M. M. Yuldasheva temir yo`l transportida moliyaviy hisob va hisobot toshkent – 2022


Download 0.56 Mb.
bet14/18
Sana25.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1119025
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
uslubiy qo`llanma 28.06.22.

Buxgalteriya balansi
Buxgalteriya balansining har xil turlari mavjud bo‘lib, ular quyidagi belgilari bo‘yicha tasniflanadi: tuzilish vaqti, axborot hajmi, mulkchilik shakli, aks ettirish obyekti, tozalash usuli. Tuzilish vaqtiga ko‘ra buxgalteriya balanslari kirish, joriy, tugatish, bo‘lish va birlashtirish balanslari bo‘lishi mumkin.
Kirish balansi korxonaning paydo bo‘lish vaqtiga tuziladi. U korxona o‘z faoliyatini boshlayotgan boyliklar summasini belgilaydi. Joriy balanslar korxona qonunchilik bilan belgilangan muddatda mavjud bo‘lgan vaqt mobaynida vaqti-vaqti bilan tuzib turiladi. Tugatish balanslari korxona tugatilganda tuziladi. Bo‘lish balanslari yirik korxona bir necha mayda korxonalarga bo‘linish vaqtida yoki shu korxonaning bir yoki bir necha tarkibiy bo‘linmasini boshqa korxonaga berish vaqtida tuziladi. Ba’zida bu balans berish balansi ham deyiladi. Birlashtirish balansi bir necha korxonalar bir korxonaga birlashganda (qo‘shilganda) tuziladi. Axborot hajmi bo‘yicha balanslar bir martalik va yig‘ma balanslarga bo‘linadi. Bir martalik balans faqat bitta korxona bo‘yicha joriy hisob asosida tuziladi. Yig‘ma balans bir martalik balanslar asosida tuziladi va birlashmalar (vazirliklar, firmalar, aksiyadorlik jamiyatlari va shu kabilar)ning xo‘jalik mablag‘larini aks ettiradi. Aks ettirish obyektiga ko‘ra balanslar mustaqil va alohida balansga ajratiladi. Mustaqil balansni yuridik shaxs bo‘lgan korxonalar tuzadi. Alohida balansni korxonaning tarkibiy bo‘linmalari (filiallar, tsexlar, korxonaning avtotransport va turar-joy kommunal xo‘jaliklari va shu kabilar) tuzadi. Tozalash usuliga ko‘ra balanslar balans-brutto va balans-nettoga ajratiladi.


Korxonaning 201_-yil 1-yanvarga balansi

Aktiv

Passiv

Bo‘limlari

Yil boshi

Yil oxiri

Bo‘limlari

Yil boshi

Yil oxiri

1. Asosiy vositalar va qo‘yilmalar







1. O‘z mablag‘lari manbalari







2. Zaxiralar va xarajatlar







2. Kreditlar va boshqa qarzga olingan mablag‘lar







3. Pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va boshqa aktivlar







3. Hisob-kitoblar va boshqa passivlar







Balans







Balans










Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling