M. M. Yuldasheva temir yo`l transportida moliyaviy hisob va hisobot toshkent – 2022
Download 0.56 Mb.
|
uslubiy qo`llanma 28.06.22.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sintetik hisoblar bo‘yicha oy boshiga qoldiq (ming so‘m)
Ma’lumot uchun: korxonasi shaklida tashkil etilgan ushbu korxonaning ta’sischilari 2 kishidan iborat bo‘lib ularning ulushlari quyidagicha:
1. Ahmedov Kamol Saidovich – 50% - 1 877 460 so‘m 2. G‘ulomova Feruza Usmanovna – 50% - 1877 460 so‘m Jami ustav kapitali 3 754 920 минг so‘mni tashkil etgan. Korxona ishlab chiqarish va ma’muriy faoliyatini yuritish uchun “Bunyod” MChJga qarashli binoni (S - 12300 m2) ijaraga olgan va oylik ijara to‘lovi “Bunyod” MCHJ hamda “Avto yo‘l” sho‘ba korxonasi sho‘ba korxonasi o‘rtasida 202_ yil 01.01.sanasida imzolangan №1 sonli ijara shartnomasiga asosan 2000 mln so‘m etib belgilangan. “Темирyo‘lчи” sho‘ba korxonasi buxgalteriyasida ushbu oylik ijara to‘lovi xarajati ishlab chiqarish va ma’muriy binoning maydon o‘lchovidan kelib chiqqan holda, “Bunyod” MChJ tomonidan har oyning so‘nggi sanasida ijara xizmati ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi taqdim etilgan hujjatga asosan 85:15 proporsiyada ishlab chiqarish va ma’muriy faoliyat xarajati sifatida tan olinadi. Bosh daftar ma’lumotlariga ko‘ra 202_-yil 1-yanvar holatiga hisobvaraqlardagi qoldiqlar quyidagicha: Sintetik hisoblar bo‘yicha oy boshiga qoldiq (ming so‘m) 0100, 0200, 1000 hisoblar bo‘yicha qoldiqlar yoyilmasi 2,4-jadvallarda berilgan 1-jadval
1. Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar Korxonadagi xodimlar bilan ish beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi asosida tartibga solinadi. Korxonada xodimlar bajaradigan vazifalariga ko‘ra xizmatchilar, ishchilarga bo‘linadi. Ro‘yxat tarkibiga haqiqatda ishlayotgan xodimlar ham, vaqtincha ishlamayotgan, lekin rasman ishga biriktirishni saqlagan xodimlar ham kiritiladi. Mehnatga haq to‘lash uchun tarif tizimidan foydalaniladi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tarif malaka ma’lumotnomasi, tarif setkalari va tarif stavkasi. Tarif tizimi – tarif malaka ma’lumotnomasi, tarif setkasi va tarif stavkasi kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Korxonada bajariladigan ishlarning ishlab chiqarish tavsifi tarif malaka ma’lumotnomasida keltiriladi. Ushbu hujjat ishchilar malakasini aniqlash va ularga ma’lum razryad belgilashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Tarif setkasi – bu razryadlar va ularga tegishli bo‘lgan tarif koeffitsiyentlari ko‘rsatiladigan hujjatdir. Hamma korxonalarda birinchi razryadning tarif koeffitsiyenti birga teng bo‘lib, razryad ortishi bilan tarif koeffitsiyenti ham oshib boradi. Tarif stavkasi – ishchining razryadiga muvofiq unga ma’lum vaqt birligi davomida to‘lanadigan haq miqdorini aniqlaydi. Odatda, tarif stavkasi birinchi razryad uchun belgilanib, qolgan razryadlar uchun esa birinchi razryad tarif stavkasini qolgan razryadlar tarif koeffitsiyentlariga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Mehnatga haq to‘lashning asosiy shakllari ishbay va vaqtbay shakllar hisoblanadi. Ishbay ish haqi ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar) miqdori va uning birligi uchun narxlar asosida hisoblanadi. Qonun bilan belgilangan ish vaqtidan tashqari ishlash ishdan tashqari ishlash hisoblanadi. Davolash (tibbiyot) muassasasining mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi (byulleten) to‘lash summasini hisob-kitob qilish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Nafaqa miqdori kasal bo‘lishdan oldingi ishlangan oy uchun o‘rtacha ish haqi, kasallik kunlarining soni va umumiy ish stajiga bog‘liqdir. Ish staji 8 yilgacha bo‘lsa, ish haqining 60%i, 8 yildan oshsa, 80%i to‘lanadi. Xodimlar har yili mehnat ta’tiliga chiqish huquqiga ega, uni mazkur korxonada olti oy uzluksiz ishlashdan so‘ng oladi. Ta’til uchun to‘lov summasi ta’tildan oldingi ishlangan oy uchun ish haqi summasidan kelib chiqib hisoblanadi. Hisob-kitobga bir galgi taqdirlashlardan tashqari, ijtimoiy sug‘urta ajratmalari hisoblanadigan to‘lovlarning barcha turlari qabul qilinadi. Ish haqi summasiga yillik mukofotlarning 1/12 qismi kiritiladi. Olingan summa 25,4 ga (bir oyda ish kunlarining o‘rtacha soni) bo‘linadi va ta’til kunlari soniga ko‘paytiriladi. Ishlab chiqarish xususiyati, mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lash tizimidan kelib chiqib, korxonada dastlabki hujjatlarning quyidagi shakllari qo‘llaniladi: ishbay ishlashga naryad; yo‘nalish varaqasi (xaritasi); mahsulot ishlab chiqarish to‘g‘risida bildirgi; ishlab chiqarilgan mahsulotlarni hisobga olish qaydnomasi; ishlarni qabul qilish dalolatnomasi. Ish haqi bir oyda bir yoki ikki marotaba beriladi. Bo‘naklar soliqlarni chegirgan holda maoshning 50% miqdorida beriladi. Korxona buxgalteriyasi tomonidan ishchi va xizmatchilar bilan hisob-kitoblarini rasmiylashtirish uchun foydalaniladigan asosiy registr bo‘lib hisob-kitob qaydnomasi hisoblanadi. U tsex va bo‘limlar bo‘yicha tuziladi va quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi: to‘lov turlari bo‘yicha hisoblashlar 6710 –“Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar” hisobvarag‘i krediti bo‘yicha aylanma; ish haqidan ushlab qolishlar 6710 – “Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar” hisobvarag‘i debiti bo‘yicha aylanma. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling