M. M. Aliyev 2019 raqamli texnika va mikroprotsessorlar
NOT (EMAS) mantiqiy ventili
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Алиев М.М.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3.2. Buffer (qaytaruvchi)
- 2.3.3. Mantiqiy ventil AND (VA)
2.3.1. NOT (EMAS) mantiqiy ventili
Mantiqiy ventil NOT y=f(x) bir kirish X va chiqish Y dan iborat 2.2-rasmda koʻrsatilgan. Chiqish signali Y – kirish signali X ga teskari. Agar kirishdagi A signal yolg‘on boʻlsa, chiqishdagi Y signal haqiqat boʻladi. Haqiqiylik jadvali va Bulevoy mantiqiy tenglamasi kirish va chiqish signallaridagi bog‘liqlikni qoʻshadi. Bulevoy mantiqiy tenglamasidagi signal ustidagi chiziq NOT(EMAS) degan ma’noni bildiradi. Ya’ni ushbu matematik ifodada Y=A degani “Y teng emas A ga” degan ma’noni bildiradi. Xuddi shu sababli mantiqiy ventil NOT inverter deb ataladi. 2.2-rasm. Ventil NOT (EMAS),( TTL 74HC04 seriali) 2.3-rasmdagi misolda axborotni mantiqiy NOT (EMAS) element orqali ifodalash usuli keltirilgan. 2.3-rasm. Mantiqiy NOT (EMAS) element orqali ifodalash usuli 21 2.3.2. Buffer (qaytaruvchi) Bir kirishga ega y=f(x) mantiqiy ventil Buffer (buffer) deyiladi 1 , 2.4-rasmda koʻrsatilgan. Buffer shunchaki kirish signalini chiqish signaliga koʻchiradi. 2.4-rasm. Buffer Buffer masalan elektrodvigatellarda katta miqdordagi tokni uzatishda yoki bir vaqtning oʻzida bir nechta mantiqiy elementlarga signallarni yuborishda qoʻllaniladi. Bufferni raqamlar pozitsiyasi darajasida koʻrish bizga uning real funksiyasini tushunishimiz uchun kamlik qiladi. Mantiqiy sistemalarda buffer uchburchak belgisida boʻladi. 2.3.3. Mantiqiy ventil AND (VA) Ikkita kirishga y=f(x 1 ,x 2 ) ega mantiqiy ventil NOT (EMAS) ventili buferdan koʻra qiziqarliroq. 2.5-rasmdagi Mantiqiy ventil VA (AND gate), da kirish signallari A va B da haqiqat boʻlsagina chiqish signali Y da haqiqat boʻlishi mumkin. Aks holda chiqish signali y YOLG‘ON ni koʻrsatadi. 2.5-rasm. Mantiqiy ventil AND (gate) (VA),(TTL 74ALS08 seriali) 1 David Money Harris. Sarah L. Harris Digital Design and Computer Architecture. Second Edition. ISBN: 978- 0-12-394424-5. Morgan Kaufmann.2013. p. – 20. 22 Bu odatda kirish signallari uchun ikkilik sonlar ketma-ketligi 00, 01, 10, 11 dan foydalanamiz. Mantiqiy Buleva tenglamada VA mantiqiy elementi uchun: Y = A * B, Y = AB yoki Y = A ˄ B. ˄ ˗ belgisi konyuksiya (mantiqiy koʻpaytirish) degan ma’noni beradi. 2.6-rasmdagi misolda axborotni mantiqiy AND (VA) element orqali ifodalash usuli keltirilgan. 2.6-rasm. Mantiqiy AND (VA) element orqali ifodalash usuli 2.7-rasm. AND (VA) mantiqiy ventilning elektr sxemasi va haqiqiy jadvali Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling