M. M. Yuldasheva temir yo`l transportida moliyaviy hisob va hisobot toshkent – 2022


Download 0.56 Mb.
bet12/18
Sana25.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1119025
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
uslubiy qo`llanma 28.06.22.

Umumdavlat soliqlariga quyidagilar kiradi:

  1. yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;

  2. jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

  3. qo‘shilgan qiymat solig‘i;

  4. aksiz solig‘i;

  1. yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;

  2. suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.

Mahalliy soliqlar va yig‘imlarga quyidagilar kiradi:
1) mol-mulk solig‘i;
2) yer solig‘i.
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar hisobiga tashkil topadi.
6-amaliy qism

Ushbu hisobot davrida quyidagi faoliyat bo‘yicha daromad olindi:


1. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan, ya’ni xaridorlarga ish va xizmatlar bajarishdan daromad olindi, ayni damda, qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan sotildi. Bajarilgan ish va xizmatlarning shartnoma bahosini o‘zingiz belgilang.
2. Yordamchi ishlab chiqarish faoliyatidan, temir eshik ishlab chiqarilib xaridorlarga sotildi. Tayyor mahsulotning shartnoma bahosini o‘zingiz belgilang.
Vazifa:
1. 1,2-xo‘jalik muomalalari uchun hisob-faktura rasmiylashtirilsin.
2. Mulk solig‘i hisoblansin.
3. Xo‘jalik muomalalariga buxgalteriya prvodkasi berilsin.
4. Summalar hisobvaraqlarga tarqatilsin.
5. Tranzit hisoblar yopilsin.
6. Har bir hisobvaraq bo‘yicha oy oxiriga qoldiq aniqlansin


7. Buxgalteriya hisobining registrlarini rasmiylashtirish tartibi
Korxonaning ishlab chiqarish, moliyaviy xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan va amalga oshiriladigan operatsiyalar buxgalteriya hisobining boshlang‘ich hujjatlarida aks ettiriladi. Keyinchalikular yig‘iladi va yig‘ma qaydnomalar tuziladi. Ularning ma’lumotlari tegishli registrlarga yozib chiqilish tartibiga va iqtisodiy mazmuniga muvofiq guruhlanishi kerak. Buxgalteriya hisobining registrlari, hisob axborotini qayd etish uchun mo‘ljallangan maxsus shakldagi jadvaldir. Hisob registrlaridagi yozuvlardan korxona xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish, ishlab chiqarishni boshqarish, iqtisodiy tahlil, boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida tavsiya tayyorlash uchun foydalaniladi. Hisob registlarida hujjatlarning raqami va operatsiyaning qisqacha mazmuni ko‘rsatiladi, birlamchi hujjatning o‘zi esa hisob registriga tikib qo‘yiladi. Hisob registrlarining ma’lumotlari asosida balanslar tuziladi. Qaydnomalar hisob registrlarining ajralmas bir qismi bo‘lib hisoblanadi. Qaydnomalarda korxonada sodir bo‘lgan bir xil ma’lumotlarni anglatuvchi xo‘jalik muomalalari tizimga solinib, ma’lum bir davrga hisobvaraqlar bo‘yicha yig‘ma provodkalar beriladi. Hisobot oyining oxirida esa hisobvaraqlar bo‘yicha aylanma qaydnomalari tuziladi. Aylanma qaydnomalarida barcha hisobvaraqlar debeti bo‘yicha bir oy uchun oborotlar summasi barcha hisobvaraqlar krediti bo‘yicha oborotlar summasiga teng bo‘lishi kerak. Aylanma qaydnoma shakli quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling