M. M. Yuldasheva temir yo`l transportida moliyaviy hisob va hisobot toshkent – 2022


Download 0.56 Mb.
bet3/18
Sana25.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1119025
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
uslubiy qo`llanma 28.06.22.

1 - amaliy qism
Korxonada xodimlari haftada besh kun ishlaydi. Ish haqi hisoblash bo‘yicha buxgalter oy oxirida xodimlarga shtat jadvali, xodimlar harakati haqidagi buyruqdan ko‘chirma va tabel asosida ish haqi hisoblaydi. Ushbu hujjatlardagi ma’lumotlarga ko‘ra korxonada 6 kishi ishlaydi. Korxona xodimlarining tarkibi va ularning ish haqlari bo‘yicha ma’lumot 1-ilovada berilgan.
Quyidagi ma’lumotlar asosida xodimlarga ish haqi hisoblansin:
1. Ahmedov mart oyida to‘liq ishladi.
2. Bosh buxgalter 1-dam olish kuni 8 soat ishladi va buning uchun dushanba kuni otgul oldi.
3. Xodimlar bo‘limi xizmatchisi Daminovaga 6-martdan 21 kun ta’til berildi. Mustaqillik bayrami munosabati bilan 1000000 so‘m mukofot, rejani oshirib bajarganligi uchun esa 4000 000 so‘m mukofo hisoblangan.
4. Mahmudova T. T. kasallik varaqasi taqdim etdi. Unga ko‘ra ishchi 11-martdan 16-martgacha kasal bo‘lgan. Ishchining o‘tgan oydagi ish haqi 3000000 so‘m, ish staji 4 yil.
5. Tolipov F. T. ish vaqtidan tashqari 20 martdan 30 martgacha 1 soatdan ishladi.
6. Salimov A. G‘. 1-martdan 10-martgacha 2 soatdan tungi ish tartibida ishladi.
7. A. A. Mansurovga og‘ir mehnat sharoitlarida ishlaganligi uchun ish haqining 10% miqdorida ustama to‘landi.
8. A. A. Mansurovning arizasiga binoan 10-martdan 20-martgacha ma’muriy ta’til berildi.
9. Korxonada oylik ish rejasining oshirib bajarganligi uchun ish haqining 20% miqdorida mukofot hisoblandi (haqiqiy ish haqidan hisoblanadi).
10. Asosiy ishlab chiqarishdagi ishchilarga 2% tuman koeffitsiyenti hisoblandi. (haqiqiy ish haqidan hisoblanadi)
11. Korxona xodimlariga 21-mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan 800000 so‘m (bir martalik) mukofot berildi.
12. Xodimga 2 yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishlash uchun nafaqa hisoblanadi.
Vazifa:
1. 1 - 8 qatordagi ma’lumotlar asosida tabel to‘ldiring.
2. Mehnatga haq to‘lash hisobi bo‘yicha buxgalteriya pravodkasini bering.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling