M. M. Aliyev 2019 raqamli texnika va mikroprotsessorlar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/62
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1832866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
Алиев М.М.

 
 



1.1.3. Ikkilik sanoq tizimi 
Birlik bit oʻz ichiga 0 yoki 1 belgini qabul qilishi mumkin
1
. Bir qatorda 
birlashgan bir nechta bitlar ikkilik sonni hosil qiladi. Ikkilik qatorda har bir 
keyingi pozitsiya oʻzidan oldingisiga qaraganda 2 marta koʻp vaznga ega boʻlib, 
shu sabab bu sanoq tizim 2 lik sanoq tizim deb nomlanadi. Ikkilik sonda har bir 
pozitsiya vazni quyidagi koʻrinishda (oʻnlik sanoq tizimiga kabi oʻngdan 
chapga) kattalashadi: 
1, 2, 4, 8, 16, 32, 64, 128, 256, 512, 1024, 2048, 4096, 8192 va hokazo. 
Ikkilik sonlar bilan ishlaganda vaqtni tejash uchun 2
16
gacha boʻlgan 
qiymatlarni yod olish juda ham foydali. 
Xohlagan N razryadli ikkilik raqam 2
N
koʻrinishidagi:0, 1, 2, 3,… 2
N
− 1 
sonlar kombinatsiyasi orqali ifodalanadi. 
Quyidagi 1.1-jadvalda 1-bitli, 2-bitli, 3-bitli va 4-bitli ikkilik sonlar va 
ularning oʻnlik ekvivalentlari koʻrsatilgan. 
Ikkilik sonlar va ularning oʻnlik ekvivalentligi 
1.1-jadval 
1
David Money Harris. Sarah L. Harris Digital Design and Computer Architecture. Second Edition. ISBN: 978-
0-12-394424-5. Morgan Kaufmann.2013. p. – 9. 


10 
Sanoq tizimlari bilan turli arifmetik amallarni bajarish mumkin. Ikkilik 
sanoq tizimida qoʻshish, ayirish va koʻpaytirish amali quyidagi 1.2-
jadvaldagidek bajariladi. 
1.2-jadval 
Qoʻshish 
Ayirish 
Koʻpaytirish 
0+0=0 
0-0=0 
0*0=0 
0+1=1 
1-0=1 
0*1=0 
1+0=1 
1-1=0 
1*0=0 
1+1=10 
10-1=1 
1*1=1 
Ikkita sonni qoʻshish jadval yordamida bajariladi va qoʻshish amali doimo 
kichik razryadlardan boshlanadi. Ikki sonni qoʻshganda yig‘indi 1 razryaddan 
ortsa, u holda 1 ni keyingi razryadga oʻtkazamiz. 
1111←oʻtkazishlar (carries) 
Masalan: 1101,01 
+ 11,11 
10001,00 
Ikkilik sanoq tizimida ayirish amali xuddi oʻnlik sanoq tizimidagidek 
bajariladi. Kamayuvchi son ayiriluvchidan kichik boʻlsa, u holda katta 
razryaddan qarz olinadi. Qarz olingan bir ushbu razryadning ikkitasi biriga 
tengdir. 
1→ qarz () 
Masalan: 11001,01
Tekshiramiz: 
- 11,10
10101,11 
10101,11
+ 11,10 
11001,01 
Ikkilik sanoq tizimida koʻpaytirish amalini koʻp marotaba qoʻshish, boʻlish 
amalini esa koʻp marotaba ayirishdek qarash mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling