Asosiy o‘quv savollari: umurtqa pog'onasi va orqa miya jarohati-
ning va yopiq shikastlanishning tasnifl, simptomi va tashxisi. Jang
maydonida birinchi tibbiy yordam. ATO
va BrTP da tibbiy yordam
mazmuni. Yaradorlarni ko‘chirishiga tayyorlashning asosiy xususiyat-
lari va uning muddati.
Maxsus jarrohlik yordamining mohiyati va uni tashkillashirish.
Bemorlarni reabilitatsiya qilish, davolash oqibatlari va prognozi (sa-
marasi).
Mashg'ulot оЧка/ish metodikasi: mashg'ulot klinikaning o'quv
sinfi, palatalarida, boglov hamda
travmatologik va neyroxirurgik, jar-
rohlik bo‘limlarida o'tkaziladi. Orqa miya va umurtqa pog‘onasi (j
a_
rohatlari) shikastlanishlari bo'yicha nazariy masalalar o‘quv sinflarida
o'rganiladi. Palatalarda talabalar tematik kasallarni (shu toifadagi)
ko‘rikdan o‘tkazishadi. Bog‘lov xonasida orqa miya va umurtqa
pog‘onasi
(jarohatlari)
shikastlari
bo'lgan
bemorlar
jarohatlarini
bog‘Iash, davolash va tashxis qo'yish muolajalari amalga oshiriladi.
Jarrohlik xonasida murabbiy talabalarga umurtqa pog'onasi
va orqa
miyada
jarrohlik
amaliyotlarini
(laminektomiya)
namoyish
qiladi.
Mashg'ulot o'tkazish uchun oldindan umurtqa pog'onasi va orqa
miyaning turli xil (jarohatlari) shikastlanishlari oqibatida yaqqol klinik
belgilarga ega bo'lgan ushbu toifadagi
tematik bemorlar tanlanadi,
namoyish qilinayotgan bemorlarning rentgenogrammalari va kasallik
tarixlari tayyorlab qo'yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: