M. M. Aliyev 2019 raqamli texnika va mikroprotsessorlar
MANTIQIY ALGEBRANING ASOSIY HOLATLARI
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Алиев М.М.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1.2. Oʻnlik sanoq tizimi
1. MANTIQIY ALGEBRANING ASOSIY HOLATLARI
1.1. Raqamli va mikroprostessor texnikasining arifmetik asosi. 1.1.1. Hisoblash tizimi Kompyuter faqat sonli shakldagi ma’lumotlarni qayta ishlaydi. Barcha ma’lumotlar, xususan, dasturlar, matnlar va ovozlar rasmning kompyuterda qayta ishlanishi uchun u albatta sonli shaklga almashinishi lozim. Kompyuter ma’lumotlarni qabul qilar ekan, dastlab u kodlanadi. Har harfga bir belgi yoki sonlarga maxsus simvollar mos keladi. Uni ekranga yoki chop qilish qurilmasiga chiqarish jarayonida ana shu songa mos belgi qoʻyiladi. Son va belgi orasidagi bog‘lanish belgilarni kodlash deb yuritiladi. Kompyuterdagi ma’lumot birligi bir bitdan iborat, ya’ni u 0 yoki 1 qiymat qabul 8 qiladi. Lekin, kompyuter buyruqlari bayt bilan ishlaydi. Ketma-ket sakkiz bit bir baytdan iborat. Demak, bir bayt birgina belgi qiymatini 256 variantda kodlash imkoniyatini beradi. Ma’lumotni oʻlchashning katta birliklari kilobayt, megabayt, gigabayt boʻlib, ular quyidagiga teng: 1024 bayt = 1Kbayt 1024 Kbayt = 1Mbayt 1024 Mbayt = 1Gbayt Biz oʻnlik sanoq tizimida ishlashga oʻrganganmiz. Lekin 0 va 1 raqami asosida tuzilgan, raqamli tizimlarda ikkilik va oʻn oltilik sonlardan foydalanish qulayroq. Bu boʻlimda biz hisoblash tizimini koʻrib chiqamiz. 1.1.2. Oʻnlik sanoq tizimi Boshlang‘ich ta’limdanoq hamda maktablarda oʻnlik sonlar ustida amallarni bajarishni oʻrganganmiz. Bu sanoq tizimida oʻnta arab sonlaridan foydalaniladi: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 – bu raqamlar qoʻlimizdagi barmoqlar soni. 9 dan katta boʻlgan son bitta katak oldinda yoziladi. Bu raqam oʻzidan kengi turgan raqamdan oʻn marta katta hisoblanadi. Mana shuning uchun bu sanoq tizimi oʻnlik sanoq tizimi deb nom olgan. Oʻngdan chapga qarab har bir pozitsiyada turgan son quyidagi koʻrinishda oshadi: 1, 10, 100, 1000 va hokazo. Oʻnlik sonda turgan raqam pozitsiyasi razryad yoki dekada deb ataladi. Bir xil amalda har xil sanoq tizimlari ishtirok etganda oʻnlik sanoq tizimini raqamlardan keyin pastiga 10 soni qoʻyish bilan belgilanadi: 9742 10 . N – razryadli oʻnlik son 10 N koʻrinishida quyidagi sonlar kombinatsiyasini qabul qilishi mumkin: 0, 1, 2, 3, … 10 N -1. Bu N razryadli son diapazoni deyiladi. 3 ta raqamdan iborat oʻnlik son (razryad), masalan, 0-999 gacha boʻlgan diapazondagi 1000 dan bir kombinatsiya hisoblanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling