5 - amaliy qism
Bank hisobotini tuzish uchun ma’lumotlar
Subyektning rekvezitlari quyidagicha:
Hisoblashish hisobi Yakkasaroy SQB № 20208410016035578101;
MFO 00426;
STIR 405966828;
XTUT 14909.
Subyektda mart oyida bank bo‘yicha quyidagi sanalarda xo‘jalik muomalalari amalga oshirilgan:
Bankda 2 martda quyidagi operatsiyalvr amalga oshirildi:
1) Ishchi va xodimlarga ish haqi berish uchu dankdan kassaga naqd pul berildi;
2) Quyida amalga oshirilgan operatsiyalar qoldiq balansdagi summadan to’lanadi.
- Soliq inspeksiyasiga jismoniy shaxslardan undirilgan daromad solig‘ini to‘lash to‘g‘risida bankka topshiriq berildi.
- Kasaba uyushmasiga xodimning ish haqidan ushlangan 1% lik ushlanmani to‘lash to‘g‘risida bankka topshiriq berildi.
- Jamg‘arib boriladigan nafaqa fondiga 0,1% lik to‘lovni to‘lash to‘g‘risida bankka topshiriq berildi.
- Ijtimoiy sug‘urta fondiga mehnatga haq to‘lash fondidan 12 % ijtimoiy soliq to‘lash to‘g‘risida bankka topshiriq berildi.
- Soliq inspeksiyasiga mulk solig‘ini to‘lash uchun bankka topshiriq berildi.
- Soliq inspeksiyasiga foyda solig‘ini to‘lash uchun bankka topshiriq berildi.
- Soliq inspeksiyasiga Qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishsh uchun bankka inkasso topshiriqnomasi jo’natdi.
3) Xaridorlardan sotilgan mahsulot uchun pul kelib tushdi.
4) Bankdan olingan qisqa muddatli bank krediti qaytarildi.
5) Iste’mol qilingan elektr energiyasining qiymati “Elektr tarmoq korxonasi” tomonidan to‘lov talabnomasi orqali undirildi.
6) Mol yetkazib beruvchi “Bekobod” metallurgiya kombinatiga olingan metallar uchun pul o‘tkazishga topshiriq berildi.
7) “Naqd pullarni qo‘yish e’loni”ga muvofiq bankka mehnat haqi bo‘yicha qolgan pul bankka topshirildi.
8) Bank xizmati uchun to‘lov;
Vazifa: 1)Yuqorida keltirilgan hisoblashish hisobida sodir bo‘lgan muomalalar bo‘yicha tegishli hujjatlar to‘ldirilsin
2) bank ko‘chirmasi rasmiylashtirilsin;
3) Mart oyida subyekt faoliyatida bankdagi pul mablag‘larining holati va harakati bo‘yicha sodir bo‘lgan muomalalar 5110 “Hisob-kitob raqami” hisobvarag‘i” bo’yicha 2-jurnal - order va 2-qaydnomalarda rasmiylashtirilsin.
Bankdagi pul mablag‘larining hisobiga doir xo‘jalik muomalalariga variantlar 5-ilovada berilgan.
5-ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |