M kariyev, R. Alimov
Ko'krakning teshib kiruvchi jarohatlari
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
Ko'krakning teshib kiruvchi jarohatlari
Ko'krakning teshib kiruvchi jarohatlari alohida e’tiborga loyiq, ko'pincha quyidagi xususiyatlarga ega: a) parietal plevra bilan qoplangan suyak-mushak hosilalarining shikastlanishi va har bir qovurg'a sathida qon-tomir nervlar tutami- ning joylashishi, qovurg'alararo arteriyalar va ko'krak ichki arteriya- sining jarohatiga olib keladi; b) bronx-o'pka shikastlari, ayniqsa o'pka ildizi sohasida ham kuchli qon ketishlarga olib keladi; d) ayrim holatlarda yurak va yirik qon toniirlarining jarohati ko'pincha yaradorlarning jang maydonida nobud bo'lishiga olib keladi. Sluinday qilib, ko'krakning teshib kiruvchi jarohatlarida quyidagi ho- latlar bo'lishi mumkin: 1) tashqi yoki (ko'proq) ichki qon ketishlari, 2) ochiq yoki (kamroq) kuchlangan pnevmatoraks; 3) gemopnevmatoraks; 4) xilotoraks; 5) teriosti emtizemasi; 6) ko'ks oralig'i emfizemasi. Ko'krak qafasi va ko'krak bo'shlig'i organlarining qayta (takro- riy) shikastlari natijasida quyidagi patologik holatlar yuzaga keladi: 1) ko'ks oralig'ining siljishi va oqibatda yurakning qon bilan to'lishining buzilishi, 2) qondagi kislorodning kamomadligiga olib keluvchi o'pka ventilyatsiyasining buzilishi, 3) ko'krak devorining defekti plevra bo'shlig'ini tashqi muhit bilan bog'lagan. Bunda har bir nafas olish harakatida havo plevra bo'shlig'iga kirib qaytib chiqa- di, o'z navbatida bu ko'ks oralig'ining tebranishiga olib keladi. Sirkul- yator va respirator buzilishlar har biri bilan uzviy bog'liq. Perikard va yurak jarohatlari o'pka jarohati bilan qo'shma yoki alohida bo'lishi mumkin. Agar jarohat 2 qovurg'a va chap qovurg'a 112 yoyi orasida joylashgan bo'lsa yurak jarohati ehtimoli bor. Yurak jarohatining joylanishi, chuqurligi va o'lchamiga qarab quyidagi qon ketishiar tafovut etiladi: 1) yalpi ichki plevra bo‘shlig‘iga qon ketish- lar (2-2,5 I va undan ko‘p), 2) perikard jarohati uncha katta bo‘lmasa perikard bo‘shlig‘iga qon to‘planishi va oqibatda yurak tamponadasi. Perikard bo‘shlig‘iga qisqa vaqt ichida 200 ml to'plansa, yurak to'xtashi kuzatiladi. Qon ketishi asta sekin davom etsa, perikard bo'shlig'iga 400—500 ml bo'lgan taqdirda ham yurak faoliyati davom etishi mumkin. Biroq perikard bo'shlig'iga qon ketishi.bevosita yurakning teshib kiruvchi jarohatiga bog'liq bo'lishi shart emas. Masalan, bunday qon ketish manbalaridan biri toj tomirlari yoki ularning mayda tarmoqlari bo‘lishi mumkin. Ko'krakning teshib kiruvchi jarohatlarida uning klinik belgilari ko'krak devori, ko'krak bushlig‘i organlari (o‘pka, yurak, yirik qon tomirlar) shikastlanishiga hamda pnevmatoraks, ko'ks oralig'i organ- lari siljishi yoki nafas yo'llarning o'tkazuvchanligi buzilishlariga bog'liq. Shikastlanish xarakteriga qarab o‘q tekkan ko'krak jarohatlarida quyidagi klinik belgilar ustun kelishi mumkin: 1) o‘tkir nafas olish yetishmovchiligi; ko'karish, nafas olish me’yorining buzilishi, bezovtalik, 2) o‘tkir qon yo‘qotish (gemorragik shok manzarasi), 3) yurak tamponadasi sindromi — o‘ta og‘ir ahvol, teri ko‘karishi, bo'yin venalarining shakllanishi, AQB pasayishi, yurak tovushlari bo'g'iqligi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling