M. M. Aliyev 2019 raqamli texnika va mikroprotsessorlar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/62
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1832866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
Алиев М.М.

 
 
 
 
 



Kirish 
Oʻzbekiston xalqining manfaatlarini, ularning hayotiy intilishlari va 
niyatlarini amalga oshirish yosh avlod bilan bog‘liq.
Bugungi kunning dolzarb 
vazifalaridan biri ˗ Oʻzbekiston yoshlarini toʻliq rivojlangan va yuksak ongli 
shaxs sifatida tarbiyalashdir. Ushbu yoʻnalish davlat siyosatida ustuvor vazifa 
hisoblanadi. 
Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan “Ta’lim 
toʻg‘risida” gi 464-sonli Qonuni hamda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini 
qabul qilish hamda qator boshqa me’yoriy hujjatlar va ularning izchil amalga 
oshirilishi yoshlar uchun jahon miqyosidagi bilimlarni olish, kasbiy va munosib 
joy topish uchun muhim asos boʻlib xizmat qiladi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim 
tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻg‘risida” gi qaroriga 
binoan oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha eng muhim vazifalar 
ta’lim 
jarayoniga 
xalqaro 
ta’lim 
standartlari 
asosida 
ilg‘or 
ta’lim 
texnologiyalarini va innovatsiyalarni keng joriy etish edi. 
Ta’lim jarayoniga yangi texnologiyalarni joriy etish talabalarning 
intellektual rivojlanishi va jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun 
muhim shart hisoblanadi. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz bu yoʻnalishdagi 
ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 
tomonidan belgilab qoʻyilgan asosiy tamoyillar axborotlashtirishni rivojlantirish 
sohasida davlatimiz siyosati toʻg‘ridan-toʻg‘ri mamlakatimizni global axborot 
makoniga integratsiyalashga qaratilgan. 2012 yil 21 martda qabul qilingan 
“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va 
rivojlantirish chora-tadbirlari toʻg‘risida” gi qarori bu jarayonga kuchli turtki 
boʻldi. 
Bugungi kunda Oʻzbekiston zamonaviy raqamli iqtisodiyotga tez sur’atda 
kirib kelmoqda, bu yerda axborot va mikro-kompyuter texnologiyalari inson 
faoliyatining barcha sohalarida keng qoʻllanilmoqda. 



Bu shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2017-2021 yillardagi 
rivojlanishning beshta ustuvor yoʻnalishidagi harakat strategiyasi boʻyicha jadal 
sur’atlarda zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari joriy etilgan temir 
yoʻl transporti uchun ham amal qiladi. 
Temir yoʻl avtomatika, telemexanika va kommunikatsiyalarning ma’naviy 
va texnik jihatdan eskirgan tizimlari tezda zamonaviy mikroprotsessor 
texnologiyalari bilan almashtiriladi, shuning uchun mikroprotsessorli tizimlarni 
qurish asoslarini bilish bu sohada mutaxassislarni tayyorlashning ustuvor 
vazifalaridan biridir. 
Elektron elementlarning bazasini rivojlantirish tezligi kundan-kunga oshib 
bormoqda. Elektron mahsulotlar avlodini ishlab chiqarish ularning ishonchliligi 
va xizmat muddatini oshirish, umumiy oʻlchamlarni kamaytirish, massaviy, 
iqtisodiy va iste’mol qilinadigan energiyani tejash, texnologiyani soddalashtirish 
hamda elektron uskunalar parametrlarini takomillashtirish yoʻnalishlarini 
kengaytiradi. 
Mikroelektronika mahsulotlari: turli darajadagi integral mikrosxemalar, 
mikroprotsessorlar, mini va mikro-kompyuterlar ˗ oldingi avlodlardan farqli
funksional jihatdan murakkab radio va hisoblash uskunalarini ishlab chiqarishga 
imkon berdi, bu esa yaxshi koʻrsatkich hisoblanib, uning ishonchliligi va xizmat 
muddati oshdi, energiya va sarf-xarajatlar tejaldi. Mikroelektronik mahsulotlar 
asosidagi uskunalar inson faoliyatining barcha sohalarida keng qoʻllaniladi. 
Avtomatlashtirilgan 
tizimlarda, 
sanoat 
robotlari, 
avtomatika 
va 
avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tarmoqlarida, kommunikatsiya uskunalari 
va boshqa koʻplab tizimlar yaratilishida mikroelektronika katta ahamiyatga ega. 
Xoʻjalik faoliyatining turli sohalariga va avvalo, loyihalashga, asbob-
uskunalarni va texnologiya jarayonlarini boshqarishga avtomatlashtirilgan 
tizimlarni joriy qilish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish darajasini taxminan 
ikki baravar oshirish hamda tez va tejamli qayta quriladigan kompleks 
avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishni barpo etish koʻzda tutilgan. 



Xalq xoʻjaligi sohalarida hisoblash texnikasi birinchi navbatda katta 
integralli sxema asosida qurilgan mikroprotsessor texnikasini qoʻllash bilan 
amalga oshiriladi. 
Mikroprotsessorlar (MP) va kompyuterlarda foydalaniladigan dastur 
vositasida boshqarish universal qurilmalar xususiyatiga ega boʻlgani uchun 
ulardan ma’lumotlarni raqamli qayta ishlash va raqamli boshqarish usullaridan 
ilgari foydalanish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlamagan texnika va xalq xoʻjaligi 
sohalariga qoʻllash imkonini beradi. 
MP va kompyuterlarni keng koʻlamda ishlab chiqarish, ularning texnik 
koʻrsatkichlari yaxshilanishini hamda arzonlashishi tufayli yaqin yillarda temir 
yoʻl transportida mikroprotsessorlar va kompyuterlar avtomatika, telemexanika 
va aloqa tizimlari qurilmalarida foydalaniladi. MP va kompyuterlarni 
avtomatika lokal qurilmalari va texnologik jarayonlar hamda obyektlarni 
boshqarish tizimlarida qoʻllash tajribasi MP lardan foydalanish sifat jihatdan 
yangi intellektual xususiyatlarga ega boʻlgan avtomatika tizimlarini yaratish va 
bu 
qurilma 
hamda 
tizimlarning 
nihoyatda 
yuqori 
texnik-iqtisodiy 
koʻrsatkichlarini ta’minlash va funksionol imkoniyatlarini kengaytirishdan 
dalolat beradi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling