M kariyev, R. Alimov


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

Gematomalar. Yirik tomirlarning jarohatidan kelib chiqadigan ge- 
matomalar ko'pincha pulsatsiyalanadi. Pulsatsiya jarohatlanishining bi- 
rinchi soatlarida paydo boMishi mumkin, lekin ko'pincha bir necha 
kun o'tgandan keyin paydo boMadi va gematoma bilan tomir 
bo‘shlig‘ining aloqadaligini ko'rsatib turadi. 
Shikastlanishdan keyingi gematoma ustidan shovqinlar kam ku- 
zatiladi, ular ko'pincha jarohatga bir necha kun o‘tgandan keyin paydo 
boladi. Tomir shikastlanishida auskultativ belgilar paydo boMishi soxta 
anevrizmaga aylangan gematomaning shakllanishi bilan tushuntiriladi. 
Ko‘p hollarda yirik qon tomir jarohallansa, anevrizma hosil boMadi. 
Travmatik anevrizma — bu arteriya bo'shligMning turg'un mahalliy 
patologik kengayishi boMib, arteriya devorining mexanik shikastlanishi 
natijasida hosil boMadi. Ular o‘sma bilan, pulsatsiya bilan, xarakterli 
sistolik shovqin bilan, nervlarning bosishi bilan paydo boMgan og'riqlar 
bilan, perifirik puls o‘zgarishi bilan namoyon boMadi. 
Arterio-venoz travmatik anevrizmada ko‘pincha bir vaqtning o'zida 
ikkala tomir shikastlanadi. ko‘pgina hollarda tomirlar yonida jarohat 
natijasida arterial va venoz sistema o'rtasida patologik anastamoz hosil 
boMadi. Magistral tomirlar shikastlanishi klinikasi yaxshi bilinmaganda 
169 


diagnostika uchun arteriografiya qilish muhimdir. Katta arteriya uzoq 
tomirning jarohatlanishi yoki bu qon aylanishi yetishmovchiligiga olib 
keladi, bu ko'pincha oyoq, qo‘llar jarohatining distal qismida bo'ladi. 
0‘tkir qon aylanishining buzilishi uchrashi va darajasi, tomir tu- 
riga, kollateral tomirlarning jarohatlangandan keyingi holatiga bog‘liq. 
Jarohatlanishdan so‘ng qancha ko'p vaqt o'tsa, qo‘l va oyoqlarda 
qon bilan ta’minlanish yetishmovchilik belgilari shuncha yaqqolroq 
namoyon bo‘ladi. Magistral tomirlarning shikastlanishi natijasida dast- 
labki daqiqalardanoq yuzaga keladigan arterial ishemiya quyidagilarga 
bog'liq: 1) sezilarli ishemiya va oyoq-qo‘l distal qismlarida parasteziya; 
2) ishemik og'riqlar, bu og'riqlar paypaslaganda kuchaymaydi ham 
qo‘l-oyoqlar immobilizatsiya qilingandan so‘ng to'xtovchi (namoyi- 
shi) xususiyataga ega bo'Imaydi, gematomalarga yemiriluvchi og'riqlar 
qo‘shiladi; 3) rangparlik, keyinroq, mramarsimonlik, ko‘karish yuza- 
ga keladi; 4) qo‘l va oyoqlarning periferik qismlarida muzlash; 5) 
Yaradorda zo'rayib boruvchi mushaklarning parezi; 6) chuqur mu- 
shak to‘qimalarining o‘zgarishi hisobiga mushaklar kontrakturasi. 
0‘tkir ishemiya dinamik jarayon bo'lib hisoblanadi. Dastlab bu 
jarayon qaytar jarayon sifatida bo'ladi. To‘qimalarda qon aylanishi- 
ning buzilishi va gipoksiya deyarlik bir xil emas. Ishemiyaga ko‘proq 
nerv to'qimalari chidamli bo'ladi. 6—12 soat ichida nerv to‘qimasining 
ishemiyasini ortga qaytarish mumkin bo‘ladi. Mushaklar kislorod 
yetishmovchiligi juda sezgir. Mushak to'qimalari 6 soatgacha ishe- 
miyaga dosh bera oladi. 
Arteriya shikastlanishida ishemiyaning davomiyligi vaqtga bog'liq 
bo'lganligi uchun dastlabki vaqtlardayoq arteriyalar tekshiriladi. 
Tomirlarning yopiq shikastlanishlari — okklyuziyalovchi shikast- 
lanishlar ko'pincha magistral tomirlarni yopiq shikastlanishida kuza- 
tiladi: oyoq-qo'llarning yopiq sinishi va chiqishida. Sinish yoki chi- 
qish paytida arteriyaning lat yeyishi yoki bosilishida bo'ladi, ba’zan 
o'sha zahoti qon tomirning cho'zilishi sodir bo'ladi, bunda uning 
devori shikastlanishi mumkin. Mexanik ta’sirlarga tomirning ichki 
intima qavati uchraydi. Yopiq shikastlarda arteriyalarning yopilishi 
intimadan adventitsiyaga qarab boradi. Tomirni o'rta qavati ancha 
mexanik ta’sirlarga chidamli, juda qattiq mexanik kuch bo'Igandagina 
butunligi buziladi. Adventitsiya tashqi qavati bo'lib, tomirning eng 
mustahkam qavati hisoblanadi. Tomirning intima va o'rta qavatining 
yorilishi arteriya o'zagining kontuziyasi deyiladi. Anatomik nuqtayi 
nazardan 3 ta darajasi aniqlanadi: I- u aylanmasiga shikastlanmagan 
bo'lib, natijada ayrim darz ketishlar bor. II- intimaning sirkulyar 
shikastlanishi - intimani yorilgan joylarida qon oqimi natijasida ar- 
teriya devori yopiladi, bu esa tomir ichi trombozi hosil bo'lishiga 
sabab bo'ladi. Ill — arteriyaning ichki va o'rta qavatining shikastla- 
nishi. 
170 


Tomir kontuziyasinng II, III darajasi trombozga olib keladi va 
arterial magistral o‘zakni o'tkir bekilishiga olib keladi. Bunday shi- 
kastlanish turini okklyuziyalovchi deyiladi. 
Arteriyani liamma qavatlarining shikastlanishi natijasida pulsatsiyalovchi 
gematoma hosii bo'ladi, u esa travmatik anevrizmaga aylanib qoladi. 
Agar shu sohada vena ham shikastlansa, pulsatsiyalovchi gemato- 
ma hosii bo‘lmaydi. Natijada travmatik arteriovenoz anastamoz hosii 
bo‘ladi yoki arteriovenoz oqma paydo bo'ladi, ya’ni arterial qon venoz 
sistemaga tushib qon aylanish sistemasida umumiy buzilishlarga olib 
keladi. 
Shunday qilib, arteriya shikastlanishini okklyuziyalovchi turida 
o‘tkir qon aylanish yetishmovchiligiga olib keladi. 
Bu qon aylanish yetishmovchiligining og‘ir turi hisoblanadi, 
shuningdek, o‘tkir tomir ochilishi kollateriyalar hali tayyor bo'lmagan 
holatda paydo boladi, biz bilamizki, kollateriyalami asosiy tashuvchi 
bu — mushaklar hisoblanadi. 
Lekin yopiq travmalarda ular ham shikastlanadi. Agar u yoki bu 
tomir yoki mushakni shikastlanishi qon yo'qotish bilan birga borsa, 
ya’ni gipovolemiya bo‘lsa, o‘sha sohada qon aylanish keskin buziladi. 
0‘tkir ishemiya sindromi rivojlanadi va oyoq-qo‘llarda 3-4 soat- 
dan so‘ng qaytmas jarayonlar bo'ladi. Bunday holat oyoq-qo‘lni gemo- 
dinamik amputatsiyasi deb nom olgan. Shu narsa aniqlanganki, qon 
aylanishining o‘tkir yetishmovchiligi natijasida birinchi navbatda mu- 
shaklarda og‘ir o‘zgarishlar kuzatiladi. Boshqa to'qimalar deyarli 
chidamli bo'ladi. 
Skelet mushaklarida qon aylanishni o‘tkir yetishmovchiligi nati- 
jasida katta nekroz maydonlari hosii bo‘ladi. Mushaklar sarg‘ish-oq, 
yoki yashil-sarg‘ish rangga kiradi. Bu esa mushaklarni bo’yovchi mi- 
oglobin pegmentiga bog‘liq. 
Ishemiya bo‘lgan mushaklar qonamaydi yoki ozgina qonaydi, ular 
qisqarish va mexanik ta’sirlarga javob bermaydi. Lekin makroskopik 
belgilar ishemiya bo’lgan mushaklarning, og’irlik darajasini aniqlab 
bermaydi. Mushaklarni qaytish xususiyatiga ega ekanligini aniqlovchi 
tekshirishlardan gistologik — ekspress usuli aniq ma’lumotlarni beradi, 
hattoki, makroskopik oMgan mushak deb hisoblagan bo'lsa ham. 
Arteriya shikastlangan sohasidan tromboz boshlanishi mumkin. 
Odatda tromb proksimal yo’nalishda o’smaydi. Magistral tomirlarda 
tromb hosii boMishi distal yo'nalishda boradi, undan ketuvchi arterial 
tomirlarni bekitib kollaterallarni ishga tushiradi va natijada qon 
oqishini magistral tomirda to'xtatadi. Bu esa arterial ishemiyani 
progressiyasiga va qaytmas jarayonlarga olib kelib, jarohatlangan 
tomirdan periferiyada ko’proq uchraydi. 
Qon tomirlarning yopiq jarohatining klinika diagnostikasi. Bu 
ko‘pincha oyoq-qo‘llarning sinishi yoki chiqishi natijasida bo'ladi. 
171 


Joylashgan sohaga lo'g'ridan to‘g‘ri zarba karri hollarda arteriya 
yoki vena zararlanishiga olib keladi, odatda ular siljigan suyak par- 
chalari bilan shikastlanadi. Bu asosan yelka va son suyaklari distal 
metaepifizlari sohasiga xarakterli. 
Oyoq-qo‘lni yopiq shikastlarida magistral arteriyalar shikastlani- 
shidagi taxminiy asosiy klinik belgilar: 1) og‘riq birdan, chidab 
bo‘lmaydigan, og'riqsizlantiruvchi vositalar bilan bosilmaydigan, si- 
niqlarni tiklash yoki chiqishlarni to‘g‘irlash va qo‘l-oyoq oxirlari 
immobilizatsiyasidan keyin kamaymaydigan, og‘riq shikast joyidan 
distalroq joylashadi; 2) nerv tutamlari ishemizatsiyasi natijasida qo'l- 
oyoq distal qismlarida sezgirlik buzilishi; 3) aktiv harakatlarga 
qodirlikning buzilishi. 
Qo'shimcha belgilar: 1) teri qoplamalarining birdan oqarishi yoki 
sianozi; 2) awal aniqlangan periferik pulsning yo'qolishi; 3) oyoq- 
qo‘lni teri qoplamalaridagi magistral arteriya proeksiyasi sohasida yopiq 
shikast joyida pulsatsiyalovchi yoki katta gematoma (faqat tomir bu- 
tunligi 
buzilganda). 
Bu 
simptomlar 
tomir 
okklyuziyalovchi 
shikastlanishi diagnozini klinik jihatdan qo‘yish uchun yetarlidir. 
Yuqorida 
sanab 
o‘tilgan 
simptomlar 
patogenezi 
quyidagi 
to‘qimaiarning o'suvchi ishemiyasi bilan bog‘liq: muskullar, nervlar, 
fastsiyallar. Tomir ham ishemizatsiyaga uchraydi, elastiklik va trombga 
qarshi xususiyatlarini yo'qotadi. Diagnostika uchun nervlarning ishemik 
zararlanishi juda muhim. 
Ishemik sindrom rivojlanish ketma-ketligi. Birinchi o‘rinda og'riq 
turadi. Keyin sezgirlik buzilishini birinchi belgilari namoyon bo'ladi, 
to butunlay og'riq sezgisi yo'qolgunga qadar. 
To'qimaga igna sanchish mumkin - bemor ta’sirini sezmaydi. 
Ikkinchi bosqich — harakatlar buzilishi: oldin muskullar kuchi sust- 
lashadi, keyin harakat qobiliyati to to'liq ishemik falajgacha yo'qoladi. 
Bu holat qaytmas holatga yaqin. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling