M kariyev, R. Alimov
‘q tekkan ko'krak jarohatlarning xususiy belgilari
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
0‘q tekkan ko'krak jarohatlarning xususiy belgilari
1. Jarohatlar ko'krak qafasida joylashgan - agar kirish va chiqish teshiklari mavjud bo'lsa, ularni xayolda to‘g‘ri chiziq bilan birlashti- rish o'qning yo'lini aniqlab, ehtimol, ichki organlarning jarohatini tasawur qilishga imkon beradi. 2. Teri osti emfizemasi, qon tupurish, pnevmatoraksida qutisi- mon tovush va gematoraksdagi to'mtoq tovush ko'krakning teshib kiruvchi jarohatidan dalolat beradi. Qon tupurish — o'pka shikasti- ning dastlabki va aniq belgisidir. Urush hududida bu belgi ko'krakni teshib kiruvchi jarohatlarning 80-85% tida uchraydi. Gematoraks bo'lgan yaradorlar o‘pka siqilishi va ko'ks oralig'i siljishi hisobiga bo'lgan entikishga va shikastlangan tomonda qovurg'a yoyi ostida seziladigan og'riqqa shikoyat qiladilar. Yopiq va ayniqsa, ochiq pnevmatoraks bo'lganda tashxis qo'yish qiyin emas. Klapanli (ko'payib boruvchi) pnevmatoraksi bo'lgan yaradorlarning tashqi ko'rinishi xarakterlidir. Ular o'tirishga harakat qiladilar, chunki yotganda entikish kuchayadi. Yuz terisi oqargan, ko'kimtir tus olgan, bo'yin va yuz venalari bo'rtgan. Teri osti emfizemasi keskin rivoj- langan va ko'payishga moyilligi bor, chunki plevra bo'shlig'idan havo ИЗ bosim ostida jarohat orqali ko‘krak teri osti kletchatkasiga chiqib bo‘yin va tananing qarama-qarshi tomoniga tarqaladi. Agar ko‘ks oralig‘i (mediastinal) plevra varag‘i jarohatlansa, havo ko‘ks oraliq- ning old qismiga tarqalib, venalarning ezilishi va oqibatda qon aylanishining og‘ir buzilishiga olib keladi. Oshib borayotgan pnev- matoraksda gumoni bo'lgan yaradorlar tezkor operativ muolajalarga muhtoj bo‘lgani ucliun BrTP dan birinchi navbatda ko‘chirilishi ke- rak, ATB da esa to‘g‘ri operatsiya xonasiga yuboriladi. Torakoabdomina! (ko‘krak-qorin) jarohatlar. Ko‘krakning o‘ng tomonida IV qovurg'adan, chap tomonida esa V qovurg‘adan past- roqda, orqa yuzada VIII va XI qovurg‘alar oralig'idagi jarohatlar bir vaqtning o‘zida ko‘krak va diafragma ostida joylashgan qorin bo‘shlig‘i organlarining jarohatida shubha tug'dirishi kerak. O l ng tomondagi jarohatda ko‘krak va jigar jarohati to'g'risida, chap tomonda esa ko‘krak va taloq yoki yo‘g‘on ichakning taloq burchagi jarohati to‘g‘risida o‘ylash o‘rinlidir. Tananing orqa yuzasidagi jarohatlarda ko‘krak va buyrak jarohati bo‘lishi mumkin. Torako- abdominal ja- rohatlar og‘irlar toifasiga kiradi va yaradorlar o'limini ikki barobar oshiradi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling