M kariyev, R. Alimov
Pnevmatoraksda plevra bo‘shlig‘ini punksiya qilish texnikasi
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Perikardni punksiya qilish texnikasi.
Pnevmatoraksda plevra bo‘shlig‘ini punksiya qilish texnikasi.
Muolajaning dastlabki bosqichlari (1,2) awalgi muolajaga o‘xshash. 3. Yumshoq to‘qimalar va plevra o‘mrov o‘rta chizig'i bo'ylab 2 yoki 3-qovurg‘a oralig'ida, o‘tirgan holatda, 6—7-qovurg‘a oralig'ini sog‘ tomonga yonboshlatib anesteziya qilinadi. 4. Ignadagi rezina naychani qisqich bilan qisib 2-yoki 3-qovurg‘aning ustki qirrasi bo'ylab punksiya qilinadi. 5. Rezina nayning bo‘sh uchiga 100, 150 ml hajmli Jane shprisi qo'shiladi, qisqich olinadi va havo tortilgach, qisqich yana qo'yiladi. 6. Mana shunday havo tortish muolajasi bir necha marta takrorlanadi. 7. Ignani olib tashlashdan awal plevra bo‘shlig‘iga antibiotik yuboriladi. 8. Punksiya o'rniga yod, kleol surtiladi, aseptik bog'lam. 9. Dinamikada bemomi kuzatish lozim. Zarur bo'lganda punksiya takroriy bajariladi. Perikardni punksiya qilish texnikasi. 1. Yarador yarim o'tirgan holatda. 2. Larrey usuli bo'yicha punksiya nuqtasi chap qovurg'a yoyi va xanjarsimon o'simtaning tutashgan joyida shu nuqtada yum- shoq to'qimalar qavatma-qavat novokain yordamida qilinadi. 3. Shprits bilan qo'shilgan uzun yo'g'on igna yordamida anesteziya qil- inadi. 4. Sagittal tekislikda igna pastdan yuqoriga 45 gradus burchak ostida va biroz chapga qaragan yo'nalishda yuboriladi. 2—3 sm chu- qurlikda igna taranglashgan perikardga yetib boradi. Igna uchi peri- kardni teshib yurak qorinchasiga yetib borganda uni biroz orqaga tortish lozim. 5. Oz miqdorda ham (30, 50 ml) perikard bo'shlig'idan qon olinsa, yaradorning ahvoli ancha yaxshilanadi. 6 Igna olingach, punksiya, o'rniga yod surtib aseptik bog*lam qo'yish kerak. Agar igna o'rnida ingichka naycha (kateter) qoldiritsa mazkur muolajaning qi- ymati yanada ham oshadi. IV. Malakali tibbiy yordam (ATO). Tibbiy saralash vaqtida yara- dorlarni 4 guruhga ajratish maqsadga muvofiqdir. 1- guruh — hayotiy ko'rsatmalar bo'yicha jarrohlik yordamiga muhtoj bo'lgan ko'krak jarohatlari; yaradorlar og‘ir jarohatlar uchun mo'ljallangan bog'lov xonasiga yoki operatsiya xonasiga yuboriladilar. Shu toifaga yurak jarohatlari, davom etuvchi plevra ichki qon ketish- lari, katta ochiq pnevmatoraksi, tashqi yoki ichki klapanli pnevma- toraksi yoki ko‘krak-qorin qo'shma jarohati bo'lgan yaradorlar kiradi. 2- guruh — operativ davolashni talab qilmagan og'ir plevrapulmo- nal shoki va og‘ir o'tkir anemiya holatidagi yaradorlar shokini davo- lash chodiriga yuboriladi. 3- guruh — hayotiy ko'rsatmalar bo'yicha malakali jarrohlik yor- 117 damiga muhtoj bo'lmagan o'rta og'irlik darajasidagi yaradorlar. Qisqa vaqtli tayyorgarlikdan keyin ularni front ortidagi ixtisoslashgan gosp- itallarga yuborish kerak. 4- guruh - yumshoq to'qimalari uncha ko‘p jarohatlanmagan, ko'krak teshib kirmagan jarohatlari bo'lgan yengil yaradorlar. ATOning tuzaluvchilar guruhiga yoki yengil yaradorlar gospitaliga yuboriladilar. Hozirgi vaqtda o‘q tekkan ko'krak jarohatlarida aktiv jarrohlik da- volash usullari (torakotomiya)ga bo'lgan ko'rsatmalar anchagina chek- langan. Faqatgina ko'krak drenaji samarasizligiga ishonch hosil qil- ganda bajarilishi mumkin. Gematoraksda kech muddatlanda qon quyulib qolganda ham operatsiya ko'rsatilgan. Qizilo'ngachning shikasti ham openatsiya bo'lishga ko'rsatma bo'la oladi. Davom etuvchi ichki qon ketishlar va boshqa yuqorida ko'rsatilgan asoratlari bo'lmagan o'q tekkan ko'krak jarohatlarida aktiv jarrohlik harakatlar maqsadga muvofiq emas. Bular qatoriga uncha katta bo'lmagan ko'krak devori shikastlari, kichik pnevmotoraks, nafas faoliyati buzilmagan va umumiy ahvoli nisbatan qoniqarli bo'lgan yaradorlar kiradi. Ularga nisbatan konservativ jar- rohlik yo'nalishi bo'lishi kerak. Ko'krak devoriga birlamchi jarrohlik ishlovi berilgandan keyin ko'krak bo'shlig'iga naycha (drenaj) qo'yiladi. Maxsus idishlar yordamida Pertes-Subbotin usuli bo'yicha plevra bo'shlig'ini drenaj qilib sekin-asta havo yoki suyuqlikni tortib olish o'pkani rostlanib, nafas faoliyatiga qaytishiga olib keladi. Plevra bo'shlig'iga naycha (drenaj) qo'yilishidan boshlab yarador og'riqni qoldiruvchi vositalar, antibiotiklar olishi shart va nafas gimnastikasi bilan shug'ullanishi kerak, ikkilamchi asoratlaming oldini olish maqsa- dida shifokor nazoratida bo'lishi kerak. Har 12 soatda rentgen tek- shiruvlari yordamida drenaj nazorat qilinadi. Uchinchi sutkada yana bir bor drenajning o'tkazuvchanligini tekshirib, o'pka nafas olayotgan- iga ishonch hosil qilib, drenajni olib tashlash mumkin. Agar yaradomi nazorat qilish jarayonida u qaytalagan gematoraks qayd etilsa yoki doimiy ravishda havo kirayotgan bo'lsa, torakotomiya qilib jarrohlik yo'li bilan patologik chokni bartaraf etish shart. Torakotomiyada eng katta xavf tug'diradigan omil bu infeksiyadir. Oldini olish uchun yot jismlarni olib tashlash kerak, plevra bo'shlig'i antiseptiklar bilan yuvi- ladi, antibakterial terapiya o'tkaziladi va uchinchi sutkadan kechiktir- masdan drenaj olib tashlanadi. Urush davridagi yurak jarohatlarida operativ kirish yo'li oddiy bo'lib, snaryad parchalarini olib tashlash, gemoperikardni bartaraf etish va yurak chokini qo'yishga imkoniyat yaratish kerak. Chap tomonlama yon torakotomiyasi u qovurg'a oralig'ida to'sh suyagi yonida tog'ay qismlarini kesish bilan bajarilsa standart deb hisoblanadi. 118 Torakoabdominal jarohatlarni jarrohlik bilan davolash qiyin vazi- fadir. Operatsiyani yuqori o‘rta loparotomiyadan boshlagan ma’qul. Ushbu kirish yo‘li quyidagi imkoniyatlarni beradi: I) shikastlariga baho berib, qorin bo'shlig'i organlarida operatsiyani bajarish; 2) dia- fragma gumbazi jarohatiga va ko‘krak organlarning jarohatlariga baho berish; 3) diafragmaga chok qo'yish. Olingan ma’Iumotiarga qarab yoki ko'krak bo‘shlig‘iga drenaj qo‘yiladi yoki torakotomiya qilib, ko'krak bo'shlig'i organlarida operatsiya bajariladi. V. Ixtisoslashgan tibbiy yordam. Ko‘krak jarohatlarida gospitaln- ing torakal bo'limida ko'rsatiladi. Yaradorlar klinik va rentgenologik tekshiruvlardan o‘tadi, o‘q tekkan ko'krak jarohatlari va ulaming asoratlarida to'liq hajmdagi jarrohlik amaliyotlari va konservativ da- volash usullari bajariladi. Ixtisoslashgan gospitalda operativ amaliyotlarga quyidagilar ko‘rsatma bo‘la oladi: 1. Quyilib qolgan gematoraks. 2. Kekirdak va bronxlar jarohati tufayli konservativ usul bilan davolab bo'lmaydigan pnevmatoraks. 3. Ikkilamchi plevra ichki qon ketishlari. 4. Plevra yiringlashi (empiema). 5. Ko'krak devori kemtiklarida ularni plastik usulda berkitish va h.k. Uzoq muddatli davolashlarda (60—90 kundan ziyod) bemorlami ixtisoslashgan gospitaldan front ortidagi gospitallarga ko‘chirish lozim. Statistik ma’Iumotiarga ko‘ra ko'krak jarohatlari bo'lgan yarador- larning 20—30% i jang maydonida halok bo'ladi. Birinchi jahon uru- shida gospitallardagi yaradorlarning 20% o'lgan bo'lsa, zamonaviy mahalliy (lokal) urushlarda bu ko'rsatkich 7—8% gacha tushgan. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling