M kariyev, R. Alimov
Chin miyaning yopiq jarohatlari
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
Chin miyaning yopiq jarohatlari, Chayqalish — oyoqlarda kuchsiz-
lik, sezgirlikning pasayishi, siydikning tutilishi va boshqalar bilan namoyon bo'Iadi. Bu hodisalar tez o'tadi. Lat yeyish orqa miya tomondan o'zgarishlar bilan xarakterlanadi, to ko'ndalang o'tkazuvchanlikning buzilish sindromigacha shikastlan- gan sohadan pastki qismida falajlik va sezuvchanlikning buzilishi, siydik va axlatning tutilib qolishi ko'rinishida ifodalanadi. Orqa mi- yaning lat yeyishi qon quyilishi, shish va orqa miyaning ba’zi soha- larining yumshashi bilan birga kechadi. Bosilish qon quyilishi natijasida vujudga keladi (epidural va sub- dural gematoma). Epidural gematoma orqa miyaning bosilishi natijasida o'rab oluv- chi va o'tuvchi shoxchali og'riqlar bilan namoyon bo'Iadi. Keyin- chalik o'tkazuvchanlikning buzilishi rivojlanadi, falajlikka o'tuvchi parezlar, gipesteziya, anesteziya, siydik va axlatning tutilishi kuza- tiladi. Subaraxnoidal qon qo'yilishlar miya qobiqlarining ta’sirlanishi klini- 97 kasini beradi: Kernig, Brudzinskiy meningial simptomlari va boshqalar. Lyumbal punksiyada punktatda qon belgilari. Subdural gematoma orqa miya bosilishi hodisasining sekin o'tishi bilan xarakterlanadi. Lyumbal punksiyada subaraxnoidal bo‘shliqda oqsil va orqa miya suyuqligida qon aniqlaniladi. Orqa miyaga qon qo'yilishi (gematomiyeliya) umurtqa pog‘onasining yopiq jarohatlarida ko'pincha kulrang moddaga qu- yilib, orqa shoxlar va bitishmalarni, orqa miyaning orqa ustunlarini shikastlaydi. Gematomieliyaning joylanishi orqa miyaning, shuningdek, orqa miya konusining bo‘yin va bel zichlanishlari. Orqa miyaga qon quyilishi orqa miya o'tkazuvchanligi buzilishi- ning o*tkir rivojlanishi (segmentar va o‘tkazuvchi o‘zgarishlar), falaj- lar va dissotsiallangan sezgirlikning pasayishi klinikasi bilan ifodala- nadi. Qon quyilishidan pastroq qismida falajlik va to‘liq anesteziya kuzatiladi. Orqa miyaning sakral qismiga qon quyilganda paradoksal siydik tutilmasligi kuzatiladi (ischuria paradoxa). Lyumbal punksiya- da subaraxnoidal bo'shliqning bloklanishi kuzatilmaydi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling