M. M. Aliyev 2019 raqamli texnika va mikroprotsessorlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Алиев М.М.
9 1.1.3. Ikkilik sanoq tizimi Birlik bit oʻz ichiga 0 yoki 1 belgini qabul qilishi mumkin 1 . Bir qatorda birlashgan bir nechta bitlar ikkilik sonni hosil qiladi. Ikkilik qatorda har bir keyingi pozitsiya oʻzidan oldingisiga qaraganda 2 marta koʻp vaznga ega boʻlib, shu sabab bu sanoq tizim 2 lik sanoq tizim deb nomlanadi. Ikkilik sonda har bir pozitsiya vazni quyidagi koʻrinishda (oʻnlik sanoq tizimiga kabi oʻngdan chapga) kattalashadi: 1, 2, 4, 8, 16, 32, 64, 128, 256, 512, 1024, 2048, 4096, 8192 va hokazo. Ikkilik sonlar bilan ishlaganda vaqtni tejash uchun 2 16 gacha boʻlgan qiymatlarni yod olish juda ham foydali. Xohlagan N razryadli ikkilik raqam 2 N koʻrinishidagi:0, 1, 2, 3,… 2 N − 1 sonlar kombinatsiyasi orqali ifodalanadi. Quyidagi 1.1-jadvalda 1-bitli, 2-bitli, 3-bitli va 4-bitli ikkilik sonlar va ularning oʻnlik ekvivalentlari koʻrsatilgan. Ikkilik sonlar va ularning oʻnlik ekvivalentligi 1.1-jadval 1 David Money Harris. Sarah L. Harris Digital Design and Computer Architecture. Second Edition. ISBN: 978- 0-12-394424-5. Morgan Kaufmann.2013. p. – 9. 10 Sanoq tizimlari bilan turli arifmetik amallarni bajarish mumkin. Ikkilik sanoq tizimida qoʻshish, ayirish va koʻpaytirish amali quyidagi 1.2- jadvaldagidek bajariladi. 1.2-jadval Qoʻshish Ayirish Koʻpaytirish 0+0=0 0-0=0 0*0=0 0+1=1 1-0=1 0*1=0 1+0=1 1-1=0 1*0=0 1+1=10 10-1=1 1*1=1 Ikkita sonni qoʻshish jadval yordamida bajariladi va qoʻshish amali doimo kichik razryadlardan boshlanadi. Ikki sonni qoʻshganda yig‘indi 1 razryaddan ortsa, u holda 1 ni keyingi razryadga oʻtkazamiz. 1111←oʻtkazishlar (carries) Masalan: 1101,01 + 11,11 10001,00 Ikkilik sanoq tizimida ayirish amali xuddi oʻnlik sanoq tizimidagidek bajariladi. Kamayuvchi son ayiriluvchidan kichik boʻlsa, u holda katta razryaddan qarz olinadi. Qarz olingan bir ushbu razryadning ikkitasi biriga tengdir. 1→ qarz () Masalan: 11001,01 Tekshiramiz: - 11,10 10101,11 10101,11 + 11,10 11001,01 Ikkilik sanoq tizimida koʻpaytirish amalini koʻp marotaba qoʻshish, boʻlish amalini esa koʻp marotaba ayirishdek qarash mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling