M kariyev, R. Alimov


Teshib kiruvchi jarohatlar


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

Teshib kiruvchi jarohatlar 
1. Asoratsiz teshib kiruvchi jarohatlar. 
2. AsoratIari bo'lgan teshib kiruvchi jarohatlar: I) plevra bo'shlig'iga 
havo kirgan: a) yopiq pnevmatoraks, b) ochiq pnevmatoraks, d) kla 
panli pnevmatoraks; 2) yog‘ kletchatkasida havo tarqalgan: a) teri 
osti emfizemasi, b) ko‘ks oralig'i emfizemasi. 
3. Plevra bo‘shlig‘iga qon ketishi bilan — gematoraks. Ko'krak va 
boshqa anatomik sohalarni qo'shma jarohatlari alohida murakkab gu- 
ruhni tashkil qiladi, masalan ko'krak va qorin (torako-abdominal), 
ko'krak va umurtqa pog‘onasi qo'shma jarohatlari va h.k. 
0‘q tekkan ko'krak jarohatlari asosan quyidagi uch xil jarohat 
lovchi snaryadlardan hosil bo'ladi: 
l) snaryad mayda parchalari va kichik tezlikda harakatlanuvchi 
o'qlar; 2) tovushdan tez harakatlanuvchi o'qlar (zamonaviy qurol). 
Ushbu 
o'qlar 
to'qimalarda 
ko'zga 
ko'rinayotgan 
o'zgarishlardan 
kattaroq buzilishlarga olib keladi. lkkilamchi snaryadlardan (qovurg'a 
siniqlari) hosil bo'lgan qo'shimcha jarohatlar xarakterlidir. Kirish 
teshigi kichik bo'lishiga qaramasdan chiqish teshigi katta va shakli 
o'zgargan; 3) snaryad, bomba yoki minalar parchalaridan hosil bo'lgan 
jarohatlar. Yirik parchalar ko'krak devorining katta jarohatlari va ochiq 
pnevmatoraksga olib keladi. 
Ko'krakning teshib kirmagan jarohatlari 
Odatda bular ko'p sonli jarohatlar, chunki qo'l granatalari va 
minalarning mayda parchalaridan hosil bo'ladi. Teshib kirmagan ja- 
rohatlar kanali plevra bo'shlig'iga yetib bormaydi. Bunday jarohal- 
larning kechishi, agarda qovurg'alar shikastlanmasa va o'pka kontu- 
ziyasi bo'Imasa boshqa sohalar yumshoq to'qimalari jarohatidan farq 


qilmaydi. Anatomik tuzilishi xususiyatlar (mushak to'qimalari oyoq- 
qoMlarga nisbatan kamroq miqdorda bo'lgani) ko'krak to'qimalarining 
infeksiyaga 
nisbatan chidamliroq bo'lishini ta’minlaydi. Ko'krakni 
leshib kirmagan jarohatlarda hayotga xavf tug'diruvchi qon ketishlari 
bo'lmaydi. 
Shuning 
uchun 
ko'krakni 
tesliib 
kirmagan 
jarohatlari 
bo'lgan yaradoriar ko'pincha yengil jarohatlanganlar toifasiga kiradi. 
Snaryad parchalaridan ko'krakning orqa yuzasidagi mushaklarining 
yalpi jarohati ko'krak va qovurg'alar sinishi bundan istisnodir. Dav- 
olash esa boshqa sohalarning yumshoq to'qimalari jarohatini davol- 
ashiga o'xshash. Ko'krakning ko'p sonli mayda parchalardan jaro- 
batlari hamda kirish va chiqish teshiklari kichik o'q tekkan .jarohat- 
lari odatda birlamchi jarrolilik ishlovini talab qilmaydi. 
ATB da umurniy qoidalarga asoslanib, jarrohlik yo'li bilan faqat- 
gina yirik parchalar yoki deformatsiyalangan o'qlardan hosil bo'lgan, 
lat yeb ezilgan jarohatlar davolanadi. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling