M kariyev, R. Alimov
Amaliy mashg'ulotning ta’minoti
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashgulotning mazmuni.
Amaliy mashg'ulotning ta’minoti. Jadvallar: «Orqa miya va umurtqa
pog'onasining yopiq shikastlanishlari», «Orqa miya va umurtqa pog'onasining yopiq shikastlanishlarini davolash», «Orqa miya va umurtqa pog'onasiga o'qotar quroltari bilan yetkazilgan jarohatlar sxemasi», «Orqa miya va umurtqa pog'onasining shikastlanishida ken- gaytirilgan tashxis sxemasi», «Laminektomiya texnikasi». Orqa miya shikastlanishlari belgilarini aniqlash uchun zarur bo'lgan jihozlar: ig- nalar, bolg'achalar, orqa miya funksiyasiga mo'ljallangan ignalar to'plami. Bog'lash va jarrohlik klinikalarining ta’minoti. Mashg'ulotning mazmuni. Oddiy quroliar bilan jangovar harakat- larni olib borganda umurtqa pog'onasining yopiq shikastlanishlari kam uchraydi, urushda yalpi qirg'in qurollarining ishlatilishi yopiq shi- kastlanishlar sonining ko'payishiga olib kelishi mumkin. Xususan, 1945-yil Xirosima va Nagasakida atom bombalari portlatilganda in- son umurtqa pog'onasining mexanik shikastlanishlari taxminan 7 %ni tashkil qilgan. Orqa miya va umurtqa pog'onasining yopiq shikastlanishi. I. Tasnifl. Hamma orqa miya va umurtqa pog'onasining yopiq shikastlanishi (travmasi) 3 ta asosiy guruhga bo'linadi: 95 1. Umurtqa pog'onasining asoratsiz shikastlanishi (orqa miya ja- rohatisiz umurtqaning chiqishi va sinishi). 2. Chiqishlar, chiqib-sinishlar va sinishlar orqa miya jarohati bi- Ian. 3. Orqa miyaning yaqqol suyak o'zgarishsiz shikastlanishi. Orqa miyaning yopiq shikasti suyak shikastlanishlarisiz bo'lishi mumkin va n quyidagi ko'rinishda namoyon bo'ladi: a) orqa miya chayqalishi; b) lal yeyishi; d) gemaloma bilan bosilishi; e) miya qobig'iga qon quyilishi. Umurtqa pog‘onasi sinishining joylashishi bo'yicha: bo‘yin, bel, dumg'aza bo'limi farqlanadi. Ko'rinishi bo'yicha nmurtqalarning sinishi farqlanadi: chiziqli (li- neyniy), kompression bo'laklangan holatda. Umurtqa tanasining (aralashuvi) siljishiga qarab bo'linadi: chi- qishlar, chala chiqish va sinib-chiqishlar. Bundan tashqari umurtqa pog'onasining aralash shikastlanishi bo'lishi mumkin: umurtqa shikastlanishi va BMSh, umurtqa pog'onasi shikastlanishi va ko'krak yoki qorin bo'shlig'i; umurtqa pog'onasi shikastlanishi va chanoq suyagi yoki qo'l-oyoqning sinishi. H.Tashxis va simptomi. Orqa miyaning yopiq shikastlanishi simpto- mi segmentar buzilishi, o'tkazuvchanlik buzilishlari va ildizdagi o'zgarishlari tarzida namoyon bo'ladi. Segmentar buzilishlar: orqa miya jarohati darajasida o'rab olu- vchi yoki o'tuvchi ildiz shikastlanishidan kelib chiquvchi og'riqlar (kauzalgin). Segmentar buzilishlar orqa miyaning kulrang moddasi shikastlanishi natijasida yuzaga keladi: harakatlantiruvchi, sezuvchi, qo'shma (assotsiativ) hnjayra shu bilan birga miyachaning propri- oretseptor hujayralari, simpatik va parasimpatik miya markazlari (seg- mentar apparat). O'tkazuvchanlik buzilishlari o'tkazuvchan apparat miyaning oq moddasi shikastlanishi natijasida yuzaga keladi, miyaning oq modda- si qismlarini oldingi ustun, orqa ustun, yon ustunlarini ko'tariluvchi va pastga tushiruvchi qismlari bilan birga shikastlanishi segmentar shikastlanishdan farq qilib diflfuz xarakterga ega. Segmentar buzilish singari funksional va organik bo'lishi mumkin. Shikastlanish darajas- iga qarab orqa miyaning turli simptontokomleks lat yeyishlari vu- judga keladi. Yuqori bo'yin qismlari (S^SJ uning shikastlanishida paralich va diafragma ta'sirlanishi(nafas qisishi, hiqichoq tutishi), qo'l va oyoq- larning spastik paralichi, markaziy tipdagi siyishning buzilishi (to'xtab qolishi, siydik ushlolmaslik), shuningdek to'g'ri ichak va uning sfink- terlari funksiyasining buzilishi va h.k. 9 6 Bo‘yin kengayishi (S5-D1) qo'llarning paralichi, oyoqlarning spas- tik paralichi, sezuvchanlikning barcha ko'rinishlarini yo‘qotish, siyish jarayonining buzilishi, shuningdek, to'g'ri ichak sfinkteri funksiyasin- ing buzilishi, ich qotishi. Qo'llarga tarqaluvchi ildiz shikastlanishidan kelib chiquvchi og'riqlar. Ba’zan Gorner sindromi ham bunga qo‘shiladi (qorachiqning torayishi, ko'z yorig'ining kamayishi, ko‘z soqqasining tushishi). Ko'krak qismi (D3—D12) qo‘llar shikastlanmagan: Oyoqlarning spastik paraplegiyasi kuzatiladi, siyish va defekatsiya buzilishlari yuz beradi, tananing pastki qismida sezuvchanlikning barcha ko'rinishlari yo‘qoladi. Ildiz shikastlanishidan kelib chiquvchi og'riqlar o'rab olu- vchi xarakterga ega. Bel qismining kengayishi, oyoqlarning periferik paralichi kuza- tiladi, oyoqlarning orasida sezuvchanlikning bo'lmasligi chanoq qis- mining xuddi shunday buzilishlari, to‘g‘ri ichak sfinktrining parali- chi, najas tutmaslik holatlari ro'y berishi mumkin. Conus medullaris (S3-S5) paralichlar bo‘lmaydi, oyoqlarning orasi- da sezuvchanlik yo'qoladi. To'g'ri ichak sfinkter faoliyatining buzili- shi axlatning tutib turmasligi bilan ifodalanadi. Otning dumi (cauda equina) uning shikastlanishi LI —S2 va Conus medullaris sohasining jarohatlanishi bilan juda o‘xshash simptom kom- pleksini beradi. Oyoqdagi periferik falajlik siydik tutilishi yoki siy- dikni tutib turolmaslik, oyoqlarda va oraliq sohasida sezgirlikning yo‘qolishi bo'Iadi. Qattiq shokli og'riqlar oyoqda, qisman va noto'liq shikastlanishlarda simptomlarning assimmetriyasi xarakterlidir. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling