M. M. Yuldasheva temir yo`l transportida moliyaviy hisob va hisobot toshkent – 2022


Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot


Download 0,56 Mb.
bet17/18
Sana25.01.2023
Hajmi0,56 Mb.
#1119025
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
uslubiy qo`llanma 28.06.22.

Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot
Korxonalar o‘z faoliyatlarini uzluksiz davom ettirishlari uchun mehnat vositalari, predmetlari va ishchi kuchlariga ega bo‘lishi lozim. Ular bilan ta’minlash uchun korxonada mablag‘lar mavjud bo‘lishi zarur. Ushbu mablag‘lar bilan ta’minlash manbai o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. O‘z mablag‘lari manbai keng qamrovli tushuncha bo‘lib, u bir qancha ko‘rsatkichlar majmuidan iboratdir:
1. Ustav kapitali.
2. Rezerv kapitali.
3. Qo‘shilgan kapital.
4. Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar).
5. Maqsadli tushum va fondlar.
6. Kelgusi davr sarflari va to‘lovlar uchun rezervlar.
O‘z mablag‘lar manbaining asosini, xususiy kapital tashkil etadi. Xususiy kapital ham, kapital ham o‘z navbatida bir qancha ko‘rsatkichlar majmuidan tashkil topgan bo‘lib, uning shakllanishi ushbu omillar asosida belgilanadi, ya’ni: ustav kapitali; rezerv kapitali; qo‘shilgan kapital; taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) va boshqalar. O‘z mablag‘lar manbai tarkibiga kiruvchi ayrim ko‘rsatkichlar (maqsadli tushum va fondlar, kelgusi davr sarflari va to‘lovlar uchun rezervlar, kelgusi davr daromadlari) mohiyatiga ko‘ra xususiy kapital ko‘rsatkichlari bilan bir xildir. Shu sababli, xususiy kapital hisobi ular bilan birga olib boriladi va ularni mablag‘larining manbai sifatida qarash inkor qilinmaydi.
Korxonaning ustav kapitalining tarkibi uning ta’sis hujjatlari va tashkiliy huquqiy shakliga bog‘liqdir. Ustav kapitalini shakllantirish tartibi korxonaning tashkiliy-huquqiy shakliga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va ta’sis hujjatlari asosida tartibga solinadi. Ustav kapitali ro‘yxatdan o‘tkazilgan miqdorda aks ettiriladi va undan oshib ketishi mumkin emas. Korxona ustav kapitalining ko‘payishi yoki kamayishi faqat ta’sischilarning qarori asosida ta’sis hujjatlariga o‘zgarishlar kiritilgandan so‘ng amalga oshiriladi. Aksiyadorlik jamiyati davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin uning ustav kapitali emissiya prospektida ro‘yxatga olingan summada ko‘rsatiladi. Korxonaning aksiyadorlik kapitali hisobida ro‘yxatdan o‘tgan, lekin emissiyasi tugallanmagan miqdorda hisobga olinishi sababli e’lon qilingan (chiqarishga ruxsat berilgan) chiqarilgan (aksiyadorlar tomonidan obuna amalga oshirilgan) va muomaladagi oddiy aksiyalarning har qaysi emissiyasini alohida hisobga olish zarur. Aksiyadorlik jamiyatlari o‘z ustav kapitalini muomalaga qo‘shimcha aksiyalar chiqarish yoki muomaladagi aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yo‘li bilan amalga oshirishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitali miqdori aksiyalar nominal qiymatining pasayishi yoki ularning sonini kamaytirish, shuningdek, jamiyat tomonidan keyinchalik qoplash uchun aksiyalarning bir qismini sotib olinishi natijasida kamayishi mumkin. Aksiyalarning likvidligini oshirish maqsadida ularni maydalash natijalari aksiyadorlar kapitalining hajmiga ta’sir ko‘rsatmay, faqatgina yangi muomaladagi aksiyalarning nominal qiymati va miqdorini ko‘paytirish sababli ushbu operatsiyalarga buxgalteriya yozuvlari qilinmaydi. Aksiyadorlarga korxona ustav kapitalidagi ulushining qaytarilishi aksiyadorlik jamiyatining sotib olingan xususiy aksiyalari sifatida ko‘rsatiladi va ushbu summa shu nomdagi kontrpassiv hisobda hisobga olinadi. Korxona ro‘yxatdan o‘tgandan keyin uning ustav kapitali ta’sis hujjatlarida belgilangan pay va ulushlaridan tashkil topadi.
8 - amaliy qism
Yuqoridagi 7ta bo‘lim ma’lumotlari asosida quyidagi moliyaviy hisobot shakllari to‘ldirilsin:
- buxgalteriya balansi;
- moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;
- pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot;
- xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot.



Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling