M kariyev, R. Alimov


VII bob. KO‘KRAK JAROHATLARI (SHIKASTLARI)


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

VII bob. KO‘KRAK JAROHATLARI (SHIKASTLARI) 
Ko‘krak yopiq shikastlarining uchrashi 
Agar jangovar harakatlarda qurollarning oddiy turlari qo'llansa, 
ko'krak yopiq jarohatlari nisbatan kam uchraydi. Asosan portlashlar 
natijasida yadroviy qurol qo'llnnishi sharoitida shunday shikastlar soni 
keskin ko'payadi. 
Tasnif. Ko'krak yopiq shikastlari 4 guruhga bo'linadi. I. Ko'krak 
yumshoq lo'qimalarining lat yeyishi — shikastning eng yengil turi — 
ko'krakning suyak skeleti va ichki a’zolari shikastlanmagan. 
2. Ko'krakning suyak skeleti shikastlansa, ichki a’zolari shikast- 
lanmagan. Jarohatlanish og'irligi suyaklar shikastlanishining xarakteri 
va hajmiga bog'liq. Masalan bitta yoki ikkita qovurg'aning sinishi 
hech 
qachon 
gemodinamik 
buzilishiga 
olib 
kelmaydi, 
biroq 
qovurg'alarning ko'plab sinishlari esa o'pka ventilyatsiyasining og'ir 
yetishmovchiligiga olib keladi. 
3. Suyak skeleti shikastlanmasdan ichki organlar shikastlangan. 
Jarohat og'irligi ichki organlar shikastining turi va xarakteriga bog'liq 
(yurak, o'pka). 
4. Ham suyak skeleti, ham ichki organlar shikastlanishi, ge’ma- 
toraks, pnevmatoraks, jarohat og'irligi keng ko'lanida, shikastning 
yengil 
turidan 
nihoyat 
og'ir darajasigacha hattoki o‘lim bilan 
chegaradosh 
holatlargacha 
bo'lgan 
darajada 
uchraydi. 
Masalan, 
qovurg'alarning ko'plab sinishi va o'pkaning ildiz qismidan uzilishi. 
Birinchi tibbiy yoki birinchi shifokor yordam hajmidagi choralar 
jabrlanuvchining 
ahvoli 
anchagina 
yaxshilanib, 
uning 
bezarar 
ko'chirilishini ta’minlab berishi mumkin. 
Ko'krakning turli xil shikastlanishlari 
Qovurg'alar sinishi yolg'iz bitta yoki ko'plab bo'lishi mumkin. 
O'z navbatida qovurg'alarning ko'plab sinishi bir chiziq bo'yicha va 
ikki chiziq bo'yicha («darcha» shaklida) tasawur etiladi. Belgilari nafas 
olganda o'tkir mahalliy og'riq, yo'tal va tana harakatlarida og'riq 
kuchayadi, 
paypaslaganda 
ham 
mahalliy 
og'riq 
aniqlanadi. 
Qovurg'a(lar) sinishining so'zsiz (mutlaq) belgilari: I. Suyak siniqla- 
rining g'ichirlashi. 2. Teriosti emfizemasi (qovurg'a qirralari o'pka 
to'qimasini shikastlaganda). 3. Qon tuflash (tupurish). 
Jabrlanuvchining tanasini shikastlangan tomoniga egib turish holati 
va shu tomonda ko'krak qafasining nafas harakati cheklanishi xarak- 
terlidir. Avrim qovuig'alar sinishlarida teri osti emfizemasi kam uchraydi. 
106 


Ko'krak qafasining shakli o'zgarishi (deformatsiyasi) qovug‘alarning 
ko'plab sinishidan dalolat beradi, bunday holatlar ko'pincha teriosti 
emfizemasi, pnevmatoraks va gematoraks bilan kuzatiladi. 
To‘sh suyagi sinishlari alohida o'zi kuzatilishi mumkin, biroq 
ko'pincha qovurg'alarning ko'plab, hattoki ikki tomontama sinishi bi- 
lan uchraydi. To'sh suyagining singan joyida shish va deformatsiya 
aniqlanadi. Ko'krak oralig'i organlari shikastlamasa-da, to'sh suyagi- 
ning sinishlarida ko'krak oralig'i old qismi kletchatkasiga qon quyilishi 
kuzatiladi. Shikastlanish kuchi katta bo'lib, bemorda entikish, sianoz, 
ko'pik aralash qon ajratmali yo'tal, arterial qon bosimining pasayishi 
va puls tezlashgani kuzatilsa, o'pka yoki ko'krak oralig'i oiganlari ja- 
rohatlanishi va ichki qon ketishi to'g'risida o'ylash mumkin. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling