M. M. Yuldasheva temir yo`l transportida moliyaviy hisob va hisobot toshkent – 2022


Asosiy vositalar aylanma qaydnomasini tuzish uchun ma’lumot (ming so’m)


Download 0.56 Mb.
bet5/18
Sana25.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1119025
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
uslubiy qo`llanma 28.06.22.

Asosiy vositalar aylanma qaydnomasini tuzish uchun ma’lumot (ming so’m)
Korxonada oy boshida quyidagi asosiy vositalar mavjud:

2-jadval


Ko‘rsatkichlar nomi

Boshlang‘ich qiymati

Jamlangan eskirish summasi

Ma’muriy bino (9420)

150 000

40 000

Asosiy ishlab chiqarish tsexi (2010)

520 000

320 000

Yordamchi ishlab chiqarish tsexi 2310)

150 000

110 000

Dam olish pansionati (2710)

130 000

80 000

Mebel va ofis jihozlari (9420)

85 000

15 000

Yuk avtotransporti (2510)

185 000

30 000

Avtobus PAZ-462 (2510)

165 000

140 000

Elektr karasi EK-2 (2010)

45 000

10 000

Ekskovator “Belorus-MTZ-100” (2010)

160 000

30 500

Gidravlik press KB-9334 dastgoh (2010)

72 000

20 100

ZA-16 sayqal berish dastgohi (2310)

30 167

22 450

Ko‘priklar (2010)

918 444

801 000

Elektr uzatish hamda aloqa qurilmalari va liniyalari (2010)

802 805

500 180

Yuk ortish tushirish mashinalari (2010)

300 000

200 000

Yuk vagonlari (2010)

960 000

960 000

Seyf (9420)

15 000

14 000

JAMI

4 018 416

3 293 230

Joriy oyda asosiy vositalarning harakati bo‘yicha quyidagi xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘ldi:


1. Tuzilgan shartnomaga muvofiq o‘rnatiladigan uskuna sotib olindi:
A) shartnoma bahosi;
B) olib kelish sarfi;
V) boshqa tashkilot tomonidan o‘rnatish sarfi.
2. Pudratchilar tomonidan ombor qurilib ishga topshirildi.
3. Foydalanilgan transport vositasi KAMAZ 5221 boshqa subyektdan sotib olindi:
A) eskirish summasi;
B) shartnoma qiymati.
4. Yuk avtotransportiga gaz yoqilg‘i apparati korxona omboridan olib o‘rnatildi.
5. Avtobus PAZ-462 bolalar uyiga sovg‘a qilindi, moliyaviy natija hisoblansin.
6. Asosiy ishlab chiqarish tsexini joriy ta’mirlash bo‘yicha pudratchilarning schyot fakturasi aktseptlandi.
7. Dalolatnomaga muvofiq eskiligi tufayli yuk vagonlari hisobdan chiqarildi:
A) hisobdan chiqarish natijasida omborga metallom qabul qilindi;
V) yuk vagonini hisobdan chiqarishda ishtirok etgan ishchilarga ish haqi hisoblandi;
V) Ish haqidan ijtimoiy soliq hisoblandi (hisoblang)
G) moliyaviy natija hisoblansin.
8. Korxona boshqa tashkilotdan ofis uchun binoni tekinga oldi:
A) binoning balans qiymati;
B) binoni foydalanishga yaroqli holga keltirish xarajatlari;
V) egalik huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari.
Vazifa:
1. Xo‘jalik muomalalariga buxgalteriya provodkasi berilsin.
2. Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi bo‘limi bo‘yicha variant ma’lumotlari 2-ilovada keltirilgan.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling