M. M. Aliyev 2019 raqamli texnika va mikroprotsessorlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Алиев М.М.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Bir sanoq tizimidan boshqa bir sanoq tizimiga oʻtkazish qoidalari
- 1-misol . 84 10 oʻnlik sonni ikkilik songa aylantirish. Yechim
- 4-misol.
- 2. MANTIQIY ELEMENTLAR VA FUNKSIYALAR 2.1. Integral sxemalar
11 1.1.4. Oʻn oltilik sanoq tizimi Matematik hisoblashlarda uzun ikkilik sonlardan foydalanish noqulay hamda yozishda xatoliklarga koʻp yoʻl qoʻyiladi. Shu sabab, uzun ikkilik sonni 4 bitli guruhlarga boʻlib chiqish mumkin. Har bir guruh 2 4 =16 koʻrinishidagi sonlar kombinatsiyasiga ega boʻladi. Aynan shuning uchun koʻpincha sanoq tizimi bilan ishlashda bu yoʻnalish qulay hamda 16 lik sanoq tizimi deb nomlanadi 1 . Oʻn oltilik sonlarni yozish uchun 0-9 boʻlgan raqamlar va A-F gacha boʻlgan harflar ishlatiladi (1.3-jadval). Oʻn oltilik sonlarda har bir pozitsiyadagi sonning koʻrinishi quyidagicha oʻzgaradi: 1, 16, 16 2 (yoki 256), 16 3 (yoki 4096) va hokazo. Oʻn oltilik sanoq tizimi. 1.3-jadval 16 lik sanoq tizimida qoʻshish va ayirish amallari quyidagi 1.4-jadval yordamida bajariladi. 1.4-jadval. +→ -← 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 А В С D E F 1 David Money Harris. Sarah L. Harris Digital Design and Computer Architecture. Second Edition. ISBN: 978- 0-12-394424-5. Morgan Kaufmann.2013. p. – 11. 12 0 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 А В С D E F 1 1 2 3 4 5 6 7 8 9 А В С D E F 10 2 2 3 4 5 6 7 8 9 А В С D E F 10 11 3 3 4 5 6 7 8 9 А В С D E F 10 11 12 4 4 5 6 7 8 9 А В С D E F 10 11 12 13 5 5 6 7 8 9 А В C D E F 10 11 12 13 14 6 6 7 8 9 А В С D E F 10 11 12 13 14 15 7 7 8 9 А В С D E F 10 11 12 13 14 15 16 8 8 9 А В С D E F 10 11 12 13 14 15 16 17 9 9 А В С D E F 10 11 12 13 14 15 16 17 18 А А В С D E F 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 В В С D E F 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 1А С С D E F 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 1А 1В D D E F 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 1А 1В 1С E E F 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 1А 1В 1С 1D F F 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 1А 1В 1С 1D 1Е Masalan, 35268 39548 + 91433 - 17058 C669В 16 224F0 16 1.2. Bir sanoq tizimidan boshqa bir sanoq tizimiga oʻtkazish qoidalari a) Oʻnlik sanoq tizimidan quyi sanoq tizimiga oʻtkazish qoidasi: Oʻnlik sanoq tizimidagi son oʻtkazilishi lozim boʻlgan sanoq tizimining asosiga ketma-ket boʻlinadi va bu jarayonni toki boʻlinma boʻluvchidan kichik boʻlgunga qadar davom ettiriladi va hosil qilingan qoldiq hadlar boʻlinmadan boshlab chapdan oʻngga qarab tartiblanadi. 1-misol. 84 10 oʻnlik sonni ikkilik songa aylantirish. Yechim: Berilgan sonni ketma-ket 2 ga boʻlib boramiz. Agar qoldiqsiz boʻlinsa “0”, qoldiqli boʻlinsa “1” raqamlarini javobda oʻngdan chapga qarab yozib boramiz. 13 84/2=42 qoldiq yoʻq, demak birinchi raqam 0 teng. Endi 42/2=21 qoldiq yoʻq, demak ikkinchi raqam 0 teng. 21/2=10 qoldiq 1 teng, demak 3 raqamda 1 soni qoʻyiladi. 10/2=5 qoldiq yoʻq, demak 4 raqam 0 teng. 5/2=2 qoldiq 1 teng, 5 raqam 1. 2/2=1 qoldiq yoʻq, demak 6 raqam 0 teng. 1 2 ga boʻlinmaganligi uchun oxirgi 7 raqam 1 soni boʻladi. Shunda natija 84 10 = 1010100 2 2-misol. 135(10) → X(16) 135(10) → X(2) X(16)=87 X(2)=1000111 b) Oʻnlik kasrni quyi sanoq tizimiga oʻtkazish qoidasi. Oʻnlik sanoq tizimidagi kasr sonni quyi sanoq tizimining asosiga berilgan oʻnlik kasr ketma-ket koʻpaytiriladi va hosil boʻlgan sonning butun qismi verguldan keyin ketma-ket olinadi. 0,63(10)→ X(2) X(2)= 0,10100 c) Ikkilik sanoq tizimidan oʻnlikka va oʻn oltilikdan oʻnlikka oʻtkazish qoidalari. N = a n q n + a n-1 q n-1 + a 1 q 1 + a 0 q 0 + a -1 q -1 + ... + a -m q -m , 0 63*2 1 26*2 0 52*2 1 04*2 0 08*2 0 016 14 Bu yerda: N – oʻtkazilgan son; a – ixtiyoriy 0 dan 9 gacha boʻlgan sonlar; q – sanoq tizimining asosi; n, m – musbat sonlar. 3-misol. Sonlarni ikkilik va oʻn oltilik sanoq tizimlaridan oʻnlik sanoq tizimiga oʻtkazish: a) 10110 2 →X(10) b) 10000111,100 2 →X 10 X 10 =1*2 7 +1*2 2 + 1*2 1 +1*2 0 +1*2 -1 = 128 + 4 + 2 + 1 + 0,5 = 135,5 10 c) 207,4 16 →X 10 X 10 =2*16 2 +0*16 1 + 7*16 0 +4*16 -1 = 512+7+0,25 = 519,25 10 d) 2ED 16 →X 10 d) Oʻn oltilik sanoq tizimidan ikkilikka va aksincha, oʻtkazishlarda quyidagi jadvaldan foydalanamiz. 1.4-jadval 2-lik s/t 16-lik s/t 0000 0 0001 1 15 0010 2 0011 3 0100 4 0101 5 0110 6 0111 7 1000 8 1001 9 1010 A 1011 B 1100 C 1101 D 1110 E 1111 F 4-misol. Oʻn oltilik sonni ikkilik songa oʻtkazish. 2 ED 16 sonini ikkilik songa aylantirish. Yechim: Oʻn oltilik sonni ikkilik songa yoki teskarisi ˗ ikkilik sonni oʻn oltilik songa oʻzgartirish juda oson. Har bir oʻn oltilik son 4-razryadli ikkilik songa mos ravishda yoziladi. 2 16 =0010 2 , E 16 =1110 2 va D 16 =1101 2 , shunga koʻra 2 ED 16 =001011101101 2 boʻladi. 5-misol. Ikkilik sonni oʻn oltilik songa oʻtkazish. 1111010 2 sonni on oltilik songa oʻtkazish. Yechim: Bu juda onson. Oʻn tomondan boshlaylmiz. Oxirgi toʻrta bit 1010 2 =A 16 teng. Kelgusi bitlar 111 2 =7 16 teng, ya’ni 1111010 2 =7A 16 teng. Nazorat savollari 1. Ikkilik sanoq sistemasidagi sonlar ustidada toʻrtta arifmetik amal qanday bajariladi? 16 2. Sakkizlik sanoq sistemasidagi sonlar ustida toʻrtta arifmetik amalni bajarish qanday boʻladi? 3. Oʻn oltilik sanoq sistemasidagi sonlar ustida ikkita (qoʻshish va ayirish) arifmetik amallarini bajarish usullarini bilasizmi? 4. Natijalardagi solishtirishni tushuntiring? 2. MANTIQIY ELEMENTLAR VA FUNKSIYALAR 2.1. Integral sxemalar Integral mikroelektronika zamonaviy diskret texnikaning asosiy element bazasi hisoblanadi. Amaliyotda quyidagi integral sxemalar farqlanadi: KIS – kichik integral sxemalar (10 ta element); OʻIS – oʻrta integral sxemalar (100 ta gacha); KIS – katta integral sxemalar (100-1000) va OʻKIS – oʻta katta integral sxemalar (1000 ta dan koʻp elementlar). Hozirda raqamli mikrosxemaning faol elementlari sifatida ikkita tranzistorlar qoʻllaniladi: biopolyar va unipolyar (polevoy). Oxirgisi metall- okisel- yarimoʻtkazgichli (MOY) tuzilishga egadir, yoki, metall-dielektr- yarimoʻtkazgich (MDY) deb ataladi. Tranzistorlarni bitta element orqali oʻzaro ulash usullari ularning mantiqini aniqlaydi. Biopolyar tranzistorlar asosidagi mantiqiy integral sxemalardan hozirgi kunda koʻp qoʻllaniladigani quyidagilar hisoblanadi: tranzistor- tranzistorli mantiq (TTM) bir qancha koʻrinishda, emitter-aloqali mantiq (EAM) yoki boshqacha nomlanishi tok almashtiruvchi mantiq (TAM) va kam ishlatiladigani diod-tranzistorli mantiq (DTM). Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling