M kariyev, R. Alimov


TIBBIY KO‘CHIRISH BOSQICHLARI


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

TIBBIY KO‘CHIRISH BOSQICHLARI 
Chanoq va chanoq a’zolari — yopiq va ochiq jarohatlarini davo- 
lash asoslari. Mashg'ulotdan maqsad: tasnif, simptologiya, tashxisni 
qo‘yish BrTPdagi ochiq va yopiq chanoq va chanoq a’zolari jarohat- 
lariga birinchi tibbiy yordam berish yo'llarini talabalarga o'rgatish. 
Asosiy o‘quv savollari: chanoq va chanoq a’zolarini jarohatlanish- 
lari, jarohatlarining uchrashi va tasnifi. Chanoqning o'qotar jarohat- 
laridagi shok, qon yo'qotish va jarohat infeksiyalari. ATO da, harbiy- 
dala gospitallarida va BrTPdagi tibbiy yordam tartibi. Mashg'ulotlami 
o‘tish usuli. Mashg'ulot klinikaning o'quv xonalarida, palatalarida, 
bog'lov xonalarida reanimatsion, travmotologik operatsiya va jarrohlik 
bo‘limlarida o‘tkaziladi. O'quv xonalarida chanoq va chanoq a’zolarini 
ochiq va yopiq jarohatlarini nazariy savollari ko‘rib chiqiladi. Palata- 
larda travmatologik bog'lov va jarrohlik bo'limlari hamda reanimatsiya 
va intensiv terapiya bo'limlarida talabalar chanoq va chanoq a’zolarini 
yopiq 
jarohatlari 
bilan 
yaralanganlarni 
o'rganishadi. 
Operatsiya 
bo'limlarda o'qituvchi talabalarga chanoq va chanoq a’zolarini ochiq 
va yopiq jarohatlari operatsiya paytida ko'rsatib tushuntirib beradi. 
Amaliy mashg'ulotlarning ta’minlanishi: 
Jadvallar, chanoq va chanoq a’zolarining yopiq jarohatlari tas- 
nifi, chanoq va chanoq a’zolarining ochiq jarohatlari tasnifi.Chanoq 
suyaklarining yopiq sinish turlari, siydik pufagi jarohatlarida jarohat 
kanalini joylashishi, siydik pufagi punksiyasi, qov usti drenaji, Buyal- 
skoy bo'yicha kichik chanoqni drenajlash chizmasi. 
Jihozlar: rezina va metall kateteriar, siydik pufagini punksiya qil- 
ish uchun igna, siydik doimiy ajralishi uchun Subbotina apparati, 
sistoskop va boshqalar. Rentgen rasmlarining to'plami. 
Mashg'ulot mavzusiga asoslanib (cheklangan chanoq suyaklari- 
ning sinishi, chanoq halqasi buzilishi bilan chanoq sinishlari). 
Mashg‘ulot mazmuni. Chanoq jarohatlanishi va jarohatlarning 
uchrashi, Ikkinchi jahon urushi davrida chanoq o'qotar jarohatlari, 
3,8-4% jarohatlanganlarda uchragan (M.N.Rusanov, 1952). Chet el 
meditsina statistikasi chanoq jarohatlari buyrak va siydik chiqaruv 
yo'llarini bir guruhga birlashtiradi. Shunga qaramay 1- va 2- jahon 
urushlarida yuqoridagi a’zolar jarohatlari kamida 5% jarohatlangan- 
larda uchragan. 
Amerikaliklarning Vyetnam urushidagi ma’lumotlariga qaraganda 
yuqoridagi jarohatlanishlar o'rtacha 4,5% ni tashkil etgan. (T.Osehnek, 
F. Busch, 1969). 
135 


Shunday qilib chanoq jorahatlari, buyrak va siydik chiqaruv yo'llari 
jarohatlari foizi oxirgi urushlar vaqtida bam turg'unligicha qoldi. 
Chanoqning yopiq jarohatlari o'tgan urushlarda kam uchragan. Lekin 
yadroviy qurol ishlatilishi oqibatida chanoqning yopiq jarohatlari soni 
oshishi mumkin deb faraz qilinadi. 
Chanoq halqasi va chanoq a’zolarning shikastlanishi hamda yopiq 
shikastlanishi. 
Chanoqning 
yopiq 
shikastlanishi 
guruhiga 
yumshoq 
to'qimalarning lat yeyishi, chanoq a’zolining shikastlanishi va shi- 
kastlanmasligi bilan kechuvchi chanoq suyaklarining yopiq sinishi 
kuzatiladi. Chanoq lat yeyishlari ko'pincha teri osti gemotamada 
yoki teri ajratishi bilan kechadi. 
Chanoqning yopiq shikastlanishlari orasida quyidagilar kuzatiladi. 
1. Chanoq halqasining bir butunligi buzilmasdan cheklangan yopiq 
sinishlari. 
2. Chanoq halqasining bir butunligining buzilishi bilan kechadi- 
gan sinishlar. 
3. Chanoq suyaklarining ikkilangan vertikal sinishi. 
4. Chanoq a’zorining shikastlanishi bilan kechadigan chanoq suyak- 
larining sinishi. 
1. Chanoq halqasining dointiyligining buzilmasligi bilan kechadi- 
gan chanoq suyaklarining sinishi yengil turiga kiradi. Ularga yonbosh 
suyagi 
qanotining 
sinishi, 
dumg'aza 
yonbosh 
bo'g'imi 
ostida 
dumg'azaning sinishi, dumning sinishi, yonbosh suyagi - o'qining sini- 
shi, qov va o'tirg'ich suyagi bir shoxining cheklangan sinishi tegishli. 
Bunday sinishlar odatda to‘g‘ri mexanizmda paydo bo'ladi, qa- 
chonki 
travmalovchi 
angent 
chanoq 
suyaklaridan 
binning 
yuzasi 
bo'ylab yo'nalgan bo‘lsa. 
Simptomlar: sinish kuchsiz og'riq bilan boshlanadi (quyi sohada 
— ya’ni yonbosh so‘yak singanda, oraliq sohada - o'tirg'ich suyagi- 
ning sinishida va boshqalar) va oyoq harakatida og'riq kuchayib bo- 
radi. Chanoqning siqilishi, ya’ni yon tomondon va orqadan siqilgan- 
da og'riq kuzatiladi, quymich suyagini paypaslanganda, o‘tirg“ich 
suyagining do'mbog'ida, yonbosh sohada og'riq beradi. Ba’zi holat- 
larda shishlar kuzatiladi. Dumg'aza va dum singanda to'g'ri ichak 
orqali barmoq bilan tekshirilishi lozim. Rentgenogramma singanligi 
haqidagi ma’lumotni tasdiqlaydi. 
2. Chanoq suyagining butunligi buzilishi bilan kechuvchi sinishlar 
eng og'ir jarohatlardan hisoblanadi. Ular ayniqsa travmatik shok, 
chanoq sohasidagi a’zolarning jarohati bilan, qorin klechatkasiga qon 
quyilish bilan izohlanadi. Qov suyagi va o‘tirg‘ich suyaklaridagi 
sinishlar bir ikki tomonlama, yonbosh suyakning vertikal sinishlari 
dumg'aza yonbosh bo'g'imlarga yaqin joyda, chanoqning 2 ta vertikal 
sinishi, qaysiki chanoq suyagi oldingi orqa sohasidan sinishi, chano- 
136 


qning sinishi va chiqishi — qov suyagi simfizining uzilishii va ver- 
tikal orqa yarim ayianasining sinishi, dumg'aza yonbosh bo'limining 
uzilishi va oldingi yarim ayianasining sinishi kuzatiladi. 
Chanoq suyagining oldingi sohasi singanda (qov suyagining 2 to- 
monlama shoxi singanda, qov suyagining shoxi gorizontal singanda, 
o‘tirg‘ich suyagining yuqoriga chiquvchi shoxi singanida) qov sohasi- 
da kuchli og'riq kuzatiladi. Oyoq sohalarining funksiyasi buziladi. 
Chanoqning yon tomonlaridan siqilganda (simptom Vemevie) bir 
vaqtning o'zida yonbosh suyagini siqqanda yoki tashqariga tortganda 
og'riq kuchayadi. Oyoq tizza sohasigacha bukilgan, chanoq son 
bo'g‘imiga yaqinlashtirib ozgina ochilgan. Bemor tizza bo‘g‘imini 
to‘g‘ri yoza olmaydi. Bu simptom bel sohasidagi yonbosh qovurg'a 
mushagi, yonbosh bel mushaklarining birdan kuchli qisqarishi bilan 
tushuntiriladi, bunda kuchli og'riq yuzaga keladi. Bu simptom 2 
tomonlama bolganda yaqqol yuzaga kiladi. Ikki tomonlama vertikal 
singanda 
va 
chanoqning 
sinish-chiqishida 
assimetriyasi 
kuzatiladi, 
shikastlangan sohadagi oyoqning kalta bo‘lib qolganligi kuzatiladi. 
Sababi o'sha sohadagi bel - yonbosh bel-qovurg‘a, kvadrat mushak- 
larning qisqarishi bilan kuzatiladi. Usha sohadagi oyoqning tashqari- 
ga aylanib qolganligi kuzatiladi. Buni aniqlash uchun bemor chalqan- 
chasiga yotqizilib, xanjarsimon o'simtadan yonbosh suyagining yuq- 
origi oldingi do‘mbog‘igacha o’lchanadi va bir-biri bilan solishtirila- 
di, tashxis qo'yiladi. Qov suyagining simfizi uzilganda oyoq tizza so- 
hasigacha bukiladi va son chanoq sohasigacha yaqinlashtiriladi. Oyoq- 
ni yozishga harakat qilinganda og‘riq kuchayadi, ayniqsa oldingi chanoq 
aylanasi singanida kuzatiladi. Bunda «yopishgan to‘piq» simptomi ku- 
zatiladi. Chanoq suyagining sinishida, ayniqsa tomirli to'r uzilganda 
qov sohasida yoki oraliqda qon quyilishlar kuzatiladi. Ted osti yog‘ 
qavati va ten sohasiga qon quyilishlar shikastlanishning birinchi soat- 
laridayoq yuzaga keladi. Quyilgan qon klechatkalarga so‘rilib, katta 
bo‘lgan qorin osti gematomalar yuzaga keladi va «o'tkir qorin» karti- 
nasini yuzaga keltiradi, bunda qorin shishgan, zo'riqishli va og'riqli, 
siydik va ichni tuta olmasligi kuzatiladi. Perkussiyada qorindan pastda 
bo‘g‘iq tovush, Shyotkin - Blyumberg simptomi(+), qorin osti so- 
hasidagi gematomada ba’zi holatlarda geniatokrit va gemoglobin 
o‘zgarmasligi ham mumkin, kechki davrlarda anemiya kuzatiladi. 
Chanoq ayianasining bir tomonlama yoki 2 tomonlama to‘iiq sin- 
ganida Volkovich simptomi kuzatiladi: bunda son suyagi ozgina osil- 
gan, boldir tashqariga ochilgan ozgina tizza sohasiga bukilgan va 
chanoq son bo‘g‘imiga yaqinlashtirilgan. 
3. Chanoq a’zolarining chanoq suyaklari sinishi bilan asoratida 
shikastlanishi umumiy chanoq sinishlarining o‘rtacha 15%ini tashkil 
etadi. 0‘tirg‘ich suyagining ko‘tariluvchi tarmog'i va qov suyagining 
137 


tushuvchj tarmog'i fragmentlarning sinishi ko‘p hollarda siydik yo'li, 
siydik pufagi ba’zan prostata bezini shikastlaydi. Chap yonbosh suy- 
agi va dumg'aza chap yarmining sinishi to‘g‘ri ichakning ampulyar 
qismini jarohatlashi mumkin. Chanoq qismida yirik qon tomirlarn- 
ing shikastlanishi ko‘p miqdorda (1,5 — 2,1) qon yo'qotish bilan 
kechadi. Klinikasi: bemorning ahvoii og‘ir bo'ladi. Travmatik shok 
va o‘tkir qon yo'qotish simptomlari ustunlik qiladi. Siydik pufagi 
bo'yinchasining yoki uretraga oid yarim halqasining bo‘lakchalar bi- 
lan bosilib qolishi yoki yirtilishida siydik chiqarish tutilib qoladi. Siydik 
chiqarish kanalining yorilishi qisman yoki to'liq boMishi mumkin. 
Ikkala holda ham siydik tutilib qoladi va siydik pufagi to‘lib ketadi, 
bemor siya otmaslikdan bezovtalanadi. Paypaslanganda qov simfizi 
ustida kattalashgan siydik pufagi aniqlanadi. Siydik pufagining qorin 
pardasidan tashqarida yorilishida siydik chanoq klechatkasiga surila- 
di, siydik oraliqqa son va dumba bo'ylab tarqalib, yiringli septik 
asoratlar chaqiradi. Siydik pufagining qorin parda ichida yorilishida 
siydik qorin bo'shlig'iga o'tib, siydik peritonitiga olib keladi. To‘g‘ri 
ichakni barmoq orqali tekshirish chanoq suyaklari sinishini va yuza- 
ga keluvchi shikastlanish diagnostikasini yengillashtiradi. 
Chanoq va chanoq a'zolarining o‘q tekkan jarohatlari 
I. Tasnifi: chanoqni o’q tekkan jarohatlari quyidagilarga bo'linadi: 
I. Chanoq sohasining yumshoq to'qimalarining jarohatlari. 2. Yum- 
shoq to’qimalarning va chanoq suyaklrning jarohatlari. 3. Chanoq va 
chanoq a’zolari (qorin byoshlig'i va qorin bo‘shlig‘idan tashqari) ja- 
rohatlar. 
1. Chanoq 
yumshoq 
to'qimalaming 
jarohatlanishida 
yirik 
qon 
tomirlar shikastlanishi oqibatida xavdi ichki va tashqi qon ketishi 
mumkin. Quymich nervining shikastlanishi shot va turli xil sezuv- 
chanlikning yo'qolishi bilan namoyon bo'ladi. Anal teshigi yaqinligi 
va mushak massalarining ko'pligi jarohat sohasida og'ir jarohat in- 
feksiyasi — anaerob infeksiya rivojlanishiga olib keladi. 
2. Ichki a’zolari shikastlanmasdan, chanoq suyagining o'qdan sinishi, 
shikastlanishi xarakteriga qarab parchalangan, teshilgan, qirrali, uzilishli 
va darz joylashishi bo'yicha yonbosh, o'tirg'ich, dumg'aza sinishlari, 
dumg'aza - yonbosh birlashmasining ajrashi, dumdan sinishi farqlanidi. 
Qurol o’qidan sinishlar. asosan, og'ir shikastlovchi ta’sir hisoblanib, 
ko’pincha, ko‘p miqdorda qon ketishi va shok bilan asoratlanadi. 
Chanoqning o'qdan sinishi diagnoslikasida tashqi jarohatni va teri 
osti 
gematomani, 
jarohat 
kanalini, 
proyeksiyasidan 
va 
suyak 
do'mboqlari bosilganda og'riqni joylashishiga e’tibor berish kerak. Qov 
suyagi singanda, simfiz bosilganda, sinish joyida 
0
‘tirg‘ich suyagi sin- 
138 


ganda, o'tirgich do'mbog'iga bosilganda sinish sohasida og'riq yuza- 
ga keladi. Chanoq halqasidan old qismi singanda «Yopishgan tovon» 
simptomi yuzaga keladi. 
Dumdan sinishini rektal tekshirishda yaxshi aniqlanadi. Rektai 
tekshiruv - diagnozni aniqlashga imkon yaratadi. 
Chanoqning o'qli yaraianishlari ko'pincha quyidagi yara infeksiya- 
lari bilan asoratlanadi: abssesslar, chanoq to'qimaning flegnionasi, 
chanoq suyaklarining osteomiyeliti va h.k. Chanoq sinishlari yiringli 
koksit, dumg‘azaning yaraianishlari esa chanoq a’zolarining faoliyati- 
ning buzilishi va yiringli meningit bilan asoratlanishi mumkin. Ko'p 
hollarda chanoqning o'qli yaralanishlaridan so‘ng sepsis rivojlanadi. 
4. Chanoq suyaklarining o'qli sinishini, ichki a’zolarining shikast- 
lanishi o'ta og'ir tur qatoriga kiritiladi. Siydik pufagidan shikastlanishlar 
qorin pardaning tashqari va ichkarilariga ajralgan va boshqa ichki 
a’zolar jarohatlanishi bilan qo'shilib keluvchilarga bo'linadi. Qovuq- 
dan qorin parda bilan o'ralgan devor jarohatlanishi (qorin parda ichi 
jarohatlanishijda 
qorin 
bo'shlig'iga 
tushadi. 
Simptomlari 
qorindan 
kovak organlari jarohatlanganidan farqlanmaydi. Vaholanki, siydik 
pufagidan 
jarohatlanishi 
ko'p 
hollarda 
ichak 
jarohatlanishi 
bilan 
qo'shilib keladi. Bemor siya olniaydi. Bemor kateter bilan kateteri- 
zatsiya qiiinganda bir necha tomchi qon rangidagi siydik ajraladi. Bu 
siydik pufagining jarohatlanganligidan dalolat beradi. Siydik pufagi- 
ning qorin parda bilan qoplanmagan qismi shikastlanganda siydik 
qopi oldi klechatkasiga infillrlanadi, qorin devori bo'ylab siydik in- 
filtratsiyasi ikki tomondan yuqoriga ko'tariladi. Chov boylamlariga 
parallel ravishda palpatsiyada chov sohasida va qov ustida og'riq kon- 
sentratsiyasi xamirsimon siydik kelishi kuzatiladi. Bemorlarda birinchi 
kundan yuqori isitma bo'ladi. O'z vaqtidagi operativ aralashuv hiso- 
biga flegmona va klechatka nekrozi oldi oladi. Siydik pufagining pastki 
jarohatida, boshchasi sohasida, siydik infiltratsiyasi oraliqqa, yorg'oq 
ildiziga va orqa chiqaruv teshigi aylanasiga chiqadi. 
Uretraning proksimal sohasining jarohatida aniqlanadi: siydik pu- 
fagining kattalashuvi, uretradan qon ketishi va oraliqning siydikli in- 
filtratsiyasi. 
To'g'ri ichak jarohatlari: qorin parda ichi va qorin parda tashqari 
jarohatlarga bo'linadi. To'g'ri ichak jarohatlari ko'pinchi qovuq, uretra, 
chanoq sinishi va ichakning boshqa qism jarohatlari bilan qo'shilib 
ketishi mumkin. Bu jarohatlar shok bilan asoratlanadi. To'g'ri ichak 
jarohatlanganiigining aniq belgisi bu — jarohatlangan sohadan najas 
chiqishi. Muhim diagnostik tekshiruv to'g'ri ichakni barmoq bilan 
tekshirish (barmoq qon bo'ladi). Qorin parda ichi to'rida barmoqda 
qon kam hollarda aniqlanadi. Bunda asosan bemorlar to'g'ri ichak 
sohasidagi og'riqdan shikoyat qilishadi. To'g'ri ichak jarohati siydik 
139 


pufagi jarohatlanishi bilan kelsa, tez-tez qonli siydik va suyuq najas 
ajraladi. Ba’zida najas va gazlar upetra orqali ajralishi mumkin. To'g'ri 
ichakning qorin parda ichi yorilganda peritonit bilan asoratlanadi. 
To‘g‘ri 
ichakning 
qorin 
parda 
tashqari 
yoriiishida 
chanoq 
kletchatkasida va mushaklarda yiringli yoki chirikli jarayon kuzatiladi. 
Anaerob infeksiya rivojlanishi mumkin. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling