M. M. Yuldasheva temir yo`l transportida moliyaviy hisob va hisobot toshkent – 2022
Download 0.56 Mb.
|
uslubiy qo`llanma 28.06.22.
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Toshkent davlat transport universiteti “Nashrga ruxsat etaman”
- TEMIR YO`L TRANSPORTIDA MOLIYAVIY HISOB VA HISOBOT 5230900
- Toshkent – 2022 UO‘K (UDK) 657 (07) Temir yo`l transportida moliyaviy hisob va hisobot. Uslubiy ko‘rsatma. Toshkent davlat transport universiteti, T.: 2022, 59 bet.
- © Toshkent davlat transport universiteti, 2022. Kurs ishining maqsadi va mazmuni 5230900
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Toshkent davlat transport universiteti M.M.Yuldasheva TEMIR YO`L TRANSPORTIDA MOLIYAVIY HISOB VA HISOBOT Toshkent – 2022 O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Toshkent davlat transport universiteti “Nashrga ruxsat etaman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor i.f.n., dots________ A.A. Gulamov «___»___________2022 yil M.M.Yuldasheva TEMIR YO`L TRANSPORTIDA MOLIYAVIY HISOB VA HISOBOT 5230900–“Buxgalteriya hisobi ва аудит ” (temir y o‘l transporti) ta’lim yo‘nalishлари 4 - bosqich bakalavriat talabalari uchun kurs ishларni bajarishga doir uslubiy ko‘rsatma Toshkent – 2022 UO‘K (UDK) 657 (07) Temir yo`l transportida moliyaviy hisob va hisobot. Uslubiy ko‘rsatma. Toshkent davlat transport universiteti, T.: 2022, 59 bet. Tuzuvchi: M.M.Yuldasheva –dotsent v.v.b. Taqrizchilar: Файзиходжаева М. Л. – i.f.n., доцент TDTU; A.B. Djumanova – профессор в.в.б. TDTU . Annotatsiya Ushbu uslubiy ko‘rsatma talabalarga buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini hujjatlashtirish, buxgalteriya hisobotlarini tuzish, moliyaviy natijalarni aniqlash hamda xo‘jalik muomalalariga buxgalteriya pravodkalarini to‘g‘ri berish tartibi o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Toshkent davlat transport universiteti Ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan. Bayonnoma №.10., “07” iyul 2021 yil © Toshkent davlat transport universiteti, 2022. Kurs ishining maqsadi va mazmuni 5230900–“Buxgalteriya hisobi ва аудит” (temir yo`l transporti) ta’lim yo‘nalishi 4-kurs bakalavriat bosqichi talabalari uchun kurs ishini bajarishga doir uslubiy ko‘rsatmada “Temir yo`l transportida moliyaviy hisob va hisobot” fani bo‘yicha o‘rganilgan маvzularning mazmuni aks ettirilgan. Kurs ishini bajarishdan asosiy maqsad talabalarga buxgalteriya hisobining ichki va tashqi hisobotlarini tuzish, hisobotlar asosida buxgalteriya provodkalarini berish, har bir hisobvaraq bo‘yicha qoldiqlarni aniqlash, aylanma qaydnoma tuzish mahoratini o‘rgatishdir. Kurs ishi 8 bo‘limdan iborat: Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar. Asosiy vositalarning buxgalteriya hisob. Ishlab chiqarish zaxiralarining buxgalteriya hisobi. Milliy valyutadagi pul mablag‘lari. Hisob-kitob hisobidagi pul mablag‘larining buxgalteriya hisobi. Daromadlar va soliqlar hisobi. Buxgalteriya hisobining reestrlarini rasmiylashtirish tartibi. Moliyaviy hisobot. Har bir bo‘lim mavzuga oid nazariy va amaliy qismdan iborat. Amaliy qism bo‘yicha xo‘jalik muomalalari berilgan bo‘lib, ularga tegishli summalar har bir talabaga alohida variant bo‘yicha berilgan. Variant raqami guruh jurnalidagi talabaning ro‘yxatdagi tartib raqamiga qarab aniqlanadi. Bajariladigan vazifa har bir bo‘lim bo‘yicha alohida berilgan. Sintetik hisoblar bo‘yicha oy boshiga qoldiq o‘qituvchi tomonidan taqdim etiladi. Talaba ushbu kurs ishini to‘liq va mustaqil bajarsa buxgalteriya hisobiga oid olgan nazariy bilimini mustahkamlaydi. Aylanma qaydnoma tuzishni, moliyaviy hisobotning to‘rtta shaklini to‘ldirish tartibini o‘rganadi.
“Temiryo‘lчи” sho‘ba korxonasining asosiy faoliyati yuk va yo’lovchilarni tashish bilan birga harakatdagi tarkibini ta’mirlash uchun turli xil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish, vagonlarni ta’mirlash faoliyati bilan shug‘ullanadi va o‘z xizmatlarini sotadi. “Temiryo‘lчи” sho‘ba korxonasi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha respublikada еtakchi ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri hisoblanib, o‘z xaridorlari bilan mahsulot buyurtmalarining davriyligiga mutanosib ravishda bir martalik va to‘liq bir yillik hamkorlik uchun shartnoma imzolaydi (to‘liq bir yillik hamkorlik uchun shartnoma qiymatlari tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra belgilanadi). “Темирyo‘lчи” sho‘ba korxonasi umumbelgilangan soliq to‘lovchisi hisoblanadi va soliq hisob-kitoblarini har kvartalda, statistik hamda moliyaviy hisobotlarni esa bir yilda bir marta tegishli organlarga taqdim etadi. Korxonada umumiy ishlab chiqarish xarajatlari mahsulotlarning soni bo‘yicha taqsimlanadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling