M. M. Aliyev 2019 raqamli texnika va mikroprotsessorlar


 NOT (EMAS) mantiqiy ventili


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/62
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1832866
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62
Bog'liq
Алиев М.М.

2.3.1. NOT (EMAS) mantiqiy ventili 
Mantiqiy ventil NOT y=f(x) bir kirish X va chiqish Y dan iborat 2.2-rasmda 
koʻrsatilgan. Chiqish signali Y – kirish signali X ga teskari. Agar kirishdagi A 
signal yolg‘on boʻlsa, chiqishdagi Y signal haqiqat boʻladi. Haqiqiylik jadvali va 
Bulevoy mantiqiy tenglamasi kirish va chiqish signallaridagi bog‘liqlikni 
qoʻshadi. Bulevoy mantiqiy tenglamasidagi signal ustidagi chiziq NOT(EMAS) 
degan ma’noni bildiradi. Ya’ni ushbu matematik ifodada Y=A degani “Y teng 
emas A ga” degan ma’noni bildiradi. Xuddi shu sababli mantiqiy ventil NOT 
inverter deb ataladi. 
2.2-rasm. Ventil NOT (EMAS),( TTL 74HC04 seriali)
2.3-rasmdagi misolda axborotni mantiqiy NOT (EMAS) element orqali 
ifodalash usuli keltirilgan. 
2.3-rasm. Mantiqiy NOT (EMAS) element orqali ifodalash usuli 


21 
2.3.2. Buffer (qaytaruvchi) 
Bir kirishga ega y=f(x) mantiqiy ventil Buffer (buffer) deyiladi
1
, 2.4-rasmda 
koʻrsatilgan. Buffer shunchaki kirish signalini chiqish signaliga koʻchiradi. 
2.4-rasm. Buffer 
Buffer masalan elektrodvigatellarda katta miqdordagi tokni uzatishda yoki 
bir vaqtning oʻzida bir nechta mantiqiy elementlarga signallarni yuborishda 
qoʻllaniladi. Bufferni raqamlar pozitsiyasi darajasida koʻrish bizga uning real 
funksiyasini tushunishimiz uchun kamlik qiladi. 
Mantiqiy sistemalarda buffer uchburchak belgisida boʻladi. 
2.3.3. Mantiqiy ventil AND (VA) 
Ikkita kirishga y=f(x
1
,x
2
)
ega mantiqiy ventil NOT (EMAS) ventili buferdan 
koʻra qiziqarliroq. 2.5-rasmdagi Mantiqiy ventil VA (AND gate), da kirish 
signallari A va B da haqiqat boʻlsagina chiqish signali Y da haqiqat boʻlishi 
mumkin. Aks holda chiqish signali y YOLG‘ON ni koʻrsatadi. 
2.5-rasm. Mantiqiy ventil AND (gate) (VA),(TTL 74ALS08 seriali) 
1
David Money Harris. Sarah L. Harris Digital Design and Computer Architecture. Second Edition. ISBN: 978-
0-12-394424-5. Morgan Kaufmann.2013. p. – 20. 


22 
Bu odatda kirish signallari uchun ikkilik sonlar ketma-ketligi 00, 01, 10, 11 
dan foydalanamiz. Mantiqiy Buleva tenglamada VA mantiqiy elementi uchun: 
Y = A * B, Y = AB yoki Y = A ˄ B. 
˄ ˗ belgisi konyuksiya (mantiqiy koʻpaytirish) degan ma’noni beradi. 
2.6-rasmdagi misolda axborotni mantiqiy AND (VA) element orqali 
ifodalash usuli keltirilgan. 
2.6-rasm. Mantiqiy AND (VA) element orqali ifodalash usuli 
2.7-rasm. 
AND (VA) mantiqiy ventilning elektr sxemasi va haqiqiy jadvali 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling