M. M. Yuldasheva temir yo`l transportida moliyaviy hisob va hisobot toshkent – 2022


Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot


Download 0.56 Mb.
bet15/18
Sana25.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1119025
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
uslubiy qo`llanma 28.06.22.

Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot
Moliyaviy natijalar – xo‘jalik yurituvchi subyektning ma’lum hisobot davrida tadbirkorlik faoliyati jarayonida o‘ziga qarashli mablag‘ning oshishi yoki kamayishidir. Buxgalteriya hisobida bunday faoliyat natijasi hisobot davridagi barcha foydalar va zararlarni hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. Yuqoridagi tarifdan ko‘rinib turibdiki, moliyaviy natijalarni aniqlash uchun ma’lum bir davrdagi olingan daromadlar bilan qilingan xarajatlarni taqqoslash, ya’ni olingan daromadlardan qilingan xarajatlarni ayirish lozim. Moliyaviy natijalar ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Ijobiy moliyaviy natijada olingan daromad qilingan xarajat summadan yuqori bo‘ladi va uni foyda sifatida tan olinadi. Moliyaviy natijada qilingan xarajat olingan daromad summasidan ortib ketsa, u zarar hisoblanadi. Ammo moliyaviy natijaning qator ko‘rsatkichlari mavjud bo‘lib, ularning barchasi moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda o‘z aksini topadi va ushbu hisobot davridagi daromadlari hamda xarajatlari to‘g‘risidagi oraliq, yakuniy ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Daromad va xarajatlarni taqqoslash orqali quyidagi ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda (zarar); asosiy faoliyatdan olingan foyda (zarar); umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (zarar); moliyaviy faoliyatdan olingan foyda (zarar); soliq to‘laguncha bo‘lgan foyda (zarar); soliqqa tortiladigan foyda (zarar); favqulodda foyda (zarar); sof foyda (zarar).
Korxona faoliyatining sof moliyaviy natijasini aniqlash uchun hisobot davrida qilingan barcha sarf va xarajatlar to‘g‘ri taqsimlanishi lozim. Barcha xarajatlar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlar tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga, tannarxga kiritilmaydigan, ammo davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlarga bo‘linishi zarur. Davr xarajatlari, soliq to‘laguncha bo‘lgan foydani hisoblashda inobatga olinadi. Bundan tashqari moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda moliyaviy faoliyat va favqulodda holat bo‘yicha xarajatlar ham alohida ko‘rsatiladi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda daromadlar olish bilan bog‘liq xarajatlarni quyidagi guruhlar bo‘yicha ko‘rsatish mumkin:
1-mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.
2-davr xarajatlar.
3-moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar.
4-favqulodda zararlar.
Yuqorida keltirilgan daromad va xarajat moddalari korxona xo‘jalik faoliyatining natijalarini aniqlashda juda muhim ahamiyatga ega. Chunki hisobot davridagi aynan shu daromad va xarajatlarning to‘g‘ri hisobga olish faoliyati natijalarini aniq hisoblash imkonini beradi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning mazmuni shundan iboratki, unda korxona xo‘jalik faoliyatining yakuniy va oraliq moliyaviy natijalarini ularning alohida daromad (foyda) xarajat (zarar) ko‘rsatkichlarini taqqoslash va qo‘shish orqali aniqlanadi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling