M. M. Yuldasheva temir yo`l transportida moliyaviy hisob va hisobot toshkent – 2022
Amaliy qism Kassa hisobotini tuzish uchun ma’lumotlar
Download 0.56 Mb.
|
uslubiy qo`llanma 28.06.22.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-ilova 4-bo‘lim. Milliy valyutadagi pul mablag‘larining hisobiga doir xo‘jalik muomalalariga variantlar bo‘yicha berilgan summalar (ming so‘m)
- 5. Hisob-kitob hisobidagi pul mablag‘larining buxgalteriya hisobi
- Bank ko‘chirmalarida
Amaliy qism
Kassa hisobotini tuzish uchun ma’lumotlar 1) 2-martda sanoat qurilish bankidagi hisob-kito raqamidan kassaga № 541826 chekka muvofiq naqd pul olindi; 2) 2-martda moddiy javobgar shaxs kamomad summasini kassaga topshirdi; 3) 3-martda tayyor mahsulot naqd pulga sotildi. 4) 4-martda fevral oyi uchun mehnat haqini to‘lash qaydnomasi asosida ish haqi kassadan berildi. 5) 3-mart kuni ekspeditorga xizmat safarii uchun bo‘nak puli berildi. 6) 4-martda “Naqd pullarni qo‘yish e’loni”ga muvofiq kassadan limitdan ortiq hul bankka topshirildi. (aniqlang) Vazifa: 1.Yuqorida qayd etilgan muomalalariga ta’lluqli kassa xujjatlari rasmiylashtirilsin. 2.Kassa hisoboti tuzilsin. 3. Mart oyida subyekt faoliyatida naqd pul mablag‘larining holati va harakati bo‘yicha sodir bo‘lgan muomalalari 5010 - “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” hisobvaragiga tegishli memorial orderda aks ettirilsin. Milliy valyutadagi pul mablag‘larining hisobiga doir xo‘jalik muomalalariga variantlar 4-ilovada berilgan. 4-ilova 4-bo‘lim. Milliy valyutadagi pul mablag‘larining hisobiga doir xo‘jalik muomalalariga variantlar bo‘yicha berilgan summalar (ming so‘m)
5. Hisob-kitob hisobidagi pul mablag‘larining buxgalteriya hisobi Bank muassasalarida hisob-kitob varag‘ini ochish uchun korxona quyidagilarni taqdim etishi kerak: – korxona rahbari imzolagan hisob-kitob varag‘ini ochish to‘g‘risida ariza; – korxonaning davlat ro‘yxatiga olingani to‘g‘risida hujjat; – korxona ustavining notarius tasdiqlagan ko‘chirma nusxasi; – notarius tasdiqlagan imzolar namunalari va muhr izi ko‘rsatilgan varaqcha; – korxona barpo etish to‘g‘risida ta’sis shartnomasi (muassis, muassislar umumiy yig‘ilishi qarori)ning ko‘chirma nusxasi; – soliq idoralari va ijtimoiy sug‘urta fondi idoralarida hisobga qo‘yilgani to‘g‘risida ma’lumotnoma. Valyuta hisobi ochilgandan so‘ng bank va uning mijozi o‘rtasida hisob-kitob kassa xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolanadi. Unda bank ko‘rsatilgan xizmat turlari, ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lanadigan haqlar, mablag‘larni joylashtirish shartlari, tomonlarning huquqlari, burchlari va boshqalar ko‘rsatiladi. Barcha bank hujjatlarida birinchi imzo huquqi korxona rahbari yoki u tomonidan tayinlangan shaxsga, ikkinchi imzo huquqi esa korxona bosh buxgalteriga tegishlidir. Agar korxona xodimlar jadvalida buxgalter lavozimi ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, ikkinchi imzo huquqi zimmasiga buxgalteriya hisobotini yuritish va hisobotlar tuzish yuklatilgan shaxsga taqdim etiladi. Imzolar namunalari va muhr izi bo‘lgan varaqchani korxonani ro‘yxatga olgan hokimlik yoki notarius tasdiqlashi kerak. Hisob-kitob operatsiyalarini o‘tkazish paytida naqdsiz hisob-kitoblar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: 1. To‘lov topshiriqnomalari; 2. To‘lov talabnomalari; 3. Inkasso topshiriqnomalari; 4. Memorial order; 5. Pul cheki; 6. Pul badallari haqidagi e’lon; Bank ko‘chirmalarida hisob-kitob hisobvarag‘iga mablag‘larning tushishi va unda hisobdan chiqarilishi, kun boshi va oxiri uchun undagi mablag‘ qoldiqlari ko‘rsatiladi. Ko‘chirmaning buxgalteriya ishlovida bank korxonaning qarzdori sifatida chiqayotganini e’tiborda tutish kerak, chunki bank pul mablag‘larini saqlaydi va ulardan o‘z aylanmasida foydalanadi. Shu sababli, mablag‘lar qoldiqlari va tushumlar shaxsiy hisobvaraq krediti bo‘yicha yoziladi, chunki ushbu summalar bankning korxonadan qarzini ko‘rsatadi. Pullarni berish va o‘tkazish esa debet bo‘yicha ko‘rsatiladi. Chunki, ushbu holda bankning qarzi kamayadi. Demak, bank uchun korxonaning hisob-kitob varag‘i – passiv hisobvaraq. Quyidagi jadvalda bank ko‘chirmasi shakli keltirilgan. Korxona hisobvarag‘ida pul mablag‘lari yetishmaganda bank uni 2-son kartotekaga o‘tkazadi va korxonaning o‘z mablag‘larini mustaqil tasarruf etish huquqidan mahrum qiladi. Mablag‘larni hisob-kitob varag‘idan hisobdan chiqarish ushbu holda qonun hujjatlari bilan belgilangan navbatlilik tartibida amalga oshiriladi. Favqulodda hollarda mablag‘larni juda zarur ehtiyojlarga berish tegishli me’yoriy hujjatlar bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Korxonaning hisob-kitob varag‘ida O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida pul mablag‘lari mavjudligi va harakatini hisobga olish uchun 5110 -“Hisob-kitob varag‘i” aktiv pul hisobvarag‘i ishlatiladi. 5110 hisobvaraq debeti bo‘yicha tushum xususiyatiga bog‘liq holda turli hisobvaraqlar kreditidan hisob-kitob varag‘iga mablag‘larning kelib tushishiga doir xo‘jalik operatsiyalari hisobvaraq krediti bo‘yicha esa, xarajat yo‘nalishiga bog‘liq holda turli hisobvaraqlar debetiga hisob-kitob varag‘idan mablag‘larni hisobdan chiqarishga doir xo‘jalik operatsiyalari aks ettiriladi. 2-son jurnal-order
Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling