M kariyev, R. Alimov
Chanoq suyaklari yopiq singanda davolash usullari
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chanoq va chanoq ichi a’zolari oq otuvchi qurollardan
Chanoq suyaklari yopiq singanda davolash usullari
Chanoq iclii organtari shikastsiz chanoq suyaklari singan jabr- lanuvchilar HDXGning umumiy profit bo'liimiga yuboriladi. Qattiq. tekis krovatda 4-6 hafta yotoq rejimi singan suyaklarning bitishini ta'minlaydi. Suyak parchalari surilganda chanoq - son bo'g'imida oyoqni bukkan va tanadan uzoqlashtirilgan holda va oyoqni tizza bo‘g'imida bukkan holda suyak tortish usulini qo'llash mumkin. Konservativ davo yordam bermaganda jarrohlik yo‘li bilan davo- lanadi. Bu kategoriya jabrlanuvchilar harbiy-dala travmatologik gospi- talda yoki HDXGning son va katta bo‘g‘imlar jarohati bo'limida davo- lanadi. Agar chanoq suyagi sinishi chanoq ichi organlari shikasti bilan qo'shilsa (asosan siydik pufagi va uretra shikastlanadi) MTY bosqich- ida siydikni uzoqlashtirish jarrohlik amaliyoti o'tkazish mumkin. Key- ingi xirurgik davo HDXGning urologik bo'limida olib borilishi kerak. Chanoq va chanoq ichi a’zolari o'q otuvchi qurollardan shikast- langanda davolash usullari. Yumshoq to'qimalar jarohati va chanoq suyagining o'q otuvchi qurollardan jarohatida davo umumiy qonuni- yat asosida olib boriladi. Operatsiyadan keyingi davrda keng ta'sirli antibiotiklar qilinadi. Chanoq organlari o'q otuvchi qurollardan shi- kastlanganda qon yo'qotish. travmatik shok va jarohat infeksiyasi ke- yinchalik rivojlanishi tufayli hayot uchun xavfli hisoblanadi. Shunga moyil holda qorinning o'tuvchi shikastlarining jarrohlik davosi, chanoq a’zolarining o‘q otuvchi jarohatlariga xosdir. Bunday turdagi jarohatlar uchun darhol MTY da va HDXGda jarrohlik yo'Ii kerak. Agar shunday yaradorlarni havo transporti orqali ko'chirish iloji bo'lsa, operatsiyaning asosiy maqsadi peritonit va infeksiyalarning oldini olishdir. Siydik pufagi qorin parda ichida shikastlansa, jarohat atrofini te- jamli ravishda kesilib, qorin parda bilan qoplangan pufak devoridagi yoriq 2 qavatli ketgut choki bilan tikiladi va qov ustiga oqma qo'yiladi. Siydik pufagi — qorin parda tashqarisidagi qismlari shikastlanganida esa o'rta chiziq bo'yicha kindikdan va simfiz yuqori chetidan 1,5-2 sm tashqarisiga kesma o'tkaziladi. Jarohat yuzasi siydik qopining oldingi devorida joylashgan bo'lsa, unda yara chetlarini shikastlangan to'qimalar 142 tejamli ravishda kesilganidan va siydik qopiga drenaj o'rnatilganidan so'ng u siydik pufagining devoriga qo'shilgan holda kesish choki bilan fiksatsiyalanadi va yana bir chok bilan teri chetidan tikiladi. Siydik pufagining oldingi devori to'g'ri ichakka bir necha choklar bilan mahkamlanadi. Siydik pufagi qorin parda ichida hamda tashqarisida joylashishi va uni jarrohlik usulida davolash: choklar va epitsistostomani joy- lashtirish pufak bo‘shlig‘ini drenajlash. Siydik pufagi oraliq bo‘shlig‘iga taniponlar kiritiladi, apanevroz va teriga siyrak choklar qo'yiladi. Tekshiruv paytida siydik pufagining yon va orqa devorlarida jarohat topilsa unga 2 qavat ketgutli chok va qov usti oqma hosil qilinadi. Siydik pufagining bo‘yinchasi va uretraning proksimal qismi jarohat- langan paytda qov usti oqmasini hosil qilisli tavsiya qilinadi. Siydik oqmasi paydo bo'lganda pufak siydik bo'shlig'i Buyalskiy (Ms.Wagleg) bo'yicha drenajlanadi. TVg'ri ichakning qorin parda ichi shikastida jarohatni ko'ndalang ravishda 3 qavatli choklar bilan tikiladi. To‘g‘ri ichakni germetik ravishda tikish imkoniyati bolmasa nofiziologik orqa teshik hosil qilinadi. To'g‘ri ichakning shikastlarida faqatgina qon ketish simptom- lari bo‘lmagan holda hamma operatsiyalar bemorlarni shokdan chiqarib olingandan keyin qilinadi. To‘g‘ri ichakning qorin pardadan tashqari jarohatlarida operatsiyalar nofiziologik orqa teshik hosil qilishdan boshlanadi. Laparotomiya paytida a’zoni qorin parda tarafidan butunligi tek- shiriladi. Operatsiya oraliq masofani radikal xirurgik tozalash va para- rektal sohani drenajlash bilan yakunlanadi. To'g'ri ichak juda katta buzilgan bo‘lsa, to‘g‘ri ichakni rektosigmoid burchagi tomonida to‘g‘ri ichakning chanoq qismini mobilizatsiya qilisli kerak. Buning uchun UKL-60 apparati bilan to'g'ri ichak shikastlanmagan joylarini tikib, mexanik chokni peritonizatsiyalash, sigmasimon ichakni esa devorini oldiga chiqarish kerak. Jinsiy a’zolarning jarohati juda kam-0,12 % uchraydi.Olatning qon bilan yaxshi ta’minlanishi infeksiyalarni rivojlanishi xavfining oldini oladi. Shuning uchun birlamchi jarrohlik ishlov yarani tejamli toza- lashga qaratilgan bolishi kerak. Olat amputatsiyasi faqatgina uning jonsizlanishini ishonchli belgilari boMganda bajariladi. Yorg‘oq va moyakning yaralanishi. Ko'p holatda ular lat yegan va ko'pincha ifloslangan boMadi. Jang maydonida BRTP da tibbiy yordam ko‘rsatiladi: oraliqqa aseptik T-simon bog l lam, antibiotiklar, qoqsholga qarshi anatoksin> og'riqsizlantiruvchi moddalar yuboriladi. ATO da tejamkor xirurgik ishlov beriladi. Moyak faqatgina urug‘ tizimchasi to'Iiq uzilganda olib tashlanadi,agar urug' tizimchasi saq- 143 langan bo‘lsa moyak qanday shikastlangan bo'Imasin, uni saqlab qolish kerak. To‘qimalarni yaxshilab antiseptik va antibiotiklar bilan yu- vilib, yirtilgan to‘qimalar olib tashlangandan keyin, qolgan yorg'oqqa to‘g‘rilab jarohat antiseptikda ho'llangan bog‘lam bilan bog‘lanadi. Maxsus tibbiy yordam — ixtisoslashgan gospitalning (G)ning urologik bo‘limida ko‘rsatiladi. Gospitalda zamonaviy diagnostik muolajalar va davolash ishlari to‘liq hajmda olib boriladi. Rentgenografiya, vena ichi va retrografiya, urografiya, sistoskopi- ya, sistografiya, fistulagrafiya, irrigoskopiyalar qilinadi. Qo'shimcha operativ aralashuvga ko‘rsat malar belgilanadi. Jarrohlik bolimida to‘g‘ri ichak qorin parda ichi va tashqi yara- lanishlari natijasida yuzaga kelgan asoratlar (peritonit, chegaralangan yi- ringlar, chanoq klechatkasi yiringli jarayonlari chanoq a’zolari oste- miseptik) jarrohlik va konservativ davosi o‘tkaziladi. Shu bilan birga chanoq a'zolarining sinishlarini ortopedik davosi ham o'tkaziladi. Maxsus gospi- talning urologik bo‘limining umumiy masalasi bu siydik yo‘llarining in- feksiyasini chanoq suyaklari osteomiyelitini ham davolash hisoblanadi. Siy- dik pufagi va pufak to‘g‘ri ichak oqmalarini yopish uretraning strektura- sini davolash va boshqa tiklovchi operatsiya qilish mamlakatning ichki gospitallarini tibbiy yordam ko‘rsatish hajmiga qarashlidir. Talaba mavzu bo‘yicha o'zlashtirishi kerak boMgan amaliy ko'nikmalar: 1. BrTPda Shkolnikov - Selivanov bo‘yicha novokainli chanoq ichi blokadasini qila bilish. 2. BRTP da siydik ajralish muammosi tug‘i!ganda to‘liq siydik pufagini kateterizatsiya yoki punksiya qila bilish. 3. Dumba sohasini ko‘p miqdordagi qon oqishini kechayotgan jarohatiga bosib turuvchi bog‘lam yoki Mikulich bo'yicha jarohatni qattiq tamponadasini qila bilish. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling