M kariyev, R. Alimov


Har xii a’zo jarohatlarining klinik kechishi xususiyatlari


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

Har xii a’zo jarohatlarining klinik kechishi xususiyatlari 
1. Parenximatoz a’zolar jarohatiari uchun qorin bo'shlig'ida qon 
to'planishi va ichki (ko'p miqdorda) qon ketishi xarakterlidir. Teshib 
125 


o'tuvchi qorin jarohati holatida diagnoz qo'yishga jarohatning kirish 
va chiqish teshigi yordam beradi. Aqlan ularni birlashtirib qaysi a'zo 
yoki a'zolar jarohatlanganini taxminan aniqlash rnumkin. Jigar yoki 
taloqning ko‘r jarohatlarida kirish teshigi odatda qovurg'a yoyi bo‘ylab 
yoki pastki qovurg'alarga to'g'ri keladi. Belgi (simptom) namoyon 
bo'lish darajasi snaryad jarohatining o'lchamiga bog'liq. O't otuvchi 
qurol bilan jarohatlanganda parenximatoz a’zolardan jigar ko‘p 
jarohatlanadi. Bunda karaxtlik avj oladi. Qorin bo'shlig'ida qondan 
tashqari o‘t suyuqligi oqib to‘planadi va xavfli o‘t peritonitining rivoj- 
lanishiga olib keladi. Taloq jarohati klinikasida qorin ichi qon keti- 
shi va travmatik shok simptomlari bilan kuzatiladi. 
Oshqozonosti bezi jarohatlari kam uchraydi - 1,5-3% gacha. 
Oshqozonosti bezi bilan bir vaqtda ko'pincha bezga yaqin joylashgan 
yirik vena va arteriyalar jarohatlanadi: qorin chigali, yuqori tutqich 
arteriya va boshqa qon tomir trambozi va jarohatlangan bezga 
pankreatik fermentlar ta’siri ostida pankreanekroz rivojlanishi xavfi 
oshadi. Demak, oshqozonosti bezi jarohati klinikasi har xil bosqichda 
turlicha bo'ladi, ya’ni qon yo'qotish va karaxtlik belgisi (simptomi) 
yoki o'tkir pankreanekroz va peritonit belgisi bo'ladi. 
2. Kovak a’zolar jarohati. Bir yoki bir nechta har xil forma va 
kattalikdagi a’zo devorlarida hosil bo'lgan teshik oshqozon, ingichka 
va yo‘g‘on ichak jarohati bilan birga keladi. Qon va oshqozon-ichak 
saqlamalari qorin bo'shlig'iga tushib, aralashib ketadi. Qon yo'qotish, 
travmatik karaxtlik, ichak saqlamalarining ko'p oqishi qorin parda 
plastik xususiyatini ezib qo'yadi — jarohat olganda ichakda chegara- 
lanishi xususiyati rivojlanib ulgurmasdan oldin tarqalgan peritonit 
boshlanadi. 
Yo'g'on ichak tekshirilganda shuni nazarda tutish kerakki, kirish 
teshigi ichakda yuzasi qorin parda bilan qoplangan bo'lishi rnumkin, 
chiqish teshigi esa qorin parda yopilmagan sohasida joylashgan, ya’ni 
qorin bo'shlig'i ortida. 
Yo'g'on ichakdagi bilinmaydigan chiqish teshigi qorin parda orti 
klechatkasida axlat flegmonlari rivojlanishiga olib keladi. 
Demak, o't ochuvchi, qurol bilan jarohatlanganda kovakli a’zolarda 
jabrlanuvchida 1-soat ichida travmatik karaxtlik, 4-5 soatdan so'ng esa 
peritonit klinikasi; qorin og'rig'i, qusish, qorin devori muskullari zo'riqishi, 
palpatsiya qilganda qorinda og'riq, gaz yig'ilishi, meteorizm, peristal- 
tikaning to'xtashi, Shyotkin-Blyumberg belgisi va h.k. kuzatiladi. 
3. Buyrak va siydik yo'llari jarohati ko'pincha boshqa qorin a’zolari 
bilan birgalikda kechadi, shuning uchnn bu kasallik og'ir o'tadi. 
Jigar oldi va qorin parda orti kletchatkasida siydik aralash qon 
tez 
yig'iladi, 
natijada 
gematoma 
hosil 
bo'lib, 
qorinning 
orqa 
bo'limidagi organlarni kattalashishi kelib chiqadi. 
126 


Gematomaning siydik infiltratsiyasi paranefril va urosepsis bi- 
lan birga kechadi. Doimiy buyrak jarohatlanishida gematuriya ku- 
zatiladi. 
Siydik yoii shikastlangandagi kilinik manzara birinchi kunlarda 
namoyon bo'lmaydi, keyinchalik siydik infiltratsiyasi va infeksiya 
simptomlari paydo bo'ladi. 
Shok, qon ketish va peritonit qorilining o'qotar jarohatining kilini- 
kasini bermay, balki urush vaqtida og‘ir jarohatlar oqibatlarida asosiy 
o‘rinni tutadi. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling