M. M. Yuldasheva temir yo`l transportida moliyaviy hisob va hisobot toshkent – 2022


-bo‘lim. Hisob-kitob hisobidagi pul mablag‘larining buxgalteriya hisobiga variantlar bo‘yicha berilgan summalar


Download 0.56 Mb.
bet11/18
Sana25.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1119025
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
uslubiy qo`llanma 28.06.22.

5-bo‘lim. Hisob-kitob hisobidagi pul mablag‘larining buxgalteriya hisobiga variantlar bo‘yicha berilgan summalar


(ming so‘m)

Variantlar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

1- qism




350000

350000

350000

350000

350000

350000

350000

350000

350000

350000




2- qismdagi operatsiyalar qoldiq balansdagi summadan to’lanadi

3- qism




895180

461790

654785

767780

987786

932790

745800

987802

999800

890796




4- qism




300678

400543

500788

650234

550000

95098

750000

970000

740000

859000

5- qism




1750

2746

2248

1253

1930

1840

1635

2236

3330

4446




6- qism




644701

746363

955535

457895

884001

980826

540990

345981

78625

761369

7- qism ( provodka berilmaydi)

8- qism




123

567

765

908

654

900

579

656

654

678

5-bo‘lim. Hisob-kitob hisobidagi pul mablag‘larining buxgalteriya hisobiga variantlar bo‘yicha berilgan summalar
(ming so‘m)

Variantlar

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

1- qism




350000

350000

350000

350000

350000

350000

350000

350000

350000

350000




2- qismdagi operatsiyalar qoldiq balansdagi summadan to’lanadi

3- qism




225180

881790

654785

567780

987786

932790

345800

123802

999800

890796




4- qism




300000

400000

500000

650000

550000

950000

450000

770000

640000

850000

5- qism




1750

2746

2248

1253

1930

1840

1635

2236

3330

4446




6- qism




144701

146363

155535

157895

184001

180826

254099

23498

276625

271369

7- qism ( probodka berilmaydi)

8- qism




800

798

799

799

800

797

979

802

808

400



6. Daromadlar va soliqlar hisobi
Daromad − bu koxonaning ishini umumlashtiruvchi ko‘rsatkich bo‘lib, u davlat byudjetini shakllantirishda asosiy manbalardan biridir. Daromadning bir qismi korxonaning o‘zida ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Temir yo‘l transporti faoliyatida sotiladigan mahsulot hajmi − tashishning hajmiga, uning tannarxiga va sifatiga, foydalanilgan texnik vositalar darajasiga, mehnat va moddiy resurslarga bog‘liq. Shuning uchun tashish hajmining o‘sishi tashish tannarxining pasayishiga, noishlab chiqarish xarajatlarining kamaytirilishiga bog‘liq bo‘lib, bular temir yo‘l transporti daromadlari oshishining muhim omilidir.
Temir yo‘l transporti faoliyatiningasosiy maqsadi temir yo‘lda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning hajmini kengaytirish va sifatini oshirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona rentabelligini oshirish hisoblanadi. Temir yo‘l transportidagi korxonalarning ishlab chiqarish xo‘jaliklari faoliyatining moliyaviy natijalari foyda va zararda namoyon bo‘ladi. Foyda va zararni aniqlash olingan kirim va chiqimlar o‘rtasidagi farq orqali amalga oshiriladi. Temir yo‘l transportida olinadigan foyda quyidagicha bo‘ladi: tashish ishlaridan, ko‘makchi faoliyatdan, moddiy buyumlarni realizatsiya qilishdan (sotishdan), asosiy vositalarni va nomaterial aktivlarni realizatsiya qilishdan, shuningdek, realizatsiya qilinmaydigan operatsiyalardan.
Yuqorida sanab o‘tilgan moliyaviy natijalarni hisoblash va aniqlash uslublari temir yo‘lning hisoblash siyosatiga ko‘ra o‘rnatiladi. Tashish mahalliy, shaharlararo, to‘g‘ri yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilib xaridorlardan amaldagi tarif asosida pul undiriladi. Mahalliy turdagi tashishda hamma pullar jamiyat daromadi hisoblanadi. To‘g‘ri yo‘nalish bo‘yicha tashishdan tushgan tushumning hammasi ham kompaniyaga tegishli emas, ya’ni yuk va yo‘lovchilar, qaysi yo‘ldan o‘tsa o‘sha temir yo‘l korxonasiga o‘zaro hisoblashish orqali daromadning ma’lum bir qismi o‘tkaziladi. Yana shahar ichidagi yo‘lovchi tashishdan ham daromad olinadi.
Foydaning quyidagi turlari bor:

  1. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda.

  2. Asosiy faoliyatidan olingan boshqa foyda (operatsion foyda).

  3. Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda.

  4. Favqulodda olingan foyda.

Soliq – milliy daromadni davlat tasarrufiga olishning eng muhim vositasiga aylangani sababli, ular makroiqtisodiyotni tartibga solishda borgan sari muhim rol o‘ynamoqdaki, YAMM umumiy hajmida soliq tushumlari salmog‘ining ko‘payishi buning ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Soliqlarni tasniflash soliqlarning muayyan xarakterli belgilari, ya’ni ularni undirish usullari, qo‘llaniladigan stavkalar turi, soliq imtiyozlari va hokazolar bo‘yicha guruhlashdir.
Soliqlarning turlari bo‘yicha tasniflashga bir necha belgilar asos qilib olingan. Xalqaro amaliyotda ikkita asosiy tasnif guruhlari qabul qilingan bo‘lib, ular: bevosita va bilvosita soliqlardir. Ushbu guruhlar soliq solish obyektiga va to‘lovchi bilan davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga bog‘liqdir.
Bevosita soliqlar bevosita daromad va mol-mulkka belgilanadi (soliqqa tortishning bevosita shakli), ya’ni bevosita soliqlarning uzil-kesil to‘lovchisi daromad oluvchi (mol-mulkka egalik qiluvchi va h.k.) xo‘jalik subyekti hisoblanadi.
Soliq to‘lovchining daromadi (ish haqi, foyda, foizlar va boshqalar) va mol-mulki (yerlar, uylar, qimmatli qog‘ozlar va boshqalar) qiymati bevosita soliqlar obyektidir.
Bilvosita soliqlar narx yoki tarifga ustama ko‘rinishida belgilanadigan, tovar va xizmatlardan olinadigan soliqlardir. Bilvosita soliqlarga tovarni sotish narxida to‘lanadigan yoki tarifga kiritilgan tovar va xizmatlarga solinadigan soliqlar kiradi, ya’ni bilvosita soliqlarning pirovard to‘lovchisi bo‘lib, tovar iste’molchisi maydonga chiqadi, uning zimmasiga soliq narxda ko‘zda tutilgan ustamalar orqali yuklanadi. Mazkur holda korxonalar o‘zlari ishlab chiqargan tovarlar va xizmatlarni sotib, soliq summalari hisobga olingan pul summalarini oladilar, so‘ngra olingan barcha soliq summalarini tegishli tartibda byudjetga o‘tkazadilar.
Yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan soliqlar va uning ahamiyati
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining korxonalardan olinadigan soliqlar 2019-yil 1-yanvardan amalga kiritilgan Soliq kodeksiga asoslanadi.
Ushbu Kodeksda soliqlardan ko‘zlangan maqsad davlat ijtimoiy kafolatlarining moliyaviy bazasini ta’minlash, yuridik shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish, tabiiy boyliklardan tejab-tergab foydalanishni va atrof-muhitni muhofaza etishni rag‘batlantirish, deb belgilangan.
Mazkur Kodeksda O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi soliqlar, soliq to‘lovchilar, soliq solish obyektlari, soliq to‘lash tartibi, soliq solish yuzasidan beriladigan imtiyozlar, qonunni buzganlik uchun javobgarlik hamda soliqlar to‘lash munosabati bilan kelib chiqadigan nizolarni hal etishning umumiy tartibi belgilangan.
Soliq Kodeksiga binoan O‘zbekiston Respublikasidagi barcha soliqlar umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘lingan.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling