kerak 
emas. Shuningdek, og'iz bo'shlig'i, halqum, traxeyadan qon, so'lakni 
aspiratsiya qilish, o'pkani sun’iy ventilatsiyasi, havo o'tkazuvchi nay- 
chani intubatsion nayga o'matish va oxiigi chora sifatida traxeos- 
tomiya qilish ko'rsatma asosida olib boriladi. 
Barcha miyaning yopiq jarohatini olgan yaradorlar gospital baza- 
87 


siga ko'chirilishlari lozim.
Miya chayqalishining yengil klinik ko'rinishi 
kuzatilgan yaradorlar YJHDG ga yuborishlari kerak. 
Miya chayqalishining og'ir klinik ko'rinishlari va miyaning lat 
yeyishi kuzatilgan yaradorlar nevrologik gospitalga ko'chiriladi. 
Kalla suyagi o‘ta og'ir singan, quloq va burundan likvoreya ku- 
zatilgan yaradorlar bosh, bo'yin va umurtqa jarohatlarini davolash 
gospitaliga yuboriladilar. 
Malakali jarrohlik yordamini ko'rsatish bosqichida kalla suyagi va 
miya jarohati olganlarni uch yo'nalishga bo‘lishadi: 
a) bog'lov yoki jarrohlik xonasiga kalla suyagi ichiga qon ketishi 
yoki ko‘p miqdorda likvoreya kuzatilgan yaradorlar, hamda miya 
qorinchasi jarohati olganlar va tashqi qon ketishi davom etayotganlar 
yuboriladi; 
b) agonal yoki predagonal holatda bo'lgan bemorlar kasalxonaga 
yuboriladi. 
Ko‘chirishdan avval ularga mushak ichiga antibiotik (kanamitsin, 
ampitsilin, seporin) qilinadi, shuningdek, ko'rsatma bo'yicha manni- 
tol, uroglyuk eritmasi, laziks va boshqa degidratatsiya qiluvchi vositalar 
qilinadi. 
Bu bosqichda, ayniqsa og'ir yaralanganlarda yomon qo‘yilgan, 
o'zgartirilishi lozim bo'lgan bog'lovlar yangilanadi. 
Malakali yordam ko'rsatish bosqichida kalla suyagi va miya jarohati 
olgan yaradorlarga jarrohlik aralashuvi muolajalari hayotiy ko'rsatma 
bo'yicha o'tkaziladi. 
Kalla suyagi ichidagi gematoma holatida jarrohlik operatsiyasi ja- 
rohat chetlarini kesib tashlab, suyak defektini trepanatsiya qilish va 
gematomani (epidural, subdural, miya ichidagi) olib tashlashga asos- 
langan. Gematomani olish bilan bir vaqtda aspiratsiya yoki rezina 
balon bilan yuvilib, parchalangan miya bo'laklari (detrit) va suyak 
bo'laklari olib tashlanadi. Qon ketishini koagulyatsiya, tomirlarni topib, 
ligatura va klipsalar qo'yib to'xtatiladi. Venoz sinuslari jarohatlarida 
paxion granulyatsiyaiardan qon ketishida mushaklarni qo'llash yaxshi 
gemostatik samara beradi (chakka sohadan). 
Jarohatdan ko‘p miqdorda serebrospinal suyuqlikning oqishi ham 
zudlik bilan operatsiya o'tkazishni talab etadi. Likvoreya holatida 
jarrohlik operatsiyasi jarohat chetlarini ehtiyotlik bilan kesib, kalla 
suyagi defektini trepanatsiya qilish, jarohat kanalidan suyak bo'laklarini 
olib 
tashlash, 
likvoreyani 
to'xtatish 
maqsadida 
yopib 
tashlovchi 
choklarni qo'yishga asoslangan. Radiatsion zararlanishda ham yopib 
tashlovchi choklar qo'yish lozim. 
Kalla suyagini teshib kiruvchi jarohatlari bo'lganlar operatsiyadan 
keyingi 3 hafta mobaynida transportirovka qilinishi mumkin emas. Boshqa 
jarohatlanganlar (90-94% barcha kalla suyagi jarohatlanganlar) gospital 
88 


bazasiga evakuatsiya qilinishlari mumkin. Boshning yumshoq fo'qimalari 
juda yengil jarohatlanganlar, hush ini yo'qotmaganlar, bosh og'rig‘iga 
shikoyati yo'qlar bundan mustasno, ularni sog'ayayotganlar jamoasida 
7-10 kun mobaynida davolashga qoidirish mumkin. 
Kalla suyagi va miya yopiq jaroliallarida maxsus yordam uchta 
gospitallarning uzviy hamkorligida tashkil etiladi, bu gospitallarda bar- 
cha jarrohlik aralashuvida muhtojlar nevrologik va YJHDG da davo 
lanadilar. 
Bosh sohasi jarohatlanganlar gospitalida birinchi navbatda davom 
etayotgan qon ketish natijasida miya kompressiyasi yuz bergan yara 
dorlar operatsiya qilinadi. Bundan tashqari rantgenologik tekshiruv- 
dan so'ng jarrohlik xonasiga navbatiga qarab kalla suyagining yopiq 
jarohati bo'lganlar yuboriladi. Ularda singan suyak fragmentlarining 
siljishi operatsiya o'tkazishga ko‘rsatma bo ladi. Trepanatsiya qilinib, 
suyak bo'laklari olingandan so'ng birlamchi kranioplastik tez qoluv- 
chi plastmassa (norakril, protakril va boshqalar) yordamida qilish 
mumkin. Kalla gumbazi va asosi suyaklari qo'zg'aimagan sinishda 
(darz ketgan) konservativ davolanadilar. Bu jarohallarda lyumbal 
punksiyada subaraxnoidal qon quyilishi kuzatiladi. Bunday paytda 
araxnoiditlar va epilepsiyani oldini olish maqsadida subaroxnoidal 
bo'shlig'iga 15—20 ml kislorod yuboriladi. Meningit asoratining ol- 
dini 
olish 
uchun 
lyumbal 
punksiyasi 
qilinayotganda 
kisloroddan 
tashqari 25000 birlik kanamitsin yoki boshqa keng ko'lamli ta’sirga 
ega bo’lgan antibiotiklar yuboriladi. Kalla suyagi va miya o'q tekkan 
jarohatlari olgan yaradorlarga maxsus tibbiy yordam bosh, bo'yin, 
umurtqa 
pog'onasidan 
yaralanganlarning 
maxsus 
gospitallarida 
ko'rsatiladi. 
Shu 
maqsadda 
umumjarrohlik 
gospitallari 
qo'shimcha 
maxsus yordam ko'rsatuvchi neyroxiruigik, ortalmologik, otoringologik, 
jag‘-yuz mutaxassis guruhlari bilan to'ldiriladi. Qabul qilingan yara 
dorlarilar tashxis qo'yish bo'limlariga yuboriladi. Jarohat xususiyat- 
larini aniqlash maqsadida rentgenologik tekshirish, lyumbal punksi- 
yasi, laborator tekshiruv o'tkazilishi va kasallik kechuvi kuzatiladi. 
Barcha boshning yumshoq to'qimalari jarohatlanganlar bog'lov xona- 
lariga yuboriladi va tashxisni aniqlash maqsadida birlamchi jarrohlik 
ishlovi o'tkaziladi va unda suyaklarning shikastlanganligi aniqlanadi. 
Agar suyak jarohatlanmagan bo‘Isa, yaradorni, agarda o'choqli va qo- 
biqli simptomlari bo‘lmasa, MHDG (Maxsus harbiy-dala jarrohligr) 
ga yuborish mumkin, kalla suyagi jarohatlanganlarni rentgenologik tek 
shiruvdan so'ng jarrohlik xonasiga yuboriladi. Yaradorlarning jarohat 
lanish muddatidan qat’iy nazar ifloslangan jarohat kanali yoki hayot 
belgiiari bo‘Imagan to‘qimalarni olib tashlashni o'z ichiga olgan bir 
vaqtda radikal birlamchi jarrohlik ishlovini o‘tkazishni taqozo etadi. 
Kalla suyagi va miya jarohatining birlamchi ishlovini o'tkazmaslikka 
8 9


kalla chanog‘i va miyaning hayotga mos kelmaydigan og‘ir jarohat- 
lari, nafas olish, yurak-qon tomir ish faoliyatining o‘ta buzilishi, koma 
yoki preagonal holatlar ko'rsatma boiadi. Yaralanganda o‘tkir me- 
ningit, pnevmoniya, ko'krak, qorin va boshqa organlarning qo'shma 
jarohatlari yoki yo‘ldosh kasalliklari bo'lganda o‘tkaziladigan jadal 
davolashdan so‘ng bemor ahvoli yaxshilangach, jarrohlik operatsiyasi 
o‘tkaziladi. 25000—50000 birlik kanamitsin qo'shilgan 0,5%li novokain 
eritmasi bilan mahalliy og‘riqsizlantirilib, jarohat chetlari kesiladi. 
Agarda kalla suyaklari butun bo‘lsa, kalla suyagi ichida gematoma 
boMishiga asos yo‘q. Shuning uchun yumshoq lo‘qimalar ishlovi 
o'tkazilib, jarohat butunlay choklar qo'yib tikiladi. 
Suyak jarohatida travmatik defekt kengaytirilib trepanatsiya qilinadi 
va miya qattiq pardasi ko'zdan kechiriladi. Mavjud epidural gematoma 
qoshiqcha yordamida olib tashlanadi, qon ivindisi suyak ostidan uzoq- 
da joylashgan bo'lsa, qayrilgan zond qoshiqcha yoki so‘rg‘ich yor- 
damida aspiratsiya qilib olinadi. 
Qobiq qon tomirlaridan (o‘rta qobiq arteriyali shoxchasidan) 
ketayotgan qonni, qon tomirni tikish bilan to'xtatiladi. 
Venoz 
sinuslaridan, 
paxion 
granulyatsiyalaridan 
qon 
ketishini 
mushak yoki aponevroz bo'lagi bilan ularni qon ketayotgan sohaga 
qisib miya qattiq pardasiga 2-3 ta choklar qo‘yib to‘xtatish mumkin. 
Shuni yodda tutish lozimki, sinuslardan qon ketishini, jarrohlik sto- 
lining bosh qismini ko'tarib sezilari kamaytirish mumkin. 
Kalla suyagi va miyaning teshib kiruvchi jarohatlarida, miya qattiq 
pardasining defekti bolganda, trepanatsiyadan so‘ng miyadagi jarohat 
kanalining ajratmasi tozalanadi. Awaliga pinset yordamida ehtiyotlik 
bilan miya qattiq pardasi defektini toMdirib turgan suyak bo'laklari 
olinadi, keyin jarohat kanali iliq izotonik natriy xlor eritmasi bilan 
yuviladi. Bunda elektr so‘rg‘ichlarni qo'llash samaradorligi yuqoridir. 
Operatsiyaning keyingi bosqichi bosh chanog'i ichki bosimining 
sun’iy ko‘tari!ishidir, bunda jarohat kanalining chuqur qismlarida 
joylashgan suyak bo‘laklari, detrit qoldiqlarini yuqoriga chiqarib olib 
tashlanadi.Bunday holatga yaradorning kuchanishi, yo‘talishi bilan yoki 
bo'yinturuq venalarini qisqa muddatli siqish yo'li bilan erishiladi. 
Miyadan yot jism boMgan metall boMaklarini chiqarib olish muam- 
mosi ham asosiy masalalardan biridir. Harbiy-dala sharoitida barcha 
yaradorlar miyasidan yot jismlami olish masalasini qo‘yish mumkin 
emas, faqatgina rentgen tekshiruvidan so’nggina, 5—6 sm chuqurlikda 
boMgan yot jismlar olinishi mumkin. Katta hajmdagi yot jismni topish 
va olib tashlash ancha yengildir. Yot jismlami olishda qayrilgan pinsetlar 
yoki tortish kuchi yuqori bo‘lgan shtift-magnitlar keng qo‘Uaniladi. 
Yot jism olingandan so‘ng miya jarohati yana bir bor antiseptik suyuqlik 
bilan yuviladi va jarohat kanaliga 2-3 daqiqaga 3% li vodorod perok- 
90 


sid eritmasi shimdirilgan shariklar qon to'xtatish uchun qo'yiladi. Shank 
olingandan so‘ng miya tebranishi sezilarli tiklanadi. Yarani butunlay 
tikib qo‘yish masalasi yaradoming ahvoliga qarab, o‘(kazilgan operativ 
muolajaning turiga qarab belgilanadi. Shubha tug'ilgan holatlarda rezi- 
nali ajratgich choklar orasida qoldiriladi. 
Kalla suyaklari, burun bo'shliqlari va quloq qo'shma jarohatlari- 
ning ishlovi o'zining ba’zi bir xususiyatlariga ega. Peshona bo‘shlig‘iga 
teshib kirmagan jarohatlarida, serebral devorining butligi saqlanganda 
bo‘shliqni suyak bo'laklaridan, qon ivindisidan tozalash, shilliq pardani 
qirib burun bilan tulashish hosil qilib, rezina naycha qoldirish va 
tashqi jarohatga chok qo'yib to‘la berkitiladi. Rezina naycha 6—8 
kuni burundan olib tashlanadi. 
Peshona bo‘shlig‘iga teshib kiruvchi jarohatda awaliga bo'shliq 
ishlanadi: uning ichidagi yot jismlar olib tashlanadi, suyak devorlar 
tekislab olinadi, bo‘shliq qoldiqlari kuchsiz dezinfeksiya qiluvchi eritma 
bilan yuviladi va doka tamponini 3%li perikis vodorod eritmasi shim- 
dirilib miya jarohati ishlanadi. Bunday yaralanishlarda chetlaridagi 
yumshoq to‘qimalar bilan suyak qoldiqlari berkitib tashlanadi, keyin 
uzoq muddatli Mikulich bog‘lami qo‘yiladi. 
Birlamchi ishlov o'tkazilgandan so‘ng profilaktik davolash maqsa- 
dida antibiotiklar qoMlash tavsiya etiladi. 
Keng ta’sir doirasiga ega bolgan antibiotiklar (kanamitsin, ole- 
andomitsin, 
seporin) 
yoki 
yarim 
sintetik 
antibiotiklar 
(oksatsilin, 
metasilin, ampitsiilin) qo'llash maqsadga muvofiqdir. Sulfadimetok- 
sin (0,5 g dan kuniga 2 marta) qoMlash tavsiya etiladi. Bunday yara- 
dorlarda ko‘pincha pnevmoniya asorati kuzatiladi. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling