M. M. Yuldasheva temir yo`l transportida moliyaviy hisob va hisobot toshkent – 2022
Download 0.56 Mb.
|
uslubiy qo`llanma 28.06.22.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Milliy valyutadagi pul mablag‘lari hisobi
4. Milliy valyutadagi pul mablag‘lari hisobi Pul mablag‘larining saqlanishi va ularning to‘g‘ri foydalanish javobgarligi korxona rahbari va buxgalteriga yuklatiladi. Ular kassa va bank muammolari qoidalariga rioya qilishi va ularni belgilangan qat’iy tartibda to‘g‘ri rasmiylashtirishlari zarur. Korxonalarning bankdagi hisoblashish hisobi va valyuta hisoblarida saqlanayotgan pul mablag‘lari mamlakatimiz iqtisodiyotining poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi. Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015-yil 16-maydagi 12/17-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari” bilan tartibga solinadi. Pul mablag‘lari – bu korxonaning asosiy to‘lov vositalaridan biri hisoblanadi. Barcha mulkchilik shakllaridagi korxonalar o‘z kassasida naqd pullar qoldig‘i limitlari doirasida naqd pullarga ega bo‘lishlari va ularni tushumdan me’yorlar doirasida ishlatishlari mumkin. Kassadagi naqd pullar qoldig‘i limitlarini bank muassasalari korxona rahbari bilan kelishib belgilaydi. Korxona kassasiga naqd pullarni qabul qilish KO-1 shaklidagi kirim orderi bo‘yicha amalga oshiriladi. Kassadan naqd pullarni berish chiqim kassa orderlari (3-namunaga qaralsin) yoki chiqim kassa orderi o‘rnini bosadigan maxsus tamg‘a qo‘yiladigan boshqa hujjatlar (to‘lov qaydnomalari, pul berishga arizalar, to‘lovnomalar va hokazo) asosida amalga oshiriladi. Kassir pulni faqat chiqim kassa orderi yoki ishonchnomada ko‘rsatilgan shaxsga beradi. Mehnatga haq to‘lash, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, stipendiyalar, nafaqa va mukofotlar to‘lashni kassir har bir oluvchiga chiqim kassa orderini tuzmasdan, to‘lov (hisob-kitob-to‘lov) qaydnomalari bo‘yicha amalga oshiradi (4-namuna va 5-namunaga qaralsin). Mart oyida subyekt faoliyatida naqd pul mablag‘larining holati va harakati bo‘yicha sodir bo‘lgan muomalalar tegishli 1-jurnal – order va 1-qaydnomalarda 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” hisob varag‘ining debet va kredit tomonlari bo‘yicha tegishli hisobvaraqlar bilan bog‘langan holda yig‘ilsin. To‘lov (hisob-kitob-to‘lov) qaydnomasining titul varag‘ida korxona rahbari va bosh buxgalteri yoki ular vakolat bergan shaxslar imzosi bilan, pul berilish muddatlari va summani yozuv bilan ko‘rsatib pul berilishi to‘g‘risida ijozat berish yozuvi qayd etiladi. Tashkilotda naqd pullarning barcha tushumlari va berilishini kassir kassa daftarida hisobga oladi (1-namunaga qaralsin). Har bir tashkilot faqat bitta kassa daftarini yuritadi, u raqamlanishi, ip bilan tikilishi va so‘rg‘ichli yoki mastikali muhr bilan muhrlanishi kerak. Kassa daftaridagi varaqlar miqdori mazkur tashkilot yoki yuqori idora rahbari yoxud bosh buxgalterining imzolari bilan tasdiqlanadi. Kassa operatsiyalari hisobi uchun hisobvaraqlar rejasida 5010 - “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” aktiv hisobvarag‘i ko‘zda tutilgan. Hisobvaraq saldosi kassada bo‘sh pullar mavjudligini ko‘rsatadi. Ushbu hisobvaraq debeti bo‘yicha tushum xususiyatiga bog‘liq holda turli hisobvaraqlar kreditidan korxona kassasiga kelib tushgan pullar, kredit bo‘yicha esa – turli hisobvaraqlar debetiga kassadan naqd pul bilan berilgan summalar aks ettiriladi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling