M kariyev, R. Alimov


Ixtisoslashgan tibbiy yordam


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

Ixtisoslashgan tibbiy yordam (gospitalning ixtisoslashgan harbiy- 
dala jarrohlik qismi, «ко'кгак-qorin» profili). 
Ko'krakning yopiq shikasti bo'Igan bemorga to'liq klinik-rentge- 
nologik 
tekshiruvlar 
o'tkaziladi. 
Konservativ 
davolashda 
plevra 
bo‘shlig‘i takroriy punksiya qilinadi (torakosentoz, vakuum moslamalari 
yordamida yopiq drenajlash, Pertes-Subbotin usuli bo'yicha plevra 
bo'shlig'ini doimiy drenajlash va h.k.). Konservativ davolash kutilgan 
samarasini bermasa, operatsiya bajariladi (torakotomiya, o'pka jaro- 
hatini tikish, o‘pka rezeksiyalari, lobektomiya va b.). Ixtisoslashgan 
jarrohlik yordamidan so'ng harbiy xizmatni davom ettirishga yaroq- 
siz bo'lgan jabrlanuvchilarni davolashni davom ettirish yoki eksperti- 
za uchun front ortidagi gospitallarga yuborish lozim. 
0‘q tekkan ko‘krak jarohatlarini tibbiy 
ko
(
chirish bosqichlarida davolash 
Mashg'ulotning mazmuni. Harbiy jarrohlar ma’lumotiga ko'ra urush 
davrida ko'krakning jarohatlari oyoq-qo‘l jarohatlaridan keyin ikkinchi 
o'rinda turadi. O'rta hisobda bunday jarohatlar yaradorlarning umu- 
miy sonidan 5,12 foizni tashki! qiladi. 
Ko'krak jarohatlarining tasnifi. Ko'krakning barcha jarohatlari ikki 
guruh: o'q tekkan jarohatlar (99,9 foiz) va o'q tegmagan jarohatlar 
(0,1 foizjga bo'linadi. 
O'q tekkan jarohatlarning 37,9 foizini o'q jarohatlari va 62,1 foizini 
110 


snaryad parchalaridan jarohatlar tashkil qilsa, 60 foizga yaqini teshib 
kirmagan va 40 foizdan ko‘prog‘i teshib kiruvchi jarohatlar tashkil 
qiladi. 
Teshib kirmagan jarohatlar 
1. Jarohat kanalining xarakteriga qarab: a) teshib o'tuvchi; 
b) tegib o'tuvchi; d) ko‘r jarohatga bo'linadi. 
2. Chuqurligiga qarab: a) ko'krak devori shikastlangan (teshib 
kirmagan) b) ko‘krakning teshib kirgan jarohati. 
3. Ko‘krak devorining shikastlanishiga qarab: a) suyaklari shikast- 
lanmagan; b) suyaklar shikastlanishi bilan. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling