M. M. Yuldasheva temir yo`l transportida moliyaviy hisob va hisobot toshkent – 2022
Download 0.56 Mb.
|
uslubiy qo`llanma 28.06.22.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisobvaraqlar Boshlang’ich qoldiq Aylanmalar
- Vazifa
7- amaliy qism
Hisobvaraqlar bo‘yicha aylanma qaydnoma
Vazifa: Sintetik hisobvaraq ma’lumotlari asosida aylanma qoldiq balansi tuzilsinyu. 8. Moliyaviy hisobot Moliyaviy hisobotlarning maqsadi korxonaning moliyaviy ahvolidan, uning faoliyatidan va uning pul mablag‘lari harakati bo‘yicha ma’lumot berishdan iborat bo‘lib, u foydalanuvchilarning keng guruhiga iqtisodiy qaror qabul qilishlari uchun zarurdir. Moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilar uchun korxonaning dividendlarni va foizlarni to‘lash, shuningdek, majburiyatlari bo‘yicha muddati kelgan to‘lovlarni to‘lash imkoniyatini baholashda foydali bo‘ladi. Amaliyotlarda ko‘pgina korxonalarning faoliyati ko‘p qirrali bo‘ladi, moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilar uchun iqtisodiy qarorlar qabul qilishda yordam beradi. Moliyaviy hisoblar ma’lum bir hisobot davri yoki ma’lum bir hisobot sanasi bo‘yicha tuziladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisobotlari manfaatdor subyektlar: banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va shu kabilar uchun oshkora hisoblanadi. “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning 16-moddasiga binoan moliyaviy hisobotda quyidagi axborot bo‘lishi kerak: 1. Investitsiya qarorlari va kreditlar berish to‘g‘risida qarorlar qabul qilishda kerak bo‘ladigan axborot. 2. Subyektning bo‘lajak pul oqimlarini baholashda foydali axborot. 3. Subyektga berilgan resurslar, majburiyatlar va ulardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida axborot. Bugungi kunda moliyaviy hisobot shakllari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2002-yil 27-dekabrdagi 140-son buyrug‘iga muvofiq tuzilmoqda. Hisobotning asosiy shakllari korxona balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan, “Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 1997-yil 15-yanvardagi “Korxona (tashkilot)larning yillik va choraklik moliyaviy hisobotlarini shakl va hajmlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 5-son buyrug‘iga, hamda O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniniga asosan, yangidan quyidagi hisobot shakllari tasdiqlandi: Yillik hisobot bo‘yicha: 1-son shakl – “Buxgalteriya balansi”. 2-son shakl – “Moliyaviy faoliyat to‘g‘risida hisobot”. 3-son shakl – “Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot”. 4-son shakl – “Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot”. Iqtisodiyotning qaysi tarmog‘iga tegishliligidan qat’iy nazar buxgalteriya hisobining milliy standartlarida belgilangan quyidagi tamoyillarga amal qilishi lozim: hisoblash tamoyili; ikki yoqlama qayd etish usuli bilan hisob yuritish; uzluksizlik; xo‘jalik muomalalari, aktivlar va passivlarni baholash, ishonchlilik, ehtiyotkorlik, mazmunning shakldan ustunligi, ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi, moliyaviy hisobotning betarafligi, aktiv va majburiyatlarning haqiqiy bahosi, hisobot davri daromadlari va xarajatlarining mosligi, tushunarlilik, ahamiyatlilik, muhimlik, haqiqiy xolis taqdim etish, tugatilganlik, izchillik, o‘z vaqtidalik, ofsetting (moddalarning o‘zaro qoplanishi), xolislik. Hisoblash tamoyiliga asosan aktivlar, passivlar o‘z kapitali, daromadlar, xarajatlar, xo‘jalik muomalalari va hodisalar sodir etilgan (yoki naqd olingan) paytda buxgalteriya hisobida ko‘rsatiladi, ular bo‘yicha pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalenti olingan va to‘langan vaqt bundan mustasno. Ikkiyoqlama qayd etish usuli bilan hisob yuritish tamoyili xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriya muomalalarini ikki yoqlama yozish tizimi asosida yuritishi kerakligini bildiradi. Ikki yoqlama yozish tizimi sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalasi bo‘yicha tegishli summani bitta hisobning debet tomoniga va aynan shu summani ikkinchi hisobning kredit tomoniga qayd qilishdan iborat bo‘ladi. Uzluksizlik tamoyili moliyaviy hisobot xo‘jalik yurituvchi subyekt doimiy faoliyatni noma’lum uzoq muddatgacha davom ettiradi degan qoida bo‘yicha tayyorlanadi, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektga o‘z muomalalari bo‘yicha faoliyatini jiddiy qisqartirish yoki tugatish ehtimoli yo‘q degan ma’noni bildiradi. Uzluksizlik qoidasi buxgalteriya hisobotini yuritish muddati xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat ko‘rsatish muddatiga mos kelishi kerakligini, ya’ni buxgalteriya hisobi subyektni tugatish yoki bankrot bo‘lguniga qadar olib borilishi kerakligini bildiradi. O‘z faoliyatini tugatgan kundan boshlab ushbu subyekt buxgalteriya hisobi yuritishni to‘xtatadi. Xo‘jalik muomalalari, aktivlar va passivlarni baholash tamoyili barcha xo‘jalik muomalalari, voqealar, aktivlar va passivlar yagona bir turdagi pul bahosida o‘lchanishini bildiradi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling