M kariyev, R. Alimov


Chanoq a’zolari va chanoq yopiq shikastlarida


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

Chanoq a’zolari va chanoq yopiq shikastlarida 
va yaralanishlarida tibbiy yordam koTsatish 
1. Jang maydonida birinchi tibbiy yordam. Chanoq yopiq jaro- 
hatlarida shpris-tyubikdan analgetik yuboriladi va jarohatlanganni orqasi 
bilan yotgan holatda zambilda, shitda joylashtiriladi, oyoq bukilgan 
holatga keltirib, tagiga kiyimli xalta yoki yostiqcha shaklda qilingan 
shinel qo'yib olib chiqiladi. Oyoqning tizza bo‘g‘imiga ro'molcha 
yoki bint o‘raladi. 
0‘q bilan jarohatlanganda jarohat sohasiga aseptik bog'lam 
qo'yiladi, tabletkali antibiotik ichiriladi va analgetiklar yuboriladi. 
2. Shifokorgacha bo'lgan yordam: birinchi tibbiy yordam ken- 
gaytiriladi. Jarohatlanganiarga yurak vositalari, analgetiklar yuborila- 
di, bog'lam to'g'rilanadi. Sovuq havoda bemorlarni isitishga chora 
ko'riladi. Ko'chirishda orqaga yotgan holatda asosan qattiq bo'lgan 
zambillarda olib boriladi. 
Oyoqlari tizzasida bukilgan, tagiga valik qo'yiladi. Birinchi bo'lib 
chanoq yopiq jarohatlari bo'lgan jarohatlanganlar ko'chiriladi. 
3. Birinchi shifokor yordami: tibbiy saralashda 3 guruh bo'ladi: 
I guruh: o'qdan jaoohatlanganlar, chanoq a’zolari va chanoq yopiq 
shikastlarda shokning I, II, III darajadagilarda BrTPda qarshi muolaja 
qilinadi. Bunday jarohatlanganlar transportirovkani yomon o'tkazadilar: 
1—11 darajadagi shok 111—IV darajaga o'tishi mumkin. 
Shokka qarshi muolaja va transportirovka BrTP ga qaratiigan. 
Ko'chirish birinchi galda qilinadi. 
II guruh: shok belgilari o'qli jarohatlar va chanoq yopiq jarohat 
yaradorlari. Qabul - saralash palatkasida antibotik,qoqshol anatoksini, 
og'riqsizlantirish, bog'lamning to'g'riligi, transport immobilizatsiya va 
qovuqning holati tekshiriladi. Ko'chirish ikkilamchi (tartib asosida) 
galda bajariladi. 
III guruh: jarohatlanganlar va terminal holatdagilar BrTP da 
simptomatik davolash uchun qoldiriiadi. 
Hamma BrTP da qolganlarga keng ta’sirli antibiotiklar, qoqshol 
anatoksini yuboriladi. Oyoqning son qismi tashqi qon ketish bilan 
jarohatlanganda bosuvchi bog'lam yoki Mikulich bo'yicha tampona- 
da qilinadi. Siydik ajralmay siydik qopi to'lib ketganda bog'lov xo- 
140 


nasida kateterizatsiya yoki ko'rsatmalarga ko'ra siydik qopi punksiya 
qilinadi. 
Siydik qopini punksiya qilish texnikasi: 
1. Yaradorni orqasi bilan yotqiziladi. 2. Qov birlashmasidan qorin 
o‘rta chizig‘i bo'yicha 2 sm yuqorida teri va atrof to'qimani 0,5% li 
30—50 ml novokain bilan anesteziya qilinadi. 
3. Steril uzun igna unga rezinkali trubka kiydirilgan nay bilan 
yuqorida aytilgan sohaga teriga perpendikulyar holatda anesteziya 
qilgan qismdan 4-5 sm cbuqurga kiritiiadi. Siydikni Jane shprisi 
bilan tortiladi. 4. Aspiratsiyadan keyin igna olinadi. Punksiya qilin- 
gan joyni yod, kleol bilan artiladi va aseptik bog'lam qo‘yiladi. 
Og‘ir chanoq jarohatlarida shokka qarshi yaxshi chora bulib Shkol- 
nikov — Selivanov bo'yicha chanoq ichi anesteziyasi hisoblanadi. 
Shkolnikov - Selivanov bo'yicha chanoq ichi anesteziyasi texnikasi: 
1. Jabrlanuvchi orqasiga yotqiziladi. 
2. Yonbosh suyagining old-yuqori o'sig'i 1 sm ichkarisidan teri 
va teri osti yog* qavatiga 0,25% li novokain eritmasi yuborilib 
og'riqsizlantiriladi. 
3. Teri va teri osti yog
1
qavatining anesteziyalangan sohasi orqali 
uzun ignali novokain to‘ldirilgan shpris sanchiladi. 
4. Yonbosh suyagi devorini his qilgan holda ignani orqaga va 
pastga 12—14 sm chuqurlikkacha tushiriladi, novokain eritmasi yu- 
boriladi. 
5. Ichki yonbosh chuqurchasi sohasiga yetib borgandan so‘ng u 
yerga 300 ml gacha 0,25% li novokain eritmasi yuboriladi. Ikki to- 
monlama blokadada har tomonga 250 ml 0,25% ml li eritma yubo- 
riladi. 
6. Ignani tortib olgandan keyin punksiya o‘rni yod.kleol bilan 
artiladi va aseptik bog‘lam qo'yiladi. 
7. Malakali tibbiy yordam ko‘rsatish bosqichida saralash paytida 
jabrlanuvchilar 6 guruhga bo'linadi. 
I guruh— to
k
xtovsiz qon ketayotgan bemorlar, shoshilinch jarrohlik 
xonasiga yo'llanadi. 
II guruh - siydik pufagi va to'g‘ri ichakning qorin ichi shikasti 
bo'lgan yaradorlar va II. Ill darajali shok belgitari bo'lganlar I— 2 
soat 
davomida 
shokka 
qarshi 
palataga 
yotqiziladi 
va 
ahvoli 
yaxshilangandan keyin jarrohlik palataga olinadi. 
ill guruh - to'g'ri ichak, siydik pufagi va orqa uretraning qorindan 
tashqari shikasti va II—III darajali shok holatida boMgan yaradorllar 
shokka qarshi palataga yuboriladi. Shokdan chiqqandan keyin uning 
jarohatiga xos moslama yoki epetsistostoma qo'yiladi va frontning 
gospital bazasiga ko‘chiriladi. 
IV guruh - chanoq ichi a’zolari shikastlanmagan holda chanoq 
141 


shikasti olgan yaradorlar, old uretra va tashqi jinsiy organlar jarohali 
va shok belgilari bo'lmagan jabrlanuvchilar maxsuslashgan jarrohlik 
yordam bosqichiga ko'chiriladi. 
V guruh — 7-10 kun davomida davolanib ketadigan yuza yurn- 
shoq to'qimasi jarohatlanganlar MTYda tuzalguncha ushlab turiladi. 
VI gumh — agonal holatdagi jarohatlanganlar MTYning simptoma- 
tik davo bo'limiga yuboriladi. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling