M. M. Mirxojaev Namangan muxandislik-texnologiya instituti dotsenti, t f. n. PhD


Download 438.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana08.05.2023
Hajmi438.02 Kb.
#1442038
1   2   3   4   5   6
The article developed an algorithm for estimating the flexural stiffness of suit threads, on 
the basis of which the theory of displacement of the free sections of the thread according to the 
flexural stiffness of purl threads with different textile and fiber compositions was experimentally 
determined. The difference in the flexural virginity of bale and unbalanced yarn at manufacturing 
enterprises was determined. The developed method and the constructed algorithm make it possible 
to quickly assess the bending strength of suit threads. 
Ma’lumki, kostyum qotirma matolarining asosiy vazifalari jumlasiga uning maxsus 
qismlariga berilgan geometrik shakllarni uzoq muddat davomida ko’p marta takrorlanadigan 
yuklanishlarga bardoshliligini ta’minlash va avrani ortiqcha plastik deformatsiyalanishidan 
saqlash kiradi. Masalan, qotirma mato va avra materiallarining bir-
biriga nisbatan ko’p plastik 
deformatsiyalanishi kostyum dizaynini buzilishiga 
– qotirma mato va avrani bir-birlariga nisbatan 
siljib ketishiga olib keladi. Kostyumda bu va shunga o’xshash yana bir qancha kamchiliklar uzoq 
muddat yuzaga kelmasligini ta’minlash uchun qotirma mato va avra materiallari ularni 
deformatsiyalanish qonuniyatlari inobatga olgan holda tanlanadi va qotirma mato materialining 
ijobiy xususiyatlarini orttirish uchun unga qo’shimcha ishlov berish maqsadida oxorlanadi yoki 
yelimlanadi. Oxorlash natijasi birinchi navbatda qotirma mato materialiga to’qish jarayonida 
berilgan texnol
ogik xususiyatlar va to’qimadagi tanda va arqoq iplarning xossalari hamda 
oxorlash materialining sifatiga bog’liq bo’ladi. 
Tanda va arqoq iplarining xossalari o’z 
navbatida tolalarning tabiiy xususiyatlari, uzunligi, yigirish jarayonida berilgan texnologik 
xususiyatlarga bog’liq bo’ladi [1-10].
Iplar (tanda va arqoq iplari) va to’qimaning yuqorida ta’kidlangan va yana bir qancha 
xususiyatlarini (masalan, quyosh nuri va namlikka chidamliligi va b.) inobatga olgan holda o’zaro 
bir-biriga mos keladigan xossalarga ega avra va qotirma mato materiallarini tanlashda anchagina 
murakkabliklar yuzaga keladi [9, 10]. 
Iplarni buralish hamda egilishga qarshilik (bikrlik)lari cho’zilishga qarshiligiga nisbatan 
kichkina va shuning uchun ular tashqi kuch ta’sirida murakkab geometrik shakllarni egallay oladi. 
Bu holat iplar dinamikasiga oid tadqiqotlarni, masalan sterjenlar nazariyasidan ancha orqada 
qolishining asosiy sababidir. Iplar harakatining differentsial tenglamalari boshlang’ich, chegaraviy 
shartlar bilan birgalik
da golonom va nogolonom bog’lanish shartlarini ham qanoatlantirish zarur 
[1, 3, 4, 6, 7, 11, 12]. Golonom va nogolonom bog’lanishlar deformatsiyalanish qonuniyati 
chiziqli bo’lgan iplarning differentsial tenglamalarini nochiziq bo’lib qolishiga olib keladi [3-6, 
11]. Bu, o’z navbatida iplarni harakati differentsial tenglamalarini analitik yechish imkoniyatlarini 


МАШИНАСОЗЛИК ИЛМИЙ-ТЕХНИКА ЖУРНАЛИ
SCIENTIFIC AND TECHNICAL JOURNAL MACHINE BUILDING
№1, 2022 йил 
www.andmiedu.uz 
ISSN 2181-1539 
329 
cheklaydi. SHu tufayli ko’pchilik tadqiqotlarda iplar faqat cho’zilishga qarshilik ko’rsata oladigan 
muhit deb qaraladi.
Ayrim, tabiiy tolali ip
larning asosiy ko’rsatkichlaridan biri ularni kalta tolalardan 
yigirilganligidir. Iplarni kalta tolalardan yigirilganligi ularning deformatsiyalanish qonuniyatiga 
kuchli ta’sir ko’rsatadi. SHu mavzuga yaqin tadqiqotlar biri [8] ishda olib borilgan. Bu yerda 
ingichka, kalta va egiluvchan sim tolalardan tashkil topgan kompozit materialining cho’zilish 
diagrammasi undagi simlarni joylashishi va deformatsion xususiyatlariga bog’liq bo’lishi 
asoslangan. Buning uchun kompozit material va undan sug’urib olingan simlarning xossalari 
taqqoslangan, hamda simlarni uzunligini kompozitning birgalikda deformatsiyanish qonuniga 
ta’siri baholangan. 
Iplarni ko’ndalang kesimlarini bir jinsli emasligini – u yerda xossalari bir-biridan farq 
qiladigan tolalarning ko’ndalang kesimlarini notekis joylashganligini ip materialining 
deformatsiyalanishi qonuniyatiga ta’sirlarini baholash oid tadqiqotlarni olib borishda [8-12] 
ishlarda keltirilgan usullardan foydalansa bo’ladi.
[12] ishda egiluvchan simlarni burashdan hosil bo’lgan va kimyoviy birikma bilan 
qoplangan yumshoq hamda ingichka kabelni ko’ndalang kesimining bir jinsli emasligini 
materialning birgalikda deformtsiyalanish qonuniyatini aniqlash va baholash metodlari hamda 
o’tkazilgan tajribalarning natijalari keltirilgan. 
Ayrim [16] ishlarda tolali iplarning materialini deformatsiyalanishi qonuniyatiga iplarga 
buramlar berish usullarini materialning deformatsiyalanishi qonuniyatiga ta’sirini baholash usuli 
va bunday iplarda dinamik to’lqinlarni tarqalishi nazariyasi ishlab chiqilgan. 
Yuqoridagi taxlillarga asoslanib, kostyum qotirma matosini oxorlangan iplari (tanda va 
arqoq iplari) materiallarini egilishga bikrligini baholashning nazariy usulini keltiramiz. 
Odatda kostyum materiali asosan cho’zilish va egilish deformatsiyalariga qarshilik 
ko’rsata olishi kerak bo’ladi. SHuning uchun kostyum qotirma matolari materialining cho’zilish 
va egilishga mustahkamligi hamda kostyumga o’rnatilgan geometrik shaklni uzoq muddat saqlash 
qobiliyatini orttirish maqsadida materialga qo’shimcha ishlov beriladi. Ishlov berish kimyoviy 
eritmalar yordamida oxorlanadi. Qotirma mato va oxorlash uchun ishlatiladigan eritmaning 
materiallari avra materialining xususiyalaridan kelib chiqqan holda tanlanadi. CHunki 
kostyumning qotirma matolari unga berilg
an boshlang’ich shakl – holatini uzoq vaqt saqlashi, 
kostyumni kiyish davomida ko’p marta takrorlanadigan (tsiklik) kuchlanishlarga bardosh berishi, 
plastik deformatsiyalanishga qarshiligi yuqori bo’lishi zarur. Kostyumni unga berilgan 
boshlang’ich shaklni saqlay olmasligi, masalan, old bo’lak bort qotirmasi dizayni buzilishi, 
plastik deformatsiyalar hosil bo’lishi kostyum sirtida turli notekisliklar paydo bo’lishiga (gofrlar 
hosil bo’lishiga) sabab bo’ladi. Kostyum sirtida turli notekisliklar paydo bo’lishiga asosiy sabab 
kostyumning avra va qotirma mato matolari materiallarining turli qonuniyatlar bo’yicha va turli 
miqdorlarga plastik deformatsiyalanishi natijasida yuzaga keladi. 
Yuqorida tahlil qilingan manbalarga asoslanib va kompozitsion materillar nazariyasidan 
kelib chiqqan holda yelimlangan kostyum qotirma matolari materialini matritsasi oxorlash 
qorishmasidan “armaturalari” esa qotirma matoning tanda va arqoq iplaridan iborat bo’lgan 
kompozit materil deb qarash mumkin. Bunday kompzitsion materialning mexanik xossalari uning 
tarkibidagi matritsa va barcha “armatura”larning xossalari va ularni matritsa ichida joylashishi 
qonuniyatlari (geometriyasi) orqali baholanadi.
Quyida tanlab olingan qotirma matodan oxorlashdan oldin va keyin ajratib olingan tanda 
va arqoq iplarini egilishga bikrligini aniqlashning nazariy usulini asoslash va olingan natijalarni 
tajriba natijalari bilan taqqoslash bo’yicha bajarilgan izlanishlar xulosalarini keltiramiz. 
Oddiy 
– oxorlanmagan ipning ko’ndalang kesimi har doim ham tutash muhit 
bo’lavermaydi. Uning ko’ndalang kesimidagi tolalarni oraliqlarida bo’shliqlar saqlanib qolgan 


МАШИНАСОЗЛИК ИЛМИЙ-ТЕХНИКА ЖУРНАЛИ
SCIENTIFIC AND TECHNICAL JOURNAL MACHINE BUILDING
№1, 2022 йил 
www.andmiedu.uz 
ISSN 2181-1539 
330 
bo’ladi. Buning natijasida ipga tashqi kuchlar ta’sir etganda undagi tolalar bir-birlariga nisbatan 
siljib ketishi va ularni ipni uzunligi bo’ylab joylashgan joylari o’zgarib qolishi mumkin. 
Oxorlangan ip bo’lagi ko’ndalang kesimlaridagi bo’shliqlari qorishma bilan to’ldirilgan 
tutash muhit 
– kompozit materialga aylanadi. Bunday ipga tashqi kuchlar ta’sir etganda uning 
ko’ndalang kesimlaridagi tolalar bir-birlariga nisbatan siljimaydi. 
Sanoatda kostyumning qotirma mato va avra materiallari ularni egilishga bikrligini portativ 
qurilma yordamida sinash va natijalarni normativ ko’rsatkichlar bilan taqqoslash orqali tanlanadi. 
Bunday, sanoatda mavjud quril
mani takomillashtirish bo’yicha olib borilgan tadqiqotlarning 
natijalari [14, 15] ishlarda keltirilgan. 
Qotirma mato iplarini egilishga bikrligini baholash algoritmi. Faraz qilaylik, vaqtni 
qiymatlaridan birida ipning erkin qismi portativ qurilma stoli ustida 1-shaklda ifodalanidek 
qilib joylashtirilgan 
tekisligida kichik masofaga egilgan va gorizontal yo’nalishdagi 
harakati to’xtatilgan bo’lsin. Xususiy og’irlik kuchining egilgan ipning istalgan nuqtasiga 
o’tkazilgan urinma o’qga proektsiyasi

Download 438.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling