M kariyev, R. Alimov


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

Holatiy masalalar 
1. Askar K. 20 yoshda, portlashda qulab tushgan uy devori osti- 
da qolib ketgan. BrTP ga jarohat olgandan 3 soatdan keyin zambil- 
da keltirilgan. Ahvoli ogMr. Oqargan, tormozlanish bor. Puls daqiqa- 
da 130, A/B 70/50 mm sim. ust. Chap oyog‘i tashqi tarafga buril- 
gan kattalashgan. Yonbosh suyakning oldingi tepa o‘sig‘idan to‘sh 
suyagining 
xanjarsimon 
o‘sig‘igacha 
boMgan 
masofa 
chapda 
o‘ngdagidan 4 sm kamroq. Chap oyoqning harakati o‘tkir og‘riq be- 
radi. Palpatsiyada qov va o‘tirg‘ich suyaklar sohasida chap tomonda 
va chap yonbosh - dumg'aza birikmasi sohalarida og‘riq aniqlanadi. 
144 


Chanoq suyaklarining siqilishi bemorda o'tkir og'riq chaqiradi, chanoq 
suyaklarining yonbosh suyagi qirralaridan tortganda chanoq yarim 
bo'laklarining 
harakatganligi 
aniqlanadi. 
Qorin 
biroz 
shishgan, 
taranglashmagan. 
Qorin perkussiyasida chap yonbosh sohada bo‘g‘iq!ashish aniqla- 
nadi. Siydik ajralishi buzilmagan. 
1. Diagnoz qo'yish va asoslash. Tashxis. 
2. Punktlar ichida saralash o'tkazish. 
3. Tibbbiy yordam hajmini aniqlab, uni asoslash. 
2. Serjant S. 25 yoshda, transporting orqa tarafi bilan devorga 
siqilgan. BrTPga jarohatdan 2 soat o'tgach, zambilda keltirilgan. Shiko- 
yatlari: qorinning pastki sohalaridagi og'riqqa va oyoqlari harakatsiz
yura olmaydi. Ahvoli o‘rtacha og'irlikda, oqargan. Puls daqiqaga 110 
ta, AQB 100/50 mm sim. ust. Qorin yumshoq, pastki qismlari 
og'irlikda, paypaslanganda qov va o'tirg'ich suyaklari sohasida og'riq 
va krepitatsiya aniqlanadi. «Yopishgan tovon» simptomi musbat. 
Chanoq frontal tekislikda siqilganda qov suyaklari sohasida og'riq 
seziladi. O'zi siydik chiqara olmaydi. 
1. Tashxis qo'yish va asoslash. 
2. Punkt ichida saralash o'tkazish. 
3. Tibbiy yordam hajimini aniqlab, uni asoslash. 
3. Leytenant 1. 30 yoshda, qorin pastki qismlarida jarohat olgan. 
BrTPga jarohatdan 1 soat o'tgach, zambilda keltirilgan. Oqargan. Puls 
daqiqada 120 ta, AQB 90/40 mm sim. ust. Qorin devorining oldingi 
qismida qov birikmasidan 5 sm yuqorida 3x4 o'lchamli chetlari yirtil- 
gan kirisli teshigi aniqlanadi. Jarohatdan tomchilab siydik ajralmoqda. 
Chiqish teshigi yo'q, qorinning palpatsiyasida o'tkir og'riq va pastki 
qismlarda qorin devorining mushaklarining aniq tarangligi aniqlan- 
moqda. Shyotkin - Blyumberg simptomi musbat. Qorinning botgan 
sohalaridagi bo'g'iqlik aniq emas. Siydik ajralishi buzilgan. 
1. Tashxis qo'yish va asoslash. 
2. Punkt ichida saralash o'tkazish. 
3. Tibbiy yordam hajmini aniqlash, asoslash. 
4. Leytenant S. 24 yoshda. Chandqning chap qismiga o'q tekkan. 
BrTPga jarohatdan 1,5 soat o'tgach ,zambilda keltirilgan, ahvoli og'ir, 
oqargan, adinamik. Puls daqiqada 134 ta, kam to'liqlik va taranglik- 
da. AQB 75/40 mm sim. ust. Chap yonbosh suyagi. qanotining orqa 
tomonida 1 x 1,5 sm ii kirish teshigi, qov birlashmasi ustida 3x4 
o'lchamli cheti yirtilgan chiqish teshigi bor. Jarohatdan qon va siy- 
145 


dik, najas aralashmasi chiqib turibdi. Chap yonbosh sohasida perkus- 
siya bo'g'iq aniqlanmoqda. Qorin mushaklari pastki qismlarda tarang. 
Shyotkin - Blyumberg simptomi musbat. Siydik chiqara olmaydi. 
1. Tashxis qo'yish va asoslash. 
2. Punk! ichida saralash o'tkazish. 
3. Tibbiy yordam hajmini aniqlab, asoslash. 
5. Askar M. 20 yoshda. BrTPga jarohatdan 3 soat o'tgach zam- 
bilda keltirilgan. Ahvoli og‘ir, oqargan, tormozlangan. Chanoq o'ng 
sohasidagi og‘riqdan shikoyat qilmoqda. Puis daqiqada 20ta, kam 
to'lishli AB 70/40 mm sim. ust. O'ng oyog'i tashqi tarafga aylanib 
qolgan, bemor uni ko‘tara olmaydi. Palpatsiyada qov va o'tirg'ich 
suyaklari sohasida chap va o‘ng tarafiama va dumg'aza — yonbosh 
birikmasining o‘ng tarafida og'riq aliqlanadi. Qomi tarang, biroz shish- 
gan, o'ng yonbosh qismida bo'g'iqlashish hamda kattalashgan qovuq 
aniqlanmoqda. Shyotkin — Blyumberg simptomi manfiy. Bemor siy- 
magan. Siydik chiqarish kanalining tashqi teshigi atrofida qon izlari. 
Oraliq sohasida gematoma. 
1. Tashxis qo'yish va asoslash. 
2. Punkt ichida saralash o'tkazish. 
3. Tibbiy yordam hajimini aniqlab, uni asoslash. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling