M kariyev, R. Alimov
Tibbiy evakuatsiya bosqichida tibbiy yordam
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
Tibbiy evakuatsiya bosqichida tibbiy yordam. 1. Birinchi tibbiy
yordam — shikastlanganlar jarohatidan ehtiyotkorlik bilan bemorni shitga yotqizishdan iborat. Orqa miya va umurtqa pog‘onasi shikastlangan- ligini sanitar quyidagi ikkita belgilarga asoslanadi (tashxis qo‘yish) - oyoqlarning falaji va umurtqa pog'onasi sohasidagi og‘riq. Shuningdek, shikastlanganlar «harakatsizlangan» nomli alohida toifaga kiritilishi kerak. Ularni jang maydonidan ikkita sanitar olib chiqib ketadi, ulardan biri shikastlanganni ko‘krak qafasidan ushlab, ikkinchisi chanoq sohasidan ushlaydi. Shikastlangan odamni olib chiqilganda yuzi yerga qaragan holatda boladi. So‘ngra uni ehtiyotkorlik biian zambilga yotqiziladi, qorni bilan yelka va boshining ostiga o‘ralgan shinel qo‘yiladi. Shi- kastlanganlar yotgan holatda transportirovkasi shitli zambilda amalga oshiriladi. Umurtqa pog'onasi bo'yin qismining jarohatlarida shikasl- langan bemorni orqaga yotqizib, bo'yni va yelkalari ostiga o ralgan kiyim qo‘yiladi. Transportirovka uchun tajribadan o‘tgan vositalami qo'IIash mumkin (chana, chang'i vositalari) yoki old qismli mototrans- portyor. Oldindan shpris — tyubikdan og‘riqsizlantiruvchi vosita bilan bemorga inyeksiya qilinadi. 2. Vrachgacha tibbiy yordam. Birinchi navbatda shikastlanganlar- ni ehtiyot qiluvchi transportirovkada umurtqa pog‘onasini immobili- zatsiya qilish. Umurtqa pog'onasining bo‘yin bolimi shikastlanganda bosh va yelka kamarini bo‘yinga paxta qo'shib yumshoq bog‘lash va narvonsimon shinalar bilan immobilizatsiya qilish kerak. I- guruh travmatik belgilari kam ko'rinarli shikastlanganlar. Awal 98 shokka qarshi palatada davolanadilar. Bemorlarni shokdan chiqar- gandan so‘ng davolash taktikasi belgilanadi. 2- guruh orqa miya gematoma yoki suyak bo'Iaklari bilan bosil- ganda belgilar yaqqol namoyon bo‘lganda, bu klinik-rentgenologik tekshiruvda tasdiqlanadi. Bemorlarni operativ davolash kerak, bularda: laminektomiya, gematoma va suyak bo'laklarini olib tashlanadi. 3- guruh umurtqa pog'onasining chiqishi va ogMr sinishlar, orqa miya butunligining buzilishi, shuningdek chayqalish va Jat yeyish bilan shikastlangan bemorlar. Klinik-rentgenologik tekshiruvlar va umumiy ahvoli barqarorlashuvi uchun zarur bo‘lgan qisqa vaqtli gospitalizatsiyadan so‘ng, bemorlarning davolanishi uchun mamlakatning ichkarisidagi gospitallarga ko'chiriladi. Turg‘un siydik ushlanib qolganda qo‘yilib tushiriladigan Monro sistemasi qo‘llaniladi yoki quymich usti svishi qo'yiladi (teshigi ochiladi). Umurtqa pog‘onasi va orqa miya jarohatlanishi. Ikkinchi jahon urushi paytida o'qotar qurollardan 1—4% atrofida umurtqa pog‘onasi jarohatlangan bemorlar kuzatilgan. Amerikaliklarning ma’lumoti bo'yicha Vyetnamda jangovar harakatlar paytida umurtqa pog‘onasi jarohatlanganlar 4,6%dan oshmagan. I. Tasnifi. Umurtqa pog‘onasi va orqa miya jarohatlari 6 guruhga bo'linadi: 1) teshib o'tuvchi jarohatlar; 2) ko‘r, chuqur kirib boruvchi jarohatlar; 3) tegib o‘tuvchi jarohatlar; 4) ko‘r, chuqur kirib bormay- digan jarohatlar; 5) paravertebral jarohatlar; 6) umurtqa va boshqa anato- mik oblastlaming (bosh, chanoq, ko'krak, qorin va b. jarohatlari. II. Simptomlar va tashxis. Umurtqa pog'onasi va orqa miya ja- rohatlarining tashxisi mahalliy belgilar kompleksi va segmentar hamda orqa miyaning o'tkazuvchi faoliyatining buzilish simptomkompleksiga asoslangan. Umurtqa pog‘onasi va orqa miyaning o‘tuvchi jarohatlarining ma- halliy (mutlaq) belgilariga umurtqa pog‘onasining u yoki bu sohasida jarohatning bo‘lishi, jarohatdan orqa miya suyuqligining (likvor) va miya detritining oqib tushishi kiradi. 0‘tuvchi jarohatlarda kiruvchi va chiquvchi teshiklarni solishtirish tashxis qo‘yishga katta yordam beradi, bunda jarohat kanalining uzunligi va yo‘nalishi haqida mulo- haza qilish mumkin. Orqa miyaning segmentar va o'tuvchi buzilishlari falajlar, turli xil ko'rinishdagi sezgirlikning yo‘qo!ishi bilan namoyon bo‘ladi. Orqa miyaning shikastlanishi oyoqlar faoliyatining buzilishini keltirib chiqara- di yoki (juda qattiq shikastlanganda) shikastlangan joydan pastda sez- girlikning barcha turlari yo'qoladi, bir vaqtning o‘zida chanoq suyagi a’zolari faoliyati buziladi (siyish, defekatsiya). Shikastlangan segment- larga mos ravishda shikastlanish o‘chog‘idan pastga o‘tuvchi segmen- 99 far buzilishlar yuzaga keladi. Orqa miyaning shikastlanish simptom- kompleksi uni shikastlanish darajasiga bog'liq bo‘lib, 1-mashg‘ulotda bayon qilingan. Orqa miya jarohati og‘irligi orqa miyaning shikastlanish darajasi bilan belgilanadi. Orqa miya va umurtqa pog'onasining o'qotar qurollar bilan jaro- hatlanishining klinik kechishi 4 davrdan iborat. A. O'tkir davr. Jarohatlanishdan keyingi 2-3 sutka. Anatomik buzilish yoki spinal shok oqibatida orqa miya to‘liq o‘tkazuvchanlik buzilishi sindromi bilan ifodalanadi. B. Erta davr. Jarohatlanishdan 2-3 hafta o'tgach, turg'un nev- rologik buzilishlar bilan xarakterlanadi. Orqa miya shikastlanish dara- jasini spinal shok va qon likvor aylanishi buzilishi sababli aniqlab bo‘lmaydi. 3-4 hafta o'tgach, sezgirlik buzilishining yuqori darajasi pasaya boshlaydi. Infeksion asoratlar kelib chiqadi: meningit, uroinfeksiya (sistit, piyelif, urosepsis), troflk buzilishlar. D. Oraliq davr. Jarohatdan so'nggi 2-3 oy. Jarohat tozalanishi jarayonlari tugaydi. Produktiv va araxnoidit kistalar shakllanadi. Shuningdek, epidural kletchatka paximeningit va qon quyilishidan keyingi chandiqlar rivojlanadi. Bu davr boshlanishida spinal shok belgilari barham topadi, 3—4-hafta oxirida miya modda shikastla- nishining haqiqiy o'ichamlarini va xarakterini aniqlash mumkin. Ja- rohat jarayoni ijobiy kechganda yaradorning umumiy ahvoli yaxshi- lanadi. Salbiy sharoitlarda infeksion asoratlar va troflk buzilishlar ja- rohat kaxeksiyasi bilan tugallanadi. Jarohat osteomiyeliti yuzaga ke- lishi mumkin. E. Kechki davr. Jarohat olgandan 3-4 oy o'tgach boshlanib, 2—3 yil va undan ko'proq vaqt davom etadi. Miyelit va quyilgan qon parchalarining mahsuiotlari so'riladi. Orqa miya jarohati yopilib, miya chandig‘i va bo'shliqlar shakllanadi. Jarayon ijobiy kechganda orqa miya funksiyasi sekin va progressiv ravishda tiklanadi. Jarohatdan pastki bo'limda orqa miya avtomatizmi tiklanadi. Ba’zan travma oqibatida asoratlari chandiqli jarayonlar rivojlanishi mumkin. HI. Tibbiy ko'chirish bosqichida yordam ko'rsatish. 1. Birinchi tibbiy yordam. Jarohatga aseptik bog'lam qo'yiladi. Antibiotiklar ichish tavsiya etiladi. Qolgan tadbirlar 1-mashg‘ulotda ko'rsatilganidek amalga oshiriladi. 2. Vrachgacha bo'lgan yordam. 1-mashg‘ulotga qarang. Qo'shimcha ravishda qo‘yi!gan boglamlarni to‘g‘rilash. Tibbiy saralashda yaradorlar 4 guruhga ajratiladi. 1- guruh — ahvoli qoniqarli holatda bo'lgan yaradorlar. Ko‘rikdan so‘ng jabrlanuvchining umurtqa pog'onasini immobilizatsiya qilish va siydik pufagini kateterizatsiya qilish maqsadida zambilga yotqiziladi. 100 Umurtqa pog'onasining bo'yin qismi shikastlanganda boshni im- mobilizatsiya qilishning o'ziga xosligi: shikastlangan boshining holati o'zgartirilmaydi. Bo'yin qismi shikastlanganda umurtqalarning siljish xavfi bo'lganda kuchli yozilish momentidan xoli qilish kerak. Shikastlanganlarni transportirovka qilish uchun immobilizatsiya- lovchi vakuumli zambillar, keng doskali qattiq taglikli zambillar, chanalardan foydalaniladi. Ko‘rsatma bo'yicha yurak glikozidlari, og'riqsizlantiruvchilar kiritiladi. Yilning sovuq vaqtida shikastlangan- larni isitish, o‘rash darkor. 3. Birinchi shifokorlik yordami— (BrTP) Tibbiy saralash paytida 3 guruhga ajratish maqsadga muvofiq: 1- guruh — orqa miyaning shikastlanish belgilarisiz umurtqa pog'onasining shikastlanishi. Tibbiy yordam saralash maydonchasida beriladi. Transportli immobilizatsiya (qattiq narsa bilan yopilgan zam- billar), ularni isitish va ovqatlanish kabilar o'tkaziladi. Og'riqsizlantiruvchi vositalar — ko'rsatmalar bo'yicha qilinadi. ATO- ga ikkinchi navbatda ko'chiriladi. 2- guruh — orqa miyaning shikastlanish belgilari bilan umurtqa pog'onasining shok belgilarisiz shikastlanishi. Siydik pufagini tekshirish kerak. Siydik tutilganda kateter bilan chiqarish kerak. Boshqa chora- tadbirlar yuqoridagiga o'xshash. ATOga ko'chirish birinchi navbatda. 3- guruh - orqa miya hamda umurtqa pog'onasining shok belgi- lari bilan shikastlanishi. Shu guruhga markazga bog'liq bo'lgan nafas faoliyati buzilgan shikastlanganlarni kiritish mumkin. Yaradorlarni shokka qarshi chora-tadbirlarni o'tkazish uchun bog'lov xonasiga yuboriladi. Nafas olish buzilganda traxeastoma qo'yiladi. Birinchi navbatda ATOga ko'chiriladi. Bironta ham shikastlangan BrTPdan siydik pufagi bo'shatilmagunga qadar ko'chirilmasligi kerak. 4. Ixtisoslashgan tibbiy yordam (ATO). Saralash.Shikastlanganlarni ikki guruhga ajratiladi. 1- guruh hayotiy ko'rsatmalar bo'yicha ATOda ixtisoslashgan jar- rohlik yordamiga muhtojlar (travmatik shok, nafasning buzilishi va h.k.). Ularni shok va nafas yetishmovchiligini davolash uchun shok- ka qarshi bemorxonaga yuboriladi. 2- guruh qolgan shikastlanganlar og'riqsizlantiruvchi vositalarni yuborgandan keyin hamda siydik pufagini tekshirgandan so'ng HDG- ning neyroxirurgik ixtisosiga evakuatsiya qilinadi. Uzoq evakuatsiya- da vaqti-vaqti bilan siydik pufagi kateterizatsiya qilinadi. Shikastlanganlarni ATOdan evakuatsiya qilish iloji boricha havo transporti orqali amalga oshiriladi. 5. Maxsus tibbiy yordam - HDG ning neyroxirurgik ixtisosdagi GBF. Tibbiy saralash paytida shikastlanganlarni 4 guruhga ajratiladi: 1-guruh antibiotiklar, og'riq qoldiruvchi vositalar va stolbnyak ana- toksini yuboriladi. ATO ga yoki maxsus gospitallarga ko'chiriladi. 101 2- guruh shok belgiiari bo'lgan yaradorlar. Boglov xonasiga shok- ka qarshi choralar ko‘rish maqsadida yuboriladi. 3- guruh hayotiy ko‘rsatkichlariga ko'ra tezkor operativ yondoshuvga muhtoj yaradorlar. ATOga birinchi navbatda bo‘yin sohasi travmasi oqibatida nafas olish sistemasi buzilgan yaradorlar jo‘natiladi. 4- guruh ko'chirilmaydigan predagonal va agonal holatdagi yara- dorlar. Ular BrTPda simptomatik davolash uchun qoladi. BrTPda yaradorlarga antibiotiklar, stolbnyak zardobi yuborilib, siy- dik pufagi holati kuzatib turiladi. Yaradorlarni albatta transport im- mobilizatsiyasi qilish, isitish va ovqatlantirish zarur. Maxsus tibbiy yordam hajmiga quyidagilar kiradi: 1) yaradorlarni to‘liq rentgenologik tekshiruvdan o'tkazish; 2) likvorodinamik sinamalari o‘tkazish; 3) jarohatga birlamchi xirurgik ishlov berish; 4) iloji boricha ertaroq orqa miya kompressiyasini bartaraf qilish; 5) infeksion asoratlar profilaktikasi. Agar laminektomiya jarohat sohasida bajarilsa, qirqish jarayoni birlamchi xirurgik ishlov qoidalari bo‘yicha bajariladi. Jarohatning kirish teshigi umurtqadan chetda joylashganida dastlab umumiy qoidalarga asoslangan holda birlamchi xirurgik ishlov beriladi. Ko'rsatiigan hollarda laminektomiya umurtqalar qirralari chizig'i bo‘ylab kesish orqali bajariladi. Agarda miya qattiq pardasi butun bo‘lsa, uni subdural gematoma va orqa miya bosilganligi belgiiari bo'lgan chiziq bo‘ylab ochiladi. Asta-sekinlik bilan erkin suyak boMaklari va detrit ivitmalari olib tashlanadi. Iloji boMmaganda esa qattiq miya pardasi defekti fibrin klyonka yoki fastsin bo'laklari bilan yopiladi. Operatsion jarohatni qavatma-qavat antibiotiklar bilan infiltratsiyalanadi va choklar orasi- da bir-ikki chiqaruvchi rezinalar qo'yilib, zich qilib tiqiladi. Operatsiyadan keyingi bosqichda jarohat infeksiyasi oldini olish uchun chora-tadbirlar o‘tkaziladi (antibiotiklar), yotoq yaralar doimiy nazorat qilinadi va yurak-qon tomir sistemasini qo'llovchi dori vosi- tafari beriladi. Uzoq vaqt davom etuvchi siydik ajralishining buzili- shida Monro sistemasi qo'llaniladi. Yaradorlarda yotoq yarasining oldini olish uchun doira o'ramlaridagi botmaydigan yostiqchalar qo‘yiladi. Bir kunda bir necha marta yaradorni yonga, orqaga, qo- ringa yotqiziladi va har bir holatni almashtirganda yotoq yarasi bi- lan shikastlangan teri sohalari yaxshilab tozalovchi vositalar bilan artib turiladi. Yotoq o'rni quruq bo‘Iishi kerak. Ichakni bo‘shatish uchun yogMi va moyli huqna (klizma) qilinadi, ba'zi vaqtda to‘g‘ri ichakdan mexanik tarzda axlat olib tashlanadi. Bevosita axlat chi- qib ketishi hollarida oraliq va dumba sohasining tozaligi nazorat qilib turiladi. 102 Orqa miya shikastlanishidan so‘ng bemor taqdiri ko‘pincha siydik qopini parvarish qilish va siydik ajrashishining buzilishini davolashga bog‘liq bo‘ladi. Siydik qopining reflektor faoliyatini tiklash uchun bir qancha usullar ishlab chiqilgan. Eng samarali usullardan bin intra- vezikal elektrik stimulyatsiyadir. Bemorning ovqatlanishi ham katta ahamiyatga ega. Anemiya va gipoproteinomiyani qon va oqsil preparatlari transfuziyasi bilan davo- lanadi. Umurtqa pog'onasi va orqa miyaning o'qotar qurollari bilan ja- rohatlanishi og‘ir iz qoldiradi. Bemorlar nogironligi orqa miyaning qisman shikastlanishida ham yuzaga kelishi mumkin. Orqa miyaning to‘liq faoliyati buzilishi natijasida o‘lim ko'rsatkichi 80% (M.N.Axutin, 1942) ni tashkil etadi. Agar tirik qolgan bemor ruhiy muvozanat holatida bo‘lib, aravachada harakat qilsa va siydik pufagi avtomatik tarzda bo'shalib tursa, natija yaxshi hisoblanadi (E.Pastor, 1985). Mashg‘ulot mavzusiga binoan talaba bajarishi lozim bo'lgan amaliy ko‘nikmalar. 1. Siydik qopini kateterizatsiya qila olishlari lozim. 2. Yaradorlarni BrTP ga ko'chirishga tayyorlashda jarohatlangan umurtqani transport immobilizatsiya qilishni bilishlari lozim. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling