M. M. Aliyev 2019 raqamli texnika va mikroprotsessorlar


MANTIQIY ALGEBRANING ASOSIY HOLATLARI


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/62
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1832866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
Алиев М.М.

1. MANTIQIY ALGEBRANING ASOSIY HOLATLARI 
1.1. Raqamli va mikroprostessor texnikasining arifmetik asosi. 
1.1.1. Hisoblash tizimi 
Kompyuter faqat sonli shakldagi ma’lumotlarni qayta ishlaydi. Barcha 
ma’lumotlar, xususan, dasturlar, matnlar va ovozlar rasmning kompyuterda 
qayta ishlanishi uchun u albatta sonli shaklga almashinishi lozim. Kompyuter 
ma’lumotlarni qabul qilar ekan, dastlab u kodlanadi. Har harfga bir belgi yoki 
sonlarga maxsus simvollar mos keladi. Uni ekranga yoki chop qilish qurilmasiga 
chiqarish jarayonida ana shu songa mos belgi qoʻyiladi. 
Son va belgi orasidagi bog‘lanish belgilarni kodlash deb yuritiladi. 
Kompyuterdagi ma’lumot birligi bir bitdan iborat, ya’ni u 0 yoki 1 qiymat qabul 



qiladi. Lekin, kompyuter buyruqlari bayt bilan ishlaydi. Ketma-ket sakkiz bit bir 
baytdan iborat. Demak, bir bayt birgina belgi qiymatini 256 variantda kodlash 
imkoniyatini beradi. 
Ma’lumotni oʻlchashning katta birliklari kilobayt, megabayt, gigabayt 
boʻlib, ular quyidagiga teng: 
1024 bayt = 1Kbayt 
1024 Kbayt = 1Mbayt 
1024 Mbayt = 1Gbayt 
Biz oʻnlik sanoq tizimida ishlashga oʻrganganmiz. Lekin 0 va 1 raqami 
asosida tuzilgan, raqamli tizimlarda ikkilik va oʻn oltilik sonlardan foydalanish 
qulayroq. Bu boʻlimda biz hisoblash tizimini koʻrib chiqamiz. 
1.1.2. Oʻnlik sanoq tizimi 
Boshlang‘ich ta’limdanoq hamda maktablarda oʻnlik sonlar ustida amallarni 
bajarishni oʻrganganmiz. Bu sanoq tizimida oʻnta arab sonlaridan foydalaniladi: 
0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 – bu raqamlar qoʻlimizdagi barmoqlar soni. 9 dan katta 
boʻlgan son bitta katak oldinda yoziladi. Bu raqam oʻzidan kengi turgan 
raqamdan oʻn marta katta hisoblanadi. Mana shuning uchun bu sanoq tizimi 
oʻnlik sanoq tizimi deb nom olgan. Oʻngdan chapga qarab har bir pozitsiyada 
turgan son quyidagi koʻrinishda oshadi: 
1, 10, 100, 1000 va hokazo. Oʻnlik sonda turgan raqam pozitsiyasi razryad 
yoki dekada deb ataladi. 
Bir xil amalda har xil sanoq tizimlari ishtirok etganda oʻnlik sanoq tizimini 
raqamlardan keyin pastiga 10 soni qoʻyish bilan belgilanadi: 9742
10

N – razryadli oʻnlik son 10
N
koʻrinishida quyidagi sonlar kombinatsiyasini 
qabul qilishi mumkin: 0, 1, 2, 3, … 10
N
-1. Bu N razryadli son diapazoni 
deyiladi. 3 ta raqamdan iborat oʻnlik son (razryad), masalan, 0-999 gacha 
boʻlgan diapazondagi 1000 dan bir kombinatsiya hisoblanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling